SO‘Z BOSHI
“Perspektiva” fani tevarak atrofimizdagi hamda tasavvurimizdagi narsalarni
inson ko„zi bilan qanday ko„rsa, huddi shunday qilib tekislik, silindr, sfera va boshqa
sirtlar ustida tasvirlash usullarini o„rganadi.
Perspektiva – bu tasviriy san‟at grammatikasidir. Buyuk italyan rassomi va
olimi Leonardo da Vinchi ta‟biri bilan aytganda, “Perspektiva – tasviriy san‟atning
rulidir”. Shuning uchun realistik tasviriy san‟at asarlarini yaratishda ilmiy nazariy
asos bo„lib hizmat qiladi. Malakali rassom, arxitektor, tasviriy va amaliy san‟at
o„qituvchilari hamda restavratorlarni tayyorlashda perspektiva asosiy fanlardan biri
bo„lib hisoblanadi.
Hozirgi kunda maktab,kasb-hunar kolleji va akademik litseylarni yuqori
malakali, oliy ma‟lumotli pedagog kadrlar bilan ta‟minlash maqsadida ko„plab oliy
o„quv yurtlarida turli ta‟lim yo„nalishlari bo„yicha maxsus sirtqi bo„limlar ochilgan
bo„lib, ular o„z faoliyatlarini olib bormoqdalar.
Maxsus sirtqi bo„lim talabalari uchun sifatli o„quv adabiyotlarini tayyorlash va
ularni yetkazib berish hozirgi kunda eng asosiy masala bo„lib turibdi. Talabalarning
fan bo„yicha chuqur bilimga ega bo„lishini ta‟minlaydigan asosiy omil bu ular sessiya
oralig„i davomida o„zlashtirib topshiradigan vazifalar mazmuniga va sifatiga bog„liq.
Shu maqsadda har bir fandan sessiya oralig„i vazifalari mazmunini ishlab chiqish va
uning yangi avlodini shakllantirishga asosiy e‟tibor qaratilmoqda.
Ushbu qo„llanmada Perspektiva fani bo„yicha sessiya oralig„i vazifalari
mazmuni, ularni bajarishga oid metodik ko„rsatmalar va variantlar to„plami keltirib
o„tilgan. Talabani bir xil uslubda vazifa bajarish natijasida zerikishini hisobga olib
topshiriqlar mazmunini to„rt xil ko„rinishlarda keltirishga harakat qilindi.
1.Talaba yozma ravishda berilgan 6 ta savolga javob beradi. Savollar mazmuni
fanning turli asosiy qismlaridan olingan bo„ladi.
2.Perspektiva bo„yicha grafik vazifa chizib topshiriladi. Chunki fanning
xususiyatidan kelib chiqib to„laqonli bilim malaka va ko„nikmaga ega bo„lish uchun
talaba grafik savodxon bo„lishi zarur.
3.Bu bosqichda talaba tez bajariladigan masalalarni chizib ko„rsatadi.
4.So„nggi bosqichda esa talaba yuqoridagi uch bosqichda egallagan nazariy
va amaliy bilimini test savollariga javob berish orqali mustahkamlaydi hamda o„z
bilimini tekshirib oladi. Bunday turli ko„rinishdagi biim egallash uslublari talabani
zeriktirmaydi va ishtiyoq bilan fan cho„qqilarini zabt etishga yordam beradi.
Ushbu
qo„llanmani
tayyorlashda
o„zlarining ilmiy fikrlari bilan
yordamlashgan
ustozlarim
professor
Sh.K.Murodov,
TDPU
professori
R.Q.Ismatullayev,
dotsentlar
P.O.Odilov,
I.T.Raxmonov,
TDPU
dotsenti
A.Abduraxmonovlarga , shuningdek, metodik jihatdan to„g„ri yoritilishiga maslahat
va tashkiliy ishlarga ko„mak berganliklari uchun professor S.Ashirboyev, dotsent
B.B.Boymetov va “Chizma geometriya, chizmachilik va uni o„qitish metodikasi”
kafedrasi mudiri A.O.Ashirboyevlarga o„zimning samimiy minnadorchiligimni
bildiraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |