Aniq fanlar



Download 3,94 Mb.
bet38/72
Sana25.06.2022
Hajmi3,94 Mb.
#704899
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   72
Bog'liq
fizika va astranomiya tarixi majmua

8- seminar mavzusi
O‘zbekistonning fizika ilmiy-tadqiqot muassasalari.
Fizika-texnika instituti
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.Azimov nomidagi “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika instituti 1943-yilda tashkil topgan bo‘lib, institutda 152 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Shundan, ilmiy xodimlar 85 nafarni, 45 yoshgacha bo‘lgan ilmiy xodimlar 46 nafarni va ilmiy darajaga ega xodimlar 35 nafarni tashkil etadi. Jumladan, 2 nafari akademiklar, 19 nafari fan doktorlari, 4 nafari falsafa doktorlari, 12 nafari fan nomzodlari. Ilmiy xodimlarning o‘rtacha yoshi – 48 yosh (fan doktorlari – 68, fan nomzodlari va falsafa doktorlari – 53 yosh).
Institutda oliy malakali ilmiy, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha: oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimida tahsil olayotgan doktorantlar – 3 nafar, tayanch doktorantlar – 11 nafar va mustaqil izlanuvchilar 5 nafar hamda 6 nafar yosh stajyor-tadqiqotchilar faoliyat olib bormoqda.
ILMIY YO‘NALISHLAR
Fizika-texnika institutida quyidagi asosiy yo‘nalishlar doirasida ilmiy izlanishlar olib boriladi:
- yuqori energiyalar fizikasi – yuqori va o‘ta yuqori energiyalarda adron va yadrolarning yadrolar bilan o‘zaro ta’sirini, o‘ta zich va o‘ta issiq kvark-gluon materiya xossalarini, mikrodunyo va borliqning fundamental qonuniyatlarini o‘rganish;
- nazariy fizika - optik aloqa tizimlari rivoji uchun kondensirlangan muhitlarda nochiziqli uyg‘onishlar dinamikasini, optik tolali optoelektron qurilmalarni, kvant kompyuter va boshqa tizimlarni tadqiq etish;
- yarimo‘tkazgichlar fizikasi – samarali fotoo‘zgartgichlar, fotoqabulqilgichlar va boshqa yuqori darajada sezgir datchiklar texnologiyalarini ishlab chiqish maqsadida yarimo‘tkazgichli materiallar va strukturalarda sodir bo‘luvchi fizikaviy jarayonlarni tadqiq etish, yarim o‘tkazgichli qurilmalarda ishlatiladigan, funksional imkoniyatlari kengaytirilgan yangi turdagi yarimo‘tkazgichli strukturalarni ishlab chiqish.
- quyosh energiyasini o‘zgartirish – quyosh energiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda termodinamik issiqlikka aylantirishning fizik asoslarini tadqiq etish hamda yuqori samarali geliotexnik qurilmalar konstruksiyalarini ishlab chiqish;
ZAMONAVIY HOLAT
Institutda olib borilgan fundamental tadqiqotlar natijasida:
Hosil bo‘lgan o‘ta zich va o‘ta issiq materiyaning xossalari hamda zarralarning ko‘plamchi generatsiyasi, yadrolarning fragmentatsiyasi jarayonlarini to‘qnashayotgan yadrolar energiyasi va massasiga hamda to‘qnashuv markaziyligiga bog‘liqligi mexanizmlarini aniqlash uchun yuqori va o‘ta yuqori energiyalar sohasida adronlar va yadrolarning yadrolar bilan to‘qnashuv jarayonlari tadqiq etilgan. Olingan natijalar, o‘zaro kuchli ta’sir nazariyasini rivojlantirishga hamda o‘ta zich va o‘ta issiq kvark-gluon materiyasi hossalarini o‘rganishga ulkan hissa qo‘shib materiya va planetalarning shakllanish jarayonini talqin qilishga yordam beradi. Nochiziqli fizika sohasida jaxonda tan olingan ilmiy maktab yaratilgan. Optik tolalarda yorug‘lik impulslari yordamida axborot uzatish va kvant kompyuterlarini yaratishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan, nochizikli yakka to‘lqin - solitonlar nazariyasi yaratildi va solitonlarning tarqalish qonuniyatlari aniqlandi. Samarali fotovoltaik effektga ega bo‘lgan yarimo‘tkazgich materiallarining yangi sinfi – epitaksal qattiq qorishma nazariy bashorat qilindi va tajribada olindi. Ta’qiqlangan zonasi o‘zgaruvchi yarimo‘tkazgich qattiq qorishmalarining yangi sinflarini sintez qilishning fizik va texnologik asoslari ishlab chiqildi.
Amaliy ilmiy-texnik loyihalarini bajarilishi natijasida:
Optoelektronikada qo‘llaniladigan, teksturlangan yuzali va radiatsiyaga bardoshli yupqa qatlamli plyonkalarni o‘stirish imkonini beradigan texnologiyalar yaratildi va ularni o‘stirish usullari ishlab chiqildi.
Yuqori samarali quyosh suv isitish kollektorlarining yangi avlodi va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini quritish qurilmasi yaratildi va ularni sanoat miqyosida ishlab chiqarish ARTEL va Oftob Nur kompaniyalari bilan birgalikda amalga oshirildi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha Toshkent davlat tex-nika universiteti buyurtmasiga asosan 4ta laboratoriya o‘lchov stendlari yaratildi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti buyurtmasiga asosan 20 m chuqurlikdan suv ko‘tarish uchun 170 Vt quvvatli fotoelektr qurilma yaratildi.
Navoiy davlat konchilik instituti buyurtmasiga asosan ko‘pkanalli qayd qiluvchi termometr va Navoiy konchilik instituti pechka bo‘limini avtonom yoritish tizimi yaratildi.
2017-2019-yillarda Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan fundamental va amliy tadqiqotlar natijasida 153ta ilmiy maqola (110tasi horijda), 10ta monografiya, 16 patent va 11ta dasturiy guvohnomalar olindi.
Institut tomonidan xalqaro “Geliotexnika” jurnali nashr etiladi. Ingliz tiliga tarjima qilinib, “Applied Solar Energy” nomi bilan chet ellarda ham tarqatiladi. “Applied Solar Energy” jurnali halqaro Scopus bazasiga kiritildi
YADRO FIZIKASI INSTITUTI, O‘zbekiston FA Yadro fizikasi instituti — yadro fizikasi, qattiq jismlar radiatsion fizikasi, materialshunoslik, aktivatsion tahlil, radiokimyo, ilmiy asbobsozlik, informatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy muassasa.
Akad. I. V. Kurchatov, U. O. Orifov va S. A. Azimovlarning tashabbusi bilan 1956 yil tashkil etilgan. 1957-yildan boshlab yadro reaktori, fizika lab. lari, gammanurlatgichlar, siklotron (U— 150—11), tajriba ustaxonasi qurila boshlandi. Quvvati 2000 kVt bo‘lgan VVRSM rusumli yadro reaktori 1959-yil sentabrda ishga tushirildi. 1960—64 yillarda fizika lab. lari, gammanurlatgichlar, siklotron ishlay boshladi, radiokimyo lab. lari majmui qurilib, radioaktiv izotoplar ishlab chiqarila boshlandi. 1980-yilda yadro reaktori rekonstruksiya qilinib, quvvati 10000 kVt ga yetkaziddi. In-tda radioaktiv izotoplar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Radiopreparat» va «Tezlatkich» sho‘ba korxonalari, konstruktorlik byurosiga ega bo‘lgan tajriba z-di, og‘ir ionlar fizikasi bo‘limi mavjud. In-tda 4 ta ilmiy bo‘lim, 17 ta ilmiy lab., 11 ta xizmat bo‘limlari, aspirantura, doktorantura va dissertatsiyalarni himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan 2 ta ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatadi. Olib borilayotgan tadqiqotlar (nazariya va eksperiment) quyidagi yo‘nalishlarni qamrab olgan. Yadro fizikasi — relyativistik yadro fizikasi, yuqori energiyalar fizikasi, yadro spektroskopiyasi, yadro va zarralarning moddalar bilan ta’siri, yadro nazariyasi, past energiyalarda yadroviy reaksiyalar, nisbiylik nazariyasi. Radiatsiyaviy qattiq jism fizikasi va materialshunoslik — metallar, konstruksion materiallar va yarimko‘tkazgichlar, dielektriklar, keramikalar, optik, kompozitsion va yuqori trali o‘ta o‘tkazgich materiallarning radiatsiya fizikasi, kristallar tuzilishi, radiatsiya texnologiyasi, kristallardagi nuqsonli holatlar nazariyasi va ularni matematik modellashtirish. Aktivatsion tahlil va radiokimyo — yadroviy analitika, tahlil uslubiyati, turli obyektlarning tahlili va texnologik jarayonlarning nazorati bo‘yicha yadrofizikaviy usullarni yaratish; materialshunoslik, tog‘kon sanoati, q. x., tibbiyot va ekologiyada yadroviy analitikaning amaliy jihatlari; turli radioizotoplar ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish. Ilmiy asbobsozlik — texnologik parametrlarni nazorat qiluvchi, radioaktiv va yadroviy materiallarni qayd etuvchi asboblar yaratish, shuningdek, suvning tozaligini nazorat qiluvchi, tozalovchi va zararsizlantiruvchi tizimlar barpo qilish; suv va havo havzalari ekosistemalarining holatini radiatsiyaviy nazorat qilish, modellashtirish va prognoz qilish usullarini yaratish. Informatsiya texnologiyalari — ilmiy bo‘linmalar, xizmat va yadrofizikaviy obyektlar uchun ilmiy informatsiontelekommunikatsiyalar tizimlari va dasturlarini yaratish.
Fundamental tadqiqotlardan olingan natijalar tibbiyotda, neftni qayta ishlash, tog‘konmetallurgiya ktlarida, q. x., ekologiya, farmatsevtika, zargarlik, elektrotexnika, materialshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha ishlayotgan respublika korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida qo‘llanilmoqda. In-t olimlarining ilmiy ishlari Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan: yuqori energiyalar fizikasi sohasida (S. A. Azimov va boshqalar); atom yadrosi fizikasi sohasida (R. B. Bekjonov va boshqalar); amaliy yadro fizikasi sohasida (P. Q. Habibullayev va boshqalar); atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi sohasida (B. S. Yo‘ldoshev va boshqalar); qattiq jismlar fizikasi sohasida (M. S. Yunusov va boshqalar). in-t fundamental va amaliy faoliyatida ko‘pgina chet el tadqiqot markazlari bilan faol hamkorlik qilmoqda. Bu markazlar jumlasiga Yevropa yadro tadqiqot markazi (Jeneva, Shveytsariya), Fermi nomidagi tezlatgichlar ilmiy lab. (Bataviya, Illinoys, AQSH), o‘ta o‘tkazuvchi superkollayderi lab. (Dallas, Texas, AQSH), «Triumf» tezlatkich markazi (Kanada), Argon va Sandiya ilmiy lab. (AQSH), Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti (Dubna, Rossiya) va AQSH, Germaniya, Rossiya, Fransiya, Shvetsiya, Italiya, Belgiya, Yaponiya, Polsha, Chexiya, Koreya va boshqalar mamlakatlarning tadqiqot markazlari va untlari kiradi. Yadro xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik bilan faol hamkorlik qilinmoqda. in-t faoliyati U. O. Orifov, S. A. Azimov, S. V. Starodubsev, U. G‘. G‘ulomov, P. Q. Habibullayev, R. B. Bekjonov, M. S. Yunusov, B. S. Yo‘ldoshev va boshqalar olimlar nomi bilan bog‘liq


Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish