Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi



Download 186,05 Kb.
bet30/68
Sana12.05.2023
Hajmi186,05 Kb.
#937384
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   68
K = SF : (O‘K + UMM) x 100%

Bu erda: K – XYUS investitsiyalarining rentabelligi;


SF – XYUS ning sof foydasi;
O‘K – XYUS ning o‘z kapitali;
UMM – XYUS ning uzoq muddatli
majburiyatlari.

Rentabellikni oshirish yo‘nalishlari omillarning quyidagi guruhlari bilan bog‘liq:



  • foyda summasini ko‘paytirish;

  • xarajatlarning darajasini va foydani olish uchun resurs-larni kamaytirish.

Bu yo‘nalishlar har bir XYUS da konkretlashtirilishi va rentabellikni oshirishning rezervlarini qidirib topish va ular-dan foydalanish asosida amalga oshirilishi mumkin.


3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning baho siyosati va baholarni shakllantirish asoslari

“Baho” tushunchasi ostida, odatda yagona sintetik kategoriyaga birlashtirilgan turli-tuman iqtisodiy holatlarning yig‘indisi nazarda tutiladi. Mohiyat jihatidan baho qiymatning puldagi ifodasidir. Tarmoq ichidagi raqobat natijasida tovarning indi-vidual qiymati uning ijtimoiy qiymatiga aylanadiki, uning o‘lchami (miqdori, darajasi) mehnatning ijtimoiy zaruriy xara-jatlari bilan aniqlanadi. Bozor qiymati, ijtimoiy qiymatdan farqli o‘laroq, faqatgina tovarni ishlab chiqarish darajasi bilan emas, balki uning realizatsiya qilish shartlari bilan ham bel-gilanadi.


Bozor sharoitida mehnatning ijtimoiy zaruriy xarajatlari va ijtimoiy foydalilik (naflilik) taqqoslanadi, ijtimoiy ishlab chiqarishning hajmi va tarkibiy tuzilmasining ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiq kelishi aniqlanadi. Faqat ijtimoiy ehtiyoj va ijtimoiy foydalilik doirasidagina xarajatlar ijtimoiy zarur, deb e’tirof etilishi mumkin. SHu munosabat bilan qiymat hosil bo‘lishining iqtisodiy chegaralarini shakllantirish ijti-moiy foydalilikning funksiyasiga aylanadi.
Demak, bahoning asosi sifatida maydonga chiqadigan ijti-moiy zaruriy xarajatlar va qiymat murakkab jarayon natijasida vujudga keladi, turli-tuman sharoitlar va ta’sirlarga duch keladi. SHunga mos ravishda bahoning modeli ham oddiy yoki bir xil bo‘lishi mumkin emas.
Tovarlar har doim qiymat va iste’mol qiymatining o‘zaro yaxlitligidan iborat. Tovarning iste’mol qiymatini tovarning qandaydir bir ehtiyojni qondirish qobiliyati sifatida xarakter-lash qabul qilingan. Bozor sharoitida ishlab chiqarish sotib oluvchilarning talablarini qondirish maqsadida iste’mol va buning natijasida tovar ishlab chiqaruvchi tomonidan foydaning olinishi uchun amalga oshiriladi. Demak, past iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan tovarlar past qiymatga ega bo‘ladi va aksincha, yuqori darajadagi iste’mol qiymati qiymatning ham yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi. SHuning uchun ham, bahoni aniqlashda faqat tegishli ne’matni ishlab chiqarish xarajatlarini inobatga olib qolmasdan, balki tovarning sifati orqali namoyon bo‘ladigan uning iste’mol qiymatini, uning foydaliligini ham hisobga olmoq lozim. Bundan baho bozor mexanizmining pulda ifodalan-gan muhim elementidir, degan xulosa kelib chiqadi. Baho yordamida mol etkazib beruvchi va iste’molchi foydalanayotgan resurslarning hajmi ifodalanadi, ular bir resurs bilan ta’minlanadi, bir vaqtning o‘zida ikkinchi resursni oladi, buning natijasida resurslarning foydaliligi oshadi. SHunday qilib, baho kerakli mahsulot yoki xizmatga ega bo‘lish uchun kishi berishi lozim bo‘lgan resurslarning miqdoridir. Bahoning ijtimoiy zaruriy mehnat xarajatlariga yaqinlashishini ta’minlovchi modeli ana shundan iborat. YUqorida bayon qilingan holatlarga asoslanib vujudga keltirilgan baho o‘ziga tegishli bo‘lgan funksiyalarni bozor iqtisodiyotida yaxshi bajaradi.
Eng avvalo, baho yordamida barcha tovarlarning yoki tovar birligining hajm, dona va og‘irlik birliklaridagi qiymati pul birliklarida o‘lchanadi. Pulli ekvivalentning mavjud ekanligi bahoga miqdor va son shakllaridagi tovar qiymatini ifodalovchi yoki o‘lchovchi sifatida maydonga chiqishga imkon beradi. Bir vaqt-ning o‘zida baho pulda ifodalangan turli tovar qimmatliklari-ning o‘lchovchisi hamdir. Ko‘rilayotgan ana shu sifatda baho umumiqtisodiy samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri sanaladi, xo‘jalik qarorlarini qabul qilish uchun mo‘ljal, bashoratlashning muhim instrumenti bo‘lib xizmat qiladi. YUqo-ridagilarning barchasi bahoning o‘lchov funksiyasidan darak beradi.



Download 186,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish