Svyaz s tablisami (Tashqi fayllardagi MO jadvallari bilan bog`lanish sxemasi) orqali yangi jadvallar tuzish. Bunda ham yuqoridagi kabi muloqot oynasida o`zaro aloqa o`rnatilishi zarur bo`lgan MO tanlab olinadi.
Ms Access ikki xil rejimda ishlaydi:
1)Проектирование (loyihalash)
2) Эксплуатация (amaliy foydalanish)
MOBT qaysi tartibda ishlashidan qat'iy nazar, uni ishlatish texnologiyasi quyidagicha namoyon bo`ladi:
Foydalanuvchi- MOni ma'lum formada to`ldiradi, muayyan so`rov orqali qayta ishlaydi va natijalarni hisobot tarzida tashkil qiladi. Birgina MO da millionlab foydalanuvchi ish yuritadi, ammo tuzilmasiga qo`l tekizmaydi. Foydalanuvchi asosan 6 ta ob'yektning 4 tasi bilan bemalol ish yuritadi
MO ning jadvali mustaqil ravishda hujjat bo`la olmaydi, ammo jadval tuzilmasi esa hujjat, biroq Microsoft Access da uning uchun alohida fayl ajratilmagan. Jadvaldagi barcha o`zgarishlar avtomatik ravishda real vaqt rejimida saqlanadi. Real vaqt rejimida jadval bilan ishlash jarayonida uzluksiz saqlash davom etadi. Birinchi maydonga ma'lumotlarni kiritish to`htatilgach, ikkinchi maydonga o`tiladi, shu vaqtda ma'lumotlar vinchyestrga yozila boradi va avtomatik ravishda saqlanadi.
MO jadvallari bilan ishlash jarayoni quyidagi turlarga bo’linadi:
1. MOBT oynasining pastki qismida Polya nomer a zapisi (nomer yozish maydoni) bo`lib, bunda maydonga o`tish tugmalari bor (jadval bo`yicha siljishni amalga oshiradi).
2. Har bir yozuv chap tomonida yozuv markeri (Marker zapisi) tugmachasiga ega. Shu tugmani bossak, yozuv ajratilib ko`rinadi va nusxa olishga tayyorlanadi.
3.Ajratilgan yozuvda sichqoncha o`ng tugmasini bossak, kontekst menyu muloqot oynasi chiqadi va uning buyruqlari orqali yozuv ustida ish bajariladi.
4.Jadvalning chap tomoni yuqori qismida to`rgan marker jadval markeri deyiladi. Uni bossak, butun jadval ajratilib ko`rinadi. Sichqoncha o`ng tugmasi bosilsa, kontekst menyu muloqat oynasi ekranda paydo bo`ladi. Uning buyruqlari bilan jadval ustida ish yuritiladi.
5. Maydon sarlavhasida sichqoncha tugmasini bossak, u holda maydon ajratilib ko`rinadi.
Zapros (So`rov)lar tashkil qilish.MO ga kirish uchun «So`rov» dan foydalaniladi. Bu jarayon MO oynasining Создание menyusidan Запрос bo`limidan biri tanlanadi. Konstruktor - mustaqil ravishda yangi so`rovlar tuzish.
Мастер запросов bo`limida (master ustasi) oyna hosil bo`ladi, oynada trayyor jadvallardan foydalanib so`rovlar yaratishimiz mumkin.
Xullas, zapros yordamida asosiy MO dan natijaviy (foydalanuvchini qiziqtirgan) jadval tashkil qilish va uni qayta ishlash imkoniyati paydo bo’ladi. Zapros bilan ishlaganda ma'lumotlarni saralash (filtrdan o`tkazish), jamlash, ajratish, o`zgartirish mumkin. Ammo bu amal har bajarilganda asosiy MO da hyech qanday o`zgarish sodir bo`lmaydi. Bundan tashqari, Zapros yordamida «natijalarni hisoblash», o`rta arifmetik qiymatini topish, yig`indi hosil qilish yoki biror maydon ustida matematik amallar bajarish mumkin.
Nazorat uchun savollar
Accessda jadvallar qanday yaratiladi?
Accessda so`rov qanday yaratiladi?
Adabiyotlar:
M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari.
A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari.
T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi
Do'stlaringiz bilan baham: |