Rasmlarni qo‘yish.Word dasturida ihtiyoriy hujjatga rasm qo‘yish mumkin. Buning uchun “Вставка” bandining “Иллюстрация” guruhidagi “Рисунок” tugmasini bosing. Ochilgan “Вставка рисунка” oynasida kerakli grafik faylni ko‘rsating. Rasm hujjatga qo‘yiladi. Uning atrofida burchak markerlari va burilish markerlari joylashadi, tasmada esa “Работа с рисунками” kontekst asbobi hosil bo‘ladi.
CLIP ART kolleksiyas va kliplar qo’yishi.Kliplarni tanlash - bu Word matn muharriridagi standart rasmlar to‘plami. Klip qo‘yish uchun “Вставка” bandining “Иллюстрация” guruhidagi “Клип” tugmasidan foydalanish mumkin. Natijada, sizni qiziqtiruvchi rasmlarni izlash uchun mo‘ljallangan “Клип” masalalar sohasi tasvirlanadi. “Искать” maydonida tayanch so‘zlar kiriting, “Просматривать” ro‘yxatidan kolleksiyani tanlang va “Искать обьекты” ro‘yxatidan rasmlar turini ko‘rsating.
Hamma parametrlarni o‘rnatib, “Начать” tugmasini bosing. Dastur rasmlarni tasvirlaydi. Topilgan rasmlardan birini qo‘yish uchun sichqoncha tugmasini unda bosish kerak.
Rasmlar menyusini ochib, siz bir qancha amallarni bajarishingiz mumkin. Masalan, “Копировать” bandi rasmlarni almashish buferiga nusxalaydi. Kliplar kolleksiyasidan rasmni olib tashlash uchun “Удалить из организатора клипов” bandini tanlang. “Копировать в коллекцию” bandi yordamida rasmni boshqa kolleksiyaga nusxalash mumkin.
Word Art obyektlar va ularni qo’yishi.Word Art obyektlari - bu tayyor shablonlar asosida yaratilgan chiroyli rasmiylashtirilgan matn. Word Art obyektlarini qo‘yish uchun “Вставка” bandining “Текст” guruhidagi “Word Art” tugmasini bosing. Galereyadan yoqqan shaklni tanlang va “Изменение текста Word Art” oynasida o‘zingizning matningizni kiriting, keyin OK tugmasini bosing. Hujjatga yaratilgan Word Art obyekti qo‘shiladi. Siz uning o‘lchamini o‘zgartirishingiz, ekran bo‘yicha almashtirishingiz – umuman, uning ustida hamma amallarni bajarishingiz, ixtiyoriy grafik primitiv kabi mumkin.
DAMINO
|
Shriftni kursiv holatga o`tkazish
|
|
Shriftni tagiga chiziq qo`yish
|
|
Shriftga rang berish
|
|
Kompyuter xotirasidagi (buferidagi) ma’lumotni o`rnatish
|
|
Sohaga rang berish
|
|
Interval mo`rnatish
|
|
Shrift turini o`rnatish
|
|
Shrift o`lchamini o`rnatish
|
|
Faylni saqlash
|
|
Oxirgi qilingan ishni bekor qilish
|
|
Ma’lumotni markazdan chegaralash
|
|
Shriftni bo`yoq holatga o`tkazish
|
Do'stlaringiz bilan baham: |