Aniq va tabiiy fanlar


Web – texnologiyalarni ta'lim jarayonida tatbiq etish



Download 460 Kb.
bet7/12
Sana01.03.2023
Hajmi460 Kb.
#915632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi loyihalashtirishdan

2.2 Web – texnologiyalarni ta'lim jarayonida tatbiq etish
Hozirgi kunda ta’lim tizimi har doimgidan ham ko‘proq jamiyatda sodir berayotgan jarayonlarga jiddiy e’tibor berishga ehtiyoj sezmoqda. Internet taraqqiyotining zamonaviy tendensiyalari kompyuter tarmoqlari jamoaviy muloqotning eng asosiy universal vositasiga aylanib borayotgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda inson qanday ilm olayotgani va bilimlarini qanday oshirayotganini ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Ta’lim tizimi oldida elektron axborot muhitida maxsus ko‘nikma va malakalarga ega, raqobatbardosh shaxslarni voyaga yetkazish vazifalari turadi.
Internet texnologiyalarining ikkinchi avlodi – Web o‘zida demokratiya tamoyillari asosida qurilgan o‘zaro ta’sirning ma’lum bir tuzilmasini qo‘llab quvvatlovchi o‘ziga xos platformani aks etiradi. Agar birinchi avlod internetida aniqlovchi omil sifatida texnologiyalar xizmat qilgan bo‘lsa, Web da bunday omil bo‘lib inson va uning ijtimoiy muloqoti, shaxsiy tanlovi xizmat qiladi. Shunday qilib, saytlar axborot tashuvchi vazifasini bajargan birinchi avlod internetidan farqli o‘laroq Veb platformalari foydalanuvchilarning ijtimoiy o‘zaro munosabatlar jarayonida ular orasidagi vositachi sifatida maydonga keladi. Aynan dasturiy ta’minot sohasiga inovatsiyalarning tadbiq etilishi natijasida kompyuter va multimediya texnologiyalari bilan bir qatorda muloqot va hamkorlikka ko‘proq urg‘u berila boshlandi.
Internet ijtimoiy servislari sohasidagi texnik o‘zgarishlar shu qadar ko‘p va shiddatliki, ta’limda Web servislaridan foydalanish metodikasini ishlab chiqish bugungi kunning eng dolzarb komleks muamolaridan biri sifatida baholanmoqda. Metodik nashrlar tahlili va so‘nggi yillar chet el amaliyoti qayd qilishicha, Web servislari o‘zining soddalik, tezkorlik, axborot muhitini tashkil etishdagi samaradorligi, interfaolligi, multimediyaliligi, ishonchliligi va xavfsizligi kabi didaktik xususiyatlari hisobiga informatika va axborot texnologiyalari o‘rgatish o‘quv faoliyatini tashkil etishni, pedagogik amaliyotni tashkil etish hamda uni boshqarishni optimalashtirish muammosining nisbatan to‘liqroq yechimini topish imkoniyatini bermoqda. “Ta’lim tizimida axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning qo‘llanilishi ta’lim texnologiyalarining amalga oshirilishiga, internet tarmoqlaridan foydalangan holda elektron ta’lim resurslaridan keng foydalanish uchun informatsion ko‘mak va elektron ta’limning yangi shakllarining paydo bo‘lishiga”, “masofaviy ta’lim texnologiyalarining keng spektrining yuzaga kelishiga” zamin yaratadi.
Internet texnologiyalarini informatika o‘qituvchilarini tayyorlashga tadbiq qilishga bag‘ishlangan ishlarni tahlil qila turib, tadqiqotchilar tomonidan informatika o‘qituvchilarini o‘qitish jarayoniga Butunjahon o‘rgimchak to‘ri resurslari, masofaviy texnologiyalar hamda Web -texnologiyalarini tadbiq qilish masalalari tadqiq qilingan. M.M.Nimatulaev informatika o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatda web-texnologiyalarni qo‘llashga tayyorlash bilan bog‘liq masalalarni o‘rgangan. Web –texnologiyalari deganda mualliflar, eng avvalo, Butunjahon o‘rgimchak to‘ri asosi bo‘lgan gipertekstni tushunishadi, zero axborotni namoyish qil ishning gipertekstli shakli telekommunikatsiyalarning yangi bilim manbalariga bog‘lanish planidagi kabi yangi turdagi o‘quv faoliyatini tashkil etish planida ham didaktik imkoniyatlarni bir necha bor oshiradi. Web-texnologiya deb yuritiluvchi keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan resusrslarning yaratilishi o‘qituvchilarining, ayniqsa informatika o‘qituvchilarining kasbiy faoliyati mazmuni va mohiyatini tubdan o‘zgarishiga asos bo‘ladi. Web-texnologiyalarga asosan pedagogik faoliyatni loyihalash nafaqat ijodiy, balki keng qamrovli mazmunga ega bo‘lmoqda. Shu sababli talabalarni o‘qitishda mazmun, metod va shakllarini ifodalovchi didaktik “Nimani o‘qitish lozim?” va “Qanday o‘qitish lozim?” degan savollarning yangi sifati shakllanadi. Agar Web-texnologiyani ta’limiy texnologiya deb qarasak, uning quyidagi asosiy didaktik omillarini keltirish mumkin: interfaollik va kreativlik; ijtimoiylik va ochiqlik; ko‘p funksiyalilik va sinxronlilik. Bular Web-texnologiyalar asosida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirishning yangi shakllari – zamonaviy ta’lim tizimining ajralmas qismi bo‘lgan ta’limiy tarmoq xamkorligining tashkil etilishiga olib keldi.
Bugungi kunda ta’lim tizimida yosh avlodning mustaqil ta’lim olishlariga e’tibor orttirilmoqda. Oliy ta’lim muassasalari ta’lim jarayonlarini AKT, kompyuter tarmoqlari asosida tashkil etish islohotlarni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlardan biri sanaladi. Internet tarmog‘ida ko‘plab on-line va off – line rejimida ishlaydigan ilg‘or tajribaga asoslangan tabaqalashtirilgan masalalar bilan boyitilgan kontent (topshiriqlar, ko‘rsatmalar, o‘rgatuvchi didaktik materiallar va h.k.) lar ishlab chiqilmoqda. Bunday kontentlardan samarali foydalana olishlari uchun talaba yoshlarimizning Web – texnologiya asosida ishlay olish ko‘nikmalarini shakllantirishda, avvalombor informatika o‘qtituvchilarining Web – kompetentligini shakllantirish lozimligini ta’kidlash joiz.
Web – texnologiyalar asosida bo‘lajak informatika o‘qituvchilar tayyorlash tizimini takomillashtirish muammosining dolzarbligi quyidagi omillar bilan belgilash mumkin:
1. Motivatsion omil. Web – texnologiyalarning ta’lim jarayonida tatbiq
etilishi quyidagi:
- talabalarning individual ta’limiy imkoniyatlari va extiyojlarini maksimal darajada inobatga olish;
- o‘quv mashg‘ulotlarining mazmun, shakl, sur’at va darajalarini tanlash
imkoniyatlari mavjud;
- talabalarning ijodiy qobiliyatini shakllantirish;
- talabalar bilan bir qatorda bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining ham Web texnologiyalar va ulardan foydalanishga oid BMK larga ega bo‘lish imoniyatlari mavjud bo‘lgan shart – sharoitlarning yaratilishi natijasida talabalarda fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish va ijobiy motivatsiyalarini shakllantirish imkonini beradi;
2. Tarkibiy omil. Web texnologiyalar imkoniyatlaridan
- O‘quv predmeti bo‘limlari va alohida mavzulariga oid interfaol jadval,
plakat kabi raqamli elektron ta’lim resurslarini yaratishda;
- Kompyuter testlarini yaratishda;
- Interfaol uy vazifalari hamda mustaqil ishlash trenajyorlarni yaratishda foydalanish mumkin;
3. O‘quv – metodik omil. Elektron ta’lim resurslaridan ta’lim jarayonida o‘quv – metodik ta’minot sifatida ham foydalanish mumkin;
4. Tashkiliy omil. Ta’limning turli shakllarida:
- Har bir talabani individual dastur asosida tuzilgan individual reja bo‘yicha o‘qitishda;
- Frontal va kichik guruhlar bilan ishlashda Web texnologiyalardan foydalanish.

5. Ta’lim natijalarini baholash omili. Ta’lim natijalarini joriy, oraliq va yakuniy baholashlar orqali aniqlashda asosiy vositasi sifatida test va test topshiriqlari Web texnologiyalar yordamida amalga oshirilishi.
Web-texnologiyalarning bo‘lajak inforatika o‘qituvilari faoliyati mazmuniga ta’sirining quyidagi asosiy omillarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
- Web-texnologiyalarning informatika kursi mazmuniga kirib borishi.
Bu esa, bo‘lajak informatika o‘qituvchilari oliy ta’lim muassaslarida Web-texnologiyalar sohasida yetarlicha bilimlar (ilmiy, metodik va maxsus) ni
egallashlari lozim;
- Bugungi kunda bir qator ta’limiy, metodik va ma’lumotli saytlarning yaratilganligi. Bo‘lajak informatika o‘qituvchilari o‘z kasbiy faoliyatlarida ulardan samarali foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim;
- Uzluksiz, ochiq, masofali ta’lim rivojining zamonaviy tendensiyalari bo‘lajak informatika o‘qituvchilari oldiga o‘zining (shaxsiy) ta’limiy Web –resurslari, jumladan, Web – saytlarini yaratish metod va vostilariga oid malakalarga ega bo‘lishi lozim.
Web-texnologiyalar asosida bo‘lajak informatika o‘qituvchilar tayyorlash tizimini takomillashtirish uchun “bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining o‘z kasbiy faoliyatlarida Web-texnologiyalarning yuqorida keltirilgan uchta ta’limiy potensialidan foydalana olishga doir bilimlarni egallash” muammosi qo‘yiladi. Mazkur muammoni hal qilish uchun esa OTM ning informatika kursi mazmuniga Web-texnologiyalarning kiritilishi tavsiya etiladi.
Bundan bo‘lajak informatika o‘qituvchilar tayyorlash tizimini takomillashtirishda Web-texnologiyalarning didaktik imkoniyatlarini o‘zlashtirish zaruriyati bilan Web-texnologiyalardan foydalanishga doir o‘quv – uslubiy ishlanmalarning mavjud emasligi o‘rtasidagi ziddiyatlar yuzaga keladi. Bunday ziddiyatlar esa, Web-texnologiyalar sohasidagi ta’lim mazmuni va tuzilmasini asoslash, hamda ushbu metodikaga mos keluvchi o‘quv – uslubiy resurslarni yaratish tadqiqot ishning vazifalarini belgilaydi.

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish