Matn muharrirlari. Amaliy dasturlarning bu toifasining asosiy vazifasi matnga ma’lumotlarni kiritish va tahrir qilishdan iboratdir. Ushbu dasturlarning qo‘shimcha vazifalari kiritish va tahrir qilishni avtomatlashtirishdan iboratdir. Ma’lumotlarni kiritish, chiqarish va saqlash amallari uchun matn muharrirlari tizimli dasturiy ta’minotni ishga tushiradi (chaqiradi) va undan foydalanadi.
Matn protsessorlari. matnni kiritish va tahrir qilishgagina emas, balki uni formatlash, ya’ni shakllantirishga imkon yaratadi. Shunga muvofiq ravishda matn protsessorlarining asosiy vositalariga yakuniy hujjatni tashkil etuvchi matn, grafika, jadval va boshqa ob’ektlarni formatlash jarayonini avtomatlashtirish kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |