Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi



Download 186,05 Kb.
bet37/68
Sana12.05.2023
Hajmi186,05 Kb.
#937384
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   68
3. Davlat byudjetining ahamiyati.
Davlat byudjeti mamlakat-ning moliya tizimida markaziy o‘rinni egallaydi. Markazlash-tirilgan pul fondini shakllantirish orqali uning yordamida katta hajmdagi moliyaviy resurslar davlatning qo‘lida to‘planadi va ular umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga sarf etiladi. Davlat byudjeti umumdavlat manfaatlarini inobatga olgan holda ustu-vor yo‘nalishlar uchun moliyaviy resurslarni konsentratsiya qilish-da asosiy instrument bo‘lib xizmat qiladi.
Ustuvor yo‘nalishlarga Davlat byudjeti yordamida moliyaviy resurslarni konsentratsiya qilish bir necha usullar yordamida amal-ga oshirilishi mumkin. Ayrim hollarda, iqtisodiyot etakchi tar-moqlarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlash maqsadida byudjet assignovaniyalarining hajmi oshiriladi. Bosh-qa hollarda esa, o‘sha sektorlardan mablag‘larni Davlat byudjetiga olishda qulay rejim (sharoit) yaratiladi.
Davlat byudjeti iqtisodiyot alohida tarmoqlarining rivoj-lanishida asosiy manba rolini ham o‘ynashi mumkin. Masalan, ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida milliy iqtisodiyotda yangi tar-moq vujudga kelayotgan bo‘lsa, uning paydo bo‘lishini hozirgi sha-roitda byudjetdan moliyalashtirishsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektlarning moliyaviy barqarorli-gini ta’minlashda byudjet katta ahamiyat kasb etadi. Turli ob’ek-tiv va sub’ektiv omillarning ta’siri ostida ayrim sub’ektlar-ning o‘z moliyaviy resurslari ularning sog‘lom faoliyat ko‘rsatishi uchun etarli bo‘lmay qolganda chetdan mablag‘ jalb qilishga ehtiyoj tug‘iladi. Bunday sharoitda Davlat byudjeti tartibga soluvchi man-ba sifatida maydonga chiqishi mumkin. Albatta, bunday hollar-ning barchasida Davlat byudjetining mablag‘lari sub’ektlarning o‘z manbalari, tarmoq ichidagi resurslar, bank kreditlaridan so‘ng oxirgi tartibga soluvchi manba sifatida foydalaniladi.
Sub’ektlarning faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’-minlashda Davlat byudjetining tartibga soluvchi roli quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:
– moliyaviy resurslarga bo‘lgan yangi talabni kelgusi byudjet yilida byudjetning xarajatlari tarkibiga kiritish;
– moliyaviy resurslarga bo‘lgan qo‘shimcha ehtiyojni mavjud bo‘lgan byudjet resurslarini manyovr qilish, ya’ni byudjet kredit-larini bir ob’ektdan ikkinchisiga o‘tkazish. Bunday imkoniyatning mavjud ekanligi amaliyotda ayrim sub’ektlarning o‘zlariga taqdim etilgan moliyaviy resurslarni to‘liq o‘zlashtirishning uddasidan chiqa olmasligi bilan belgilanadi;
– qo‘shimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari hisobi-dan qoplash va boshqalar.
Davlat byudjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texni-kaviy jihatdan qayta qurollantirishda alohida ahamiyatga ega. Byudjetdan iqtisodiyotga qilinayotgan xarajatlar va markazlashti-rilgan investitsiyalarni moliyalashtirish, eng avvalo, ana shu maqsadlarga xizmat qiladi.
Ayniqsa, ijtimoiy soha (maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot) xarajatlarini moliyalashti-rish, oilalarga ijtimoiy nafaqa berish, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosidagi farqlarni byudjetdan qoplash, davlat hokimiyati organlari, boshqaruv va sud organlari-ni saqlash, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlarini moliya-lashtirish, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash ka-bi vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashda Davlat byudjetining ahamiyati juda beqiyosdir.

Download 186,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish