Illyustratsiya – xodisa, narsa jarayonlarni tasviriy shaklda sxema, reproduksiya, Yussi modellar yordamida ko‘rsatish va qabul qilishni ko‘zlaydi.
Videousul – axborotni ko‘proq ko‘rgazmali o‘zlashtirishga asoslangan bo‘lib, unda kineskop, kodoskop, proektor, kinoapparat, o‘quv televideniesi, videomagnitafon, multimediya, elektron kitob, axborotni displeyda aks ettiruvchi kompyuterdan foydalaniladi.
Suhbat. Suhbat o‘qituvchi o‘quvchining o‘zaro ta’siri dialog shaklidagi ta’lim metodidir. Unda mavzu mazmuniga xos, atroflicha o‘ylangan, bir-biriga bog‘liq savollarni qo‘yish va savollarga javob izlash hamda javob qaytarish yo‘llari bilan o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati o‘zaro muvofiqlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |