999999
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI XALQ TA'LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI
“ANIQ VA TABIIY FANLAR METODIKASI” KAFEDRASI
МАLAКА ISHI
Mavzu: “Axborotli olam muammolari va Internet”mavzusida salbiy oqibatlarni yoritish.
Tinglovchi: To’raboyeva Sayyoraxon Rustamjon qizi
Guruhi: “INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ”
15-GURUH.
Ish joyi: Chirchiq shahar 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi
o‘qituvchisi
Telefoni: +99891777-02-37
Taqrizchi:
Каfedra mudiri:
Guruh rahbari:
Chirchiq – 2021 yil
ANNOTATSIYA
“Axborotli olam muammolari va Internet”mavzusida salbiy oqibatlarni yoritishda yozilgan malaka ishi 37-varaqdan iborat bo‘lib, u kirish qism,asosiy qismni yoritib beruvchi mavzular:
1. “Axborotli olam muammolari va Internet”mavzusida salbiy oqibatlarni yoritishda mavzuning dolzarbligi ko‘rsatilgan.
2. “Axborotli olam muammolari va Internet”mavzusini o ‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish mavzu bayoni yoritligan.
. “Axborotli olam muammolari va Internet” haqida tushanchalar berilgan.
4. Informatika fanini o‘qitishga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar hamda xulosa va tavsiyalar, adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovadan iborat.
Malaka ishini yoritishda to‘qqizta interfaol metodlardan foydalanilgan. Ushbu malak ishi jami ________ varoqdan iborat bo’lib u bolalarni Internet tarmog‘idagi xavf-xatarlardan asrash va ularning axborot xavfsizligi me’yorlariga rioya qilishlari bo‘yicha tavsiyalar bayon etilgan. Jumladan, qo‘llanmada voyaga yetmaganlar 3 toifaga (7 yoshdan 10 yoshgacha, 10 yoshdan 13 yoshgacha, 13 yoshdan 16 yoshgacha) bo‘linib, ularga va ularning ota-onalariga bir-biridan alohida tarzda takliflar va tavsiyalar berilgan. Malaka ishi orqali mamlakatimizning barcha ta’lim muassasalari va oila muhitida foydalanib, bolalar va yoshlarni Internet tarmog‘idagi salbiy kontentlardan himoyalanish usullarini o‘rganishlari, ota-onalar esa farzandlarining Internet tarmog‘idan to‘g‘ri va samarali foydalanishlarini ta’minlay olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin. Ushbu malak ishida yoshlarning Internet resurslaridan foydalanish holatini tahlil qilish, ularda axborot olish va uzatish madaniyatini shakllantirish, yosh avlodning ma’naviy yetuk, jismonan sog‘lom bo‘lib o‘sib-ulg‘ayishi, ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadigan axborotdan muhofaza qilish, xavfsiz internet muhitini shakllantirish va bunga zarur sharoitlar yaratish zarurligi ta’kidlangan. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib, yoshlarga salbiy ta’sir etuvchi, yoshlar kamolotiga xavf solayotgan mafkuraviy tahdidlar va g‘oyalarga qarshi kurashishda ota-onalar ogohligi borasida alohida batavsil fikrlar bayon etilgan
Informatika fanini o‘qitishga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar mavzusida fanni o‘qitishda qanday zamonaviy talablar qo‘yilganligi va ularni qanday bajarish tartiblari to‘g‘risida bayon qilingan. Xulosa va tavsiyalar bo‘limida . “Axborotli olam muammolari va Internet”mavzusida salbiy oqibatlarni yoritishda o‘zimning xulosamni va takliflarimni aytib o‘tganman. Foydalanilgan adabiyotlar bo‘limida mavzuni yoritishimda kerak bo‘lgan ma’lumotlarni olgan adabiyotlarim to‘g‘risida sanab o‘tganman. Malaka ishi so‘ngida 5-yillik istiqbol rejalar tuzilib, amalga oshirish vaqtlari ko‘rsatib berilgan.
«Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir»
SH. M. Mirziyoyev.
Do'stlaringiz bilan baham: |