«TASDIQLAYMAN»
10-umumiy o’rta ta’lim
maktabi direktori
_______I.Jo’rayev
Aniq fanlar metod birlashmasining 2020–2021 o’quv yili uchun tuzilgan
I S H R E J A S I
T/r
|
Masalalar
|
Muddat
|
Masalalarni tayyorlaydi
|
1
|
Metod birlashma 2019-2020 o’quv yilida amalga oshirgan ishlari va yangi 2020–2021 o’quv yilidagi vazifalar
|
Avgust
|
M.Mamajonov
|
2
|
Fan o’qituvchilarining taqvim–mavzu rejalari, o’zgartirilgan va yangilangan darsliklar muhokamasi
|
O’qituvchilar
|
3
|
Fan kabinetlarini DTS talabi asosida jixozlanishi va fan o’qituvchilarining dars soatlari ham ish yuklamalari haqida
|
M.Mamajonov
|
4
|
“Xalqaro baholash tizimi” PISA dasturi bo’yicha ma’ruza materiallari
|
O’qituvchilar
|
1
|
Bilimlar bellashuvini va 9-11 sinflarda olimpiadani maktab bosqichini o’tkazishga tayyorgarliklar ko’rish, tanlab olingan o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlash.
|
Oktyabr
|
M.Mamajonov
|
2
|
Ustoz –shogird maktabining ustoz o’qituvchilarining taqdimotlari. Yosh mutaxasislar bilan olib borilayotgan ishlar haqida hisobot.
|
O’qituvchilar
|
3
|
Ta’limga oid qonunlar: Kompetensiya, Darsliklar, Metodik qo’llanmalar haqida ma’ruzalar
|
O’qituvchilar
|
4
|
Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini o’rganish
|
O’qituvchilar
|
5
|
O’quvchilarni bilim samaradorligi monitoring haqida
|
O’qituvchilar
|
1
|
Bilimlar bellashuvini va 9-sinf olimpiadasini maktab bosqichini yakuniy natijalari tahlili va bo’shliqlar bo’yicha ishlash vazifalari.
|
Dekabr
|
M.Mamajonov
|
2
|
Dars tahlillari va o’qituvchilarga berilgan yordam. Ochiq dars tahlili
|
M.Mamajonov
|
3
|
Oraliq va yakuniy nazorat o’tkazish uchun materiallarni tayyorlash, uni natijalari
|
O’qituvchilar
|
4
|
Sinf jurnalini yuritilishi va qo’yilgan ballarni tartibi.
|
O’qituvchilar
|
5
|
Ta’limga oid yangiliklar: Aniq fanlarni o’qitishda kompetensiyaviy ta’limning ahamiyati.
|
O’qituvchilar
|
1
|
Ikkinchi chorak yakunlari va uchinchi chorakdagi vazifalar.
|
Yanvar
|
M.Mamajonov
|
2
|
Fanga doir qo’shimcha darslarni tashkil qilinishi va o’tkazilishi
|
M.Mamajonov
|
3
|
Malaka oshirish kursida taxsil olib qaytgan pedagoglarning xisobotlari va kelajakdagi rejalari
|
O’qituvchilar
|
4
|
Yosh mutaxasislarning darslarini tahlil qilish hamda metodik ko’mak berish
|
M.Mamajonov
|
5
|
Fan oyligiga tayyorgarlik ko’rish: Ochilishi, ochiq darslar hamda turli xil bellashuvlarni tashkil qilish
|
O’qituvchilar
|
1
|
Uchinchi chorak yakunlari va to’rtinchi chorakdagi vazifalar.
|
Mart
|
M.Mamajonov
|
2
|
Oraliq va yakuniy nazorat o’tkazish uchun tayyorlangan materiallar, uni muhokamasi va o’tkazilish natijalari
|
M.Mamajonov
|
3
|
Sinf jurnalini yuritilishi va qo’yilgan ballarning tartibi va hamda to’g’riligi.
|
O’qituvchilar
|
4
|
Ta’limga oid yangiliklar bilan tanishtirish
Kompetensiyaga asoslangan namunali dars ishlanmalari yaratish
|
O’qituvchilar
|
1
|
Bilimlar bellashuvi va 9-sinflarda olimpiadani viloyat, Respublika bosqichi natijalari tahlili
|
May
|
M.Mamajonov
|
2
|
Yakuniy attestatsiyalarga tayyorgarlik
|
O’qituvchilar
|
3
|
Ta’limga oid yangiliklar bilan tanishtirish
|
O’qituvchilar
|
1
|
O’quv yili yakuni va yangi o’quv yiliga tayyorgarlik. O’quvchilarning reytingini belgilash va ulardagi kamchiliklarni bartaraf etishga oid ko’rsatmalar berish
|
Iyun
|
M.Mamajonov
|
2
|
Ta’limga oid yangiliklar bilan tanishtirish
|
O’qituvchilar
|
3
|
2020-2021 o’quv yilida erishilgan yutuqlar va to’garaklar faoliyatini 5 tashabbus asosida tashkillash
|
|
Aniq fanlar metodbirlashmasi rahbari : M.Mamajonov
Oltiariq tuman xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi
10 -umumiy o’rta ta’lim maktabi aniq fanlar uslub birlashmasining
navbatdagi yig’ilish bayonnomasi.
№ -1
28.08.2020 yil Bo’rbonliq QFY
Qatnashchilar:
Metod birlashma rahbari: M.Mamajonov
Kotib: I.Hikmatov
A’zolar:
Informatika fani o’qituvchilari: P.Tillaboyev ,S.Rustamov
Matematika fani o’qituvchilari: S.Nishonov, M.Olimov
Matematika fani o’qituvchilari: F.Mastonova
Kun tartibi:
1. Metod birlashma 2019-2020 o’quv yilida amalga oshirgan ishlari va yangi 2020–2021 o’quv yilidagi vazifalar (M.Mamajonov)
2. Fan o’qituvchilarining taqvim–mavzu rejalari, o’zgartirilgan va yangilangan darsliklar muhokamasi (o’qituvchilar)
3. Fan kabinetlarini DTS talabi asosida jixozlanishi va o’quvchilarning kitob bilan ta’minlanishi (M.Mamajonov)
4. “Xalqaro baholash tizimi” PISA dasturi bo’yicha ma’ruza materiallari (o’qituvchilar)
Eshitidi:
Birinchi masala yuzasidan maktab metodbirlashma raisi M.Mamajonov so’zga chiqdi. U o’z so’zida 2019-2020 o’quv yilida bajarilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi. ”Fan olimpiadalari” va “Bilimlar bellashuvi”da o’quvchilarimiz yuqori ko’rsatkichlarga erishishdi. Yangi o’quv yilida viloyat va Respublika bosqichlarga erishish uchun o’quvchilar bilan to’garak mashg’ulotlarda reja asosida ko’proq sifatli, samarali mashg’ulotlar o’tkazish zarurligini ta’kidlab o’tdi.
Muzokaraga informatika fani o’qituvchisi S.Rustamov va Matematika fani o’qituvchisi I.Hikmatovlar yuqoridagi fikrlarni ma’qulladilar.
Ikkinchi masala yuzasidan Matematika fani o’qituvchisi S.Nishonov so’zga chiqdi. U o’z so’zida taqvimiy mavzu rejalarda,murakkab mavzularda optimallashtirib 2 soat o’tish mumkinligini aytdi. Muzokaraga chiqqan F.Mastonova ham taqvimiy rejada haftasiga 2 soatdan o’tish zarurligini aytdi.
Uchinchi masala yuzasidan metodbirlashma rahbari M.Mamajonov so’zga chiqdi. U o’z so’zida bugungi metodbirlashma yig’ilishida to’garak raxbarlarini saylashimiz zarurligini aytdi. Fan kabinetlariga o’qituvchilarni biriktirish rejasini aytib o’tdi.
Muzokaraga Matematika fani o’qituvchisi I.Hikmatov so’zga chiqdi. U o’z so’zida “Yosh matematiklar” to’garagining rahbarligining amalga oshirishini aytdi. Informatika fanidan M.Mamajonov 5-11 sinflarda “Yosh dasturchilar” to’garagiga rahbarlik qiladi. To’garak mashg’ulotlari jarayonida o’quvchilarni informatika faniga qiziqishini oshirishini aytdi. Matematika fani o’qituvchisi F.Mastonova “Yosh matematiklar” to’garagini tashkil etib, Matematika faniga hissa qo’shgan olimlar haqida ma’lumot berishini aytdi.
Informatika xonasiga M.Mamajonov va S.Rustamov,P.Tillaboyev va matematika fan xonasiga I.Hikmatov,F.Mastonova ,S.Nishonovlar mas’ul etib tayinlandi.
Informatika fani o’qituvchisi S.Rustamov so’zga chiqdi. U o’z sozida 2020-2021-o’quv yilida fan xonalari DTS talablari asosida jihozlanishi zarurligini aytdi. Metodbirlashma raisi M.Mamajonov o’qituvchilarning ish yuklamalari haqida quyidagilarni gapirdi.
1. Matematika fani o’qituvchisi I.Hikmatovning haftalik dars soati ___ soatni, tashkil etadi.
2. Matematika fani o’qituvchisi S.Nishonovning haftalik dars soati __ soat ish yuklamasi tashkil etadi.
3. Matematika fani o’qituvchisi F.Mastonovaning haftalik dars soati ___ soat tashkil etadi.
4. Matematika fani o’qituvchisi M.Olimovning haftalik dars soati ___ soat tashkil qiladi.
5. Informatika fani o’qituvchisi M.Mamajonovning haftalik dars soati ___soat tashkil qiladi.
6. Informatika fani o’qituvchisi S.Rustamovning haftalik dars soati ___ soat tashkil qiladi.
7. Informatika fani o’qituvchisi P.Tillaboyevning haftalik dars soati ___soat tashkil qiladi.
Muzokaraga Matematika fani o’qituvchisi M.Olimov so’zga chiqdi. U o’z so’zida ish yuklamalarimizda pedagogik soatlarda dars tahlillari, sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar, iqtidorli va bo’sh o’zlashtiruvchilar bilan yakka tartibda mashg’ulotlar o’tkazishimiz zarurligini aytdi.
To’rtinchi masala yuzasidan aniq fanlar metod birlashma a’zosi P.Tillaboyev so’zga chiqdi. U o’z so’zida 2018 yil 8 dekabr 997-sonli “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora tadbirlari to’g’risida” aytib o’tdi.
quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni (keyingi o’rinlarda xalqaro tadqiqotlar deb ataladi) tashkil etish:
Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) — boshlang’ich 4-sinf o’quvchilarining matnni o’qish va tushunish darajasini baholash uchun;
Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) — 4 va 8-sinf o’quvchilarining matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan o’zlashtirish darajasini baholash uchun;
The Programme for International Student Assessment (PISA) — 15 yoshli o’quvchilarning o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun;
The Teaching and Learning International Survey (TALIS) — rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’qitish va ta’lim olish muhitini hamda o’qituvchilarning ish sharoitlarini o’rganish uchun;
Yig’ilish qaror qiladi:
1. Matematika fanlar metodbirlashmasida 2019-2020-o’quv yilida amalga oshirilgan ishlar “qoniqarli” deb topilsin.
2. O’tgan o’quv yilida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilsin.
3. Aniq fanlar metodbirlashmasi fan o’qituvchilarining taqvim-mavzu rejalari o’rganib chiqilsin.
4. Metodbirlashma a’zolarining taqvim-mavzu rejlarini tasdiqlanishi shahar XTB dan so’ralsin.
5. Har bir to’garak rahbari reja asosida sifatli faoliyat yuritsin.
6. Fan xonalari mudirlari tomonidan xonalar DTS talablari asosida jihozlansin.
7. Fan xonalari va labaratoriya jihozlari saqlanishi kabinet mudirlari hamda laborantlar zimmasiga yuklatilsin.
8. Aniq fanlar fanlar metodbirlashmasida faoliyat olib borayotgan o’qituvchilarning ish yuklamalari dars soatidan kelib chiqib tasdiqlansin.
9. PISA xalqaro baholash tizimini o’rganib chiqilsin va unda ishtirok etish uchun tayyorgarlik ishlari kuchaytirilsin.
10. Yuqoridagilarni nazorat etish uslub birlashma rahbari M.Mamajonov zimmasiga yuklatilsin.
Metodbirlashma raisi: M.Mamajonov
Kotib: I.Hikmatov
Oltiariq tuman xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi
10 -umumiy o’rta ta’lim maktabi aniq fanlar uslub birlashmasining
navbatdagi yig’ilish bayonnomasi.
№-2
03.11.2020 Bo’rbonliq QFY
Qatnashchilar:
Metod birlashma rahbari: M.Mamajonov
Kotiba: I.Hikmatov
A’zolar:
Matematika fani o’qituvchisi: S.Nishonov
Matematika fani o’qituvchis: M.Olimov
Informatika fani o’qituvchisi: S.Rustamov
Kun tartibi:
1. 9-10-sinflarda “ Fan olimpiadasini” maktab bosqichini o’tkazishga tayyorgarlik.
2. Ustoz-shogird maktabining ustoz o’qituvchilarini taqdimodlari.
3. Yosh mutaxassislar bilan olib borilayotgan ishlar haqida hisobot.
4. Dars jarayonida axborot va pedagogic texnologiyalardan foydalanish.
5. Ta’limga oid yangiliklar bilan tanishish.
Eshitildi:
1-masala yuzasidan metodbirlashma raisi M.Mamajonov so’zga chiqdi. U o’z so’zida maktabda “Fan olimpiadalari”ni o’tkazishga tayyorlanishimiz zarurligini aytdi. Buning uchun har bir fan o'qituvchisi iqtidorli o’quvchilarni tanlab muntazam shug’ullanish zarurligini aytdi.
Munozaraga Matematika fani o’qituvchisi S.Nishonov so’zga chiqib yuqoridagilarni ma’qullab 2020-2021 o’quv yilida ham aniq fanlar metodbirlashmasi o’quvchilar bilan fan to’garaklar hamda qo’shimcha mashg’ulotlarda reja asosida shug’ullanayotganliklarini aytdilar.
2-masala yuzasidan o’qituvchi I.Hikmatov so’zga chiqdi. U o’z so’zida 2020-2021 o’quv yili uchun taqvimiy mavzu rejasini, fan xonalarini DTS talabi asosida jixozlanishiga ko’maklashildi. Amaliy mashg’ulotlarni bajarish tartibi, masalalar yechish qoidalari ma’lumot beriladi.
3-masala yuzasidan metodbirlashma raisi M.Mamajonov so’zga chiqdi. U o’z so’zida yosh mutaxassislar bilan ustoz-shogird tizimi bo’yicha ishlarni amalga oshirayotganligi haqida hisobot berdi. Uning fikricha I.Hikmatov Matematika fani o’qituvchisi F.Mastonovaga murabbiy-ustoz qilib belgilangan. Metodik kunlarida amaliy mashg’ulotlarini o’tkazish hamda turli masalalarni yechishda ko’maklashilmoqda.
Munozaraga matematika fani o’qituvchisi S.Nishonov chiqib , haqiqatdan ham ishga yangi kirgan mutaxassislar darslari tahlil qilinib yangi pedagogik texnologiyalarda, foydalanish kerakligini o’rgatayotganliklarini aytdilar.
4-masala yuzasidan aniq fanlar metodbirlashma a’zosi S.Rustamov so’zga chiqdi. U o’z so’zida bugungi metodbirlashma yig’ilishida “Dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish mavzusida ma’ruza tayyorlaganligini aytdi .
Yig’ilish qaror qiladi:
1. 9-10 siflarda “Fanlar olimpiadasiga” o‘quvchilarni tayyorlash ishlari kuchaytirilsin.
2. 2019-2020 o’quv yilida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilsin.
3. “Fanlar olimpiadasini” maktab bosqichini o’tkazish uchun chora-tadbirlar rejalari tuzilsin.
4. Matematika fanidan ustoz I.Hikmatov, Matematika fani o’qituvchisi F.Mastonovaga shogird deb biriktirilsin.
5. Ustoz M.Mamajonov shogird P.Tillaboyev bilan reja asosida ishlarni amalga oshirilsin.
6. Ishga yangi qabul qilingan bmutaxasisilar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan aniq fanlar metodbirlashma rahbari M.Mamajonovning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
7. Yosh mutaxassislar ustoz-shogird tizimi asosida ish olib borishi ta’kidlansin.
8. Dars jarayonida axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish mavzusida o’qilgan ma’ruza “qoniqarli” deb topilsin.
9. Xar bir pedagok dars jarayonida zamonaviy interfaol metodlardan foydalanishi zarurligi ta’kidlansin.
10. Yuqoridagilarni nazorat etish uslub birlashma raisi M.Mamajonov zimmasiga yuklatilsin.
Uslub birlashma raisi: M.Mamajonov
Kotib: I.Hikmatov
Oltiariq tuman xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi
10 -umumiy o’rta ta’lim maktabi aniq fanlar uslub birlashmasining
navbatdagi yig’ilish bayonnomasi.
№-3
04.01.2021 Bo’rbonliq QFY
Kun tartibidagi masalalar .
1
2
3.
|
Ikkinchi chorak yakuni.Dars tahlillari va o’quvchilarga berilgan metodik yordamlar to’g’risida
An’anaviy ta’lim va zamonaviy pedagogik texnalogiyalarga asoslangan ta’lim jarayoni tahlili
Barcha -sinflarda ichki monitoring test natijalari haqida
|
1-masala yuzasidan Metod birlashma rahbari M.Mamajonov so’zga chiqib dars tahlillari va o’quvchilarga berilgan metodik yordamlar to’g’risida
nutq so’zladi. Sinflarda o’zlashtirish darajasi haqida , keldi –ketdi o’quvchilar , davomat, forma darslarning o’z vaqtida o’tilishi borasida yutuq va kamchiliklarni aytib o’qituvchilarni birma bir tahlil qildi.
2-masala yuzasidan matematika fani o’qituvchisi S.Nishonov so’zga chiqib An’anaviy ta’lim va zamonaviy pedagogik texnalogiyalarga asoslangan ta’lim jarayoni haqida ma’ruza o’qidi.
3-masala yuzasidan Metod birlashma rahbari M.Mamajonov so’zga chiqib ichki monitoring test natijalari haqida hisobotni yig’ilish ishtirokchilariga e’lon qildi va bu masala bo’yicha muzokara bo’lib o’tdi. Muzokarada informatika fani o’qituvchisi S.Rustamovning so’zi tinglandi va qaror qabul qilindi.
Ko’rilgan masalalar yuzasidan yig’ilish qaror qiladi.
Yig’ilish qaror qiladi:
1 Dars tahlillari va o’quvchilarga berilgan metodik yordamlar ustoz o’qituvchilar zimmasiga yuklatilsin.
2. II chorak davomida yo’l qo’yilgan kamchiliklar bartaraf etilsin.
2. S.Nishonovning An’anaviy ta’lim va zamonaviy pedagogik texnalogiyalarga asoslangan ta’lim jarayoni haqida ma’ruzasi yaxshi deb baholansin.
3. Barcha sinflarda ichki monitoring test natijalari yaxshi deb baholansin.
Uslub birlashma raisi: M.Mamajonov
Kotib: I.Hikmatov