Aniq fanlar



Download 3,94 Mb.
bet44/72
Sana25.06.2022
Hajmi3,94 Mb.
#704899
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72
Bog'liq
fizika va astranomiya tarixi majmua

12- seminar mavzusi
O’rta asrlarda sharqiy regiyonda fizika va astranomiya rivoji.
I. O’RTA ASR FIZIKASI (VI – XI ASRLAR)
Reja:Yunonistonda fan va madaniyat inqirozi. Musulmon renessansi. Sharq akademiyalari. Al-Ma’mun akademiyasi. Al-Xorazmiy, Ahmad Al- Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Umar Hayyomlarning ilmiy merosi.
Aristotel va Ptolemeydan keyin Yunonistonda fan va madaniyat inqirozga uchraydi. Fan va madaniyat markazi Sharq mamlakatlariga Xitoy, Hindiston VII asrlardan boshlab musulmon sharqi: Bog’dod, Damashk„ Xorazm, Urganj, Samarqandga ko’chdi. Arab xalifaligi davrida arab tili yagona ilmiy til bo’lib shakllandi. Ushbu davrda asosan mexanika va optika fanlari keng rivojlandi. O’rta asrlardagi fizika fani taraqqiyotini quyidagi davrlarga bo’lib o’rganish mumkin:
l. Musulmon sharqida fan taraqqiyoti (VII — XI asr)
2. Yevpropa feodal fani rivoji (XI — XV asr)
3. Tabiatshunoslikda tajriba — kuzatish davrining yuzaga kelishi (XV— XVIII asr).
1) O’rta Osiyo va Sharqda musulmonchilik o’rnatilishi bilan bu davlatlar o’rtasida savdo-sotiq fan va madaniyat rivojlandi. Tabiiy fanlar rivojiga avvalo iqtisodiy va ijtimoiy omillar sabab bo’ldi. Dexqonchilik uchun yil fasllarini aniqlash, sug’orish inshootlarini qurish, ilmi nujum, astrologiya, savdo-sotiq uchun tarozi, suv chiqarish uchun chig’iriq ulkan imoratlar, maqbaralar qurishda mexanik moslamalar ixtiro etishni taqozo etardi. Bizning Ona Vatanimiz zaminidan yetishib chiqqan allomalarimiz: al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, al-Beruniy, Ibn Sino, Forobiy, Ulug’beklar matematika, fizika va astronomiyaga doir ko’plab ilmiy asarlar yaratishdi.
I. Abu Abdullo Muxammad Ibn Muso al-Xorazmiy — 780 yillarda Xiva shahrida tug’ilgan, 850 yilda Bog’dodda vafot etgan.
Xorazmiy o’qish, yozish va sanashni mahalliy diniy maktab-madrasada o’rgandi. U O’rta Osiyoning juda ko’p shaharlarida bo’lib, geografiya, tarix, astronomiya bo’yicha o’z bilimlarini boyitdi. O’z ona tili bilan bir qatorda fors, arab va Hindistonning adabiy tili — sanskritni o’rgandi. U qadimgi turk tili bilan, ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, hatto, qadimgi yaxudiylar tili bilan tanish edi.Vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniyning guvohlik berishicha, «Qutayba ibn Muslim al-Boxiliy xorazmiyliklarning kitoblarini halok etib, bilimdonlarini o’ldirib, kitob va daftarlarini kuydirib yuborganligi sababli ular savodsiz qolib, o’z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan bo’ldilar». VIII asrning oxiriga kelib Xorazmda ilm-fan bilan shug’ullanish qiyinlashib qoladi. Shu sababli ilmga chanqoq yosh Muhammad Xorazmiy musulmon dunyosining poytaxti Bog’dodga keladi. Bog’dodda fanning rivojlanishi asosan yunon, hind va eron olimlarining asarlarini arab tiliga tarjima qilishdan boshlanadi. Bu Xorun ar-Rashid (786-809) va uning o’g’li al-Ma’mun (813-833) xalifalik qilgan davrga to’g’ri keladi. Xorun ar-Rashidning o’g’li al-Ma’mun Bog’dodda «Baytul hikma» (Donishmandlar uyi)ni tashkil etadi. Unda juda yaxshi jihozlangan rasadxona va boy kutubxona bor edi. Xorazmiy o’zining ilmiy faoliyatini «Baytul hikma» da qadimgi yunon olimlari Yevklid, Arximed, Appoloniy va boshqalarning hamda qadimgi hind astronom va matematiklarining asarlarini qunt bilan o’rganish va ularni arab tiliga tarjima qilish bilan boshlaydi. Tez orada u «Baytul hikma»dagi ilmiy ishlarga rahbarlik qila boshlaydi. Al-Xorazmiygacha Akademiyada quyidagi olimlar, tarjimon va hattotlar ishlagan. Munajimlardan: Ibn al Kiftiy, Muhammad al Nazariy, Abu Ishoq, Ibrohim al Fazariy, Yoqub ibn Tariq tarjimonlar: Joir ibn Xayyan, Abu Hasan, Solmon, Abu Zanare va h.k. Al-Xorazmiyning ilmiy merosi

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish