Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


-MAVZU. SOLIQ SIYOSATI VA UNING ASOSIY YO’NALISHLARI



Download 186,05 Kb.
bet51/68
Sana12.05.2023
Hajmi186,05 Kb.
#937384
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   68
15-MAVZU. SOLIQ SIYOSATI VA UNING ASOSIY YO’NALISHLARI
1. Soliq siyosati tushunchasi va huquqiy nazariy asoslari
2. Hozirgi davrda soliq siyosatini ishlab chiqish va unda davlatning roli
3. Soliq siyosatining o’ziga xos xususiyatlari va rivojlantirish yo’nalishlari

Tayanch iboralar: Soliq siyosatining kontseptsiyasi, strategiyasi va taktikasi. Soliq siyosatini tartibga solish vositalari. Soliq siyosatining huquqiy asoslari va xususiyatlari. Soliq siyosatining ishlab chiqishda va amalga oshirishda davlat hokimiyati organlarining roli.



  1. Soliq siyosati tushunchasi va huquqiy nazariy asoslari

Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti bir tomondan uning ichki mexanizmiga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan boshqaruvning xarakteriga, ijtimoiy-siyosiy holatga, muvozanatga bog’liq bo’ladi. Oddiy qilib aytganda ustqurmaga ham bevosita bog’liqdir. Mazkur jarayonda ijtimoiy siyosat alohida rolь o’ynaydi. Ijtimoiy siyosat o’z navbatida ichki va tashqi madaniy-ma’rifiy, siyosiy, iqtisodiy siyosat kabilarga bo’linadi. Iqtisodiy siyosat ham o’z navbatida moliya, pul-kredit, byudjet, soliq siyosati kabi turlarda amal qilib, ularni yaxlitligi makroiqtisodiy darajada qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari faoliyatlarining asosiy ajralmas qismiga aylanadi. SHu o’rinda soliq siyosatining mazmuniga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, yuqorida qayd etilganidek, soliq siyosati iqtisodiy siyosatning ajralmas bir bo’lagi bo’lib, davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir. U tarkiban soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza yaratish, joriy etilgan soliqlar va soliqsiz to’lovlarni amaliyotda ishlash mexanizmini shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli organlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig’indisidir.
Mamlakat soliq tizimi xususiyatlari, yo’nalishlari, qanday soliqlarning joriy etilishi, ular o’rtasidagi nisbatni ta’minlash kabi masalalarni soliq siyosati belgilab beradi. Soliq siyosatining huquqiy asoslari sifatida mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston Respublikasining 1991 yil 31 avgustdagi «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida»gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining «Korxonalar, tashkilotlar, birlashmalardan olinadigan soliqlar to’g’risida»gi (1991 yil 15 fevral), «O’zbekiston Respublikasining fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmaganlarning daromad solig’i to’g’risida»gi (1991 yil 15 fevral), «Mahalliy soliqlar va yig’imlar to’g’risida»gi (1993 yil 7 may) Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Vazirlar Mahkamasining Qarorlari kabi me’yoriy hujjatlardan iborat bo’lgan bo’lsa, 1997 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi va O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to’g’risida» gi Qonuni yuqoridagi hujjatlarning ayrimlarini o’z kuchini yo’qotishiga olib kelgan bo’lsa, ayrimlarining huquqiy bazasi kengayishiga, kuchayishiga xizmat qilib kelmoqda. «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida»gi Qonunga muvofiq, shu kundan e’tiboran O’zbekiston Respublikasi o’zining mustaqil soliq siyosatini olib boradi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida fuqarolarning burchlariga soliqlarni to’lash majburiyati ham kiritilgan: «Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig’imlarni to’lashga majburdirlar» .




  1. Download 186,05 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish