Uyga vazifa: O`tilgan mavzuni o`qib kelish
AMALIY DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
T/r
|
Mashg`ulot bosqichlari
|
Ajratilgan vaqt
|
Mashg`ulot mazmuni
|
Ta’lim metodlari
|
Ta’lim vositalari
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
10
|
Salomlashish, davomat
|
|
Jurnal, ruchka
|
2.
|
Kirish qismi (Motivatsiya)
|
15
|
Uyga vazifani tekshirish
|
|
Daftar, kompyuter
|
3.
|
Yangi mavzuning bayoni
|
20
|
Obyektlar.
Bo`yash. Soxa chegaralari bilan ishlash.
Obyektlarni joylashtirish.
Obyektlar bilan ishlash.
|
“Ikki qismli kundalik”
|
Daftar, kitob, kompyuter, doska
|
4.
|
Mustahkamlash
(Qo`llash)
|
35
|
Kompyuterda bajarish
|
Komp.da amaliy bajarish
|
kitob, kompyuter, doska
|
5.
|
Yakuniy
qism
|
10
|
O`quvchilarni baholash,
O`tilgan mavzuni o`qib kelish
|
|
Jurnal, ruchka
|
25-MAVZU: COREL DRAW VEKTORLI GRAFIK MUHARRIRIDA ISHLASH
Reja:
Obyektlar.
Bo`yash. Soxa chegaralari bilan ishlash.
Obyektlarni joylashtirish.
Obyektlar bilan ishlash.
Tayanch so`z va iboralar: COREL DRAW, vektorli grafika, muharriri, kompakt disk,
Fayl, qurilma, panel, soha, bo`yash,
1. Corel Draw dasturining asosiy texnologik prinsipi - bu obyektlar bilan ishlash. Obyekt deb-ustida xar xil ishlarni bajarish imkonini beruvchi tushunchaga aytiladi. Foydalanuvchi obyektlar ishlash jarayonida ular ustida xar ishlarni bajarishga to`g`rikeladi.
Obyektlar bilan quyidagi ishlarni bajarish mumkin:
A) Belgilash
B) Uchirish
V) Nusxa olish va nusxani qo`yish.
G) Bir nechta obyektlarni belgilash.
D) Kattalashtirish va kichraytirish.
Ye) Obyektni siljitish.
J) Belgilashni olib tashlash.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan ishlarni bajarishning bir nechta usullari mavjud. Biz faqat bittasida to`xtalib o`tamiz.
Obyektlarni yaratish uchun ekranning chap burchagida joylashgan «qurollar paneli»dan foydalaniladi.
1-rasm.
Xujjatga qo`yilgan obyektni belgilash uchun shu obyekt ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib chap tugmasi bir marta bosiladi. Natijada obyekt belgilanadi. Ya’ni 1-rasmda ko`rsatilganidek 8ta markerga olinadi. Bu usul yordamida ixtiyoriy obyektlarni belgilash mumkin.
Shu joyda bir narsani eslatib o`tish joizki, kerak bo`lsa boshqa dasturlardan щam obyektlarni qo`yish mumkin.
Belgilangan obyektni o`chirish uchun esa klaviaturada «Delete» tugmasi bosiladi. Natijada shu rasm o`chadi.
Belgilangan obyektdan nusxa olish uchun esa Edit-Copy amallari bajariladi. Natijada shu obyektdan nusxa olinadi.
Nusxasini qo`yish uchun esa Edit-Paste amallari bajariladi.
Yoki belgilangan obyektdan boshqa usul yordamida щam nusxa olish mumkin, ya’ni Edit-Dublikate amallari bajarilsa kifoya.
Bir nechta obyektlarni birlashtirish ya’ni gruppalash uchun, avvalam bor, bu obyektlar belgilanadi. Xamma obyektlarni belgilash uchun klaviaturada Shift tugmasi bosiq turilgan xolda obyektlar birma-bir belgilanib chiqiladi. (Yuqoridagi ko`rsatib o`tilgan usul yordamida).
2-rasm.
Obyekt (obyektlarni) kattaligini o`zgartirish uchun bu obyekt (obyektlar) belgilanadi. Natijada 2-rasmda ko`rsatilganidek ular ustida markerlar xosil bo`ladi.
Marker ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib chap tugmasi bosiq turilgan xolda obyektga kerakli kattalik beriladi. Obyektning kerakli kattaligi xosil qilib bo`lingandan so`ng sichqoncha chap tugmasi qo`yib yuboriladi.
Bir narsani aytib o`tish joizki, belgilangan obyektlarni aylantirish xam mumkin. Buning uchun belgilangan obyektlar ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib chap tugma bir marta bosiladi. Natijada 3-rasmda ko`rsatilgan xolat vujudga keladi.
3-rasm.
Rasmda ko`rinib turilganidek Markerlar boshqa ko`rinishni oladi. Ular ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib chap tugmasi bosiq turilgan xolda obyektlarni xoxlagan burchakka burish imkoniyati bo`ladi.
Belgilashni olib tashlash uchun klaviaturada Ctrl tugmasi bosilsa kifoya.
Shuni aloxida ta’kidlab o`tish joizki, obyekt (obyektlar) belgilanganda qo`shimcha qurollar qatori paydo bo`ladi. Bu qurollar yordamida obyektlarni kattaligini o`zgartirish, boshqa obyektlarga nisbatan joylashish xolatlarini, burchak ko`rinishlarini xam o`rnatish mumkin. (4-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |