6. “HTML”ga to‘g‘ridan to‘g‘ri uslub berish
1-savol
Ushbu video lavhada, Karl "HTML" elementlariga uslub berishning 2 ta yo‘lini ko‘rsatib o‘tdi.
Birinchi yo‘l, "HTML" elementiga uslub berishning to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘li bo‘lib, bunda style atributidan foydalaniladi.
Ikkinchi yo‘l esa, style elementi ichida qoidalar to‘plamini yozgan holda ishlatishdan iboratdir.
Bularning qaysilari qaysi biriga mos keladi?
Aytgancha, uslublar style atribyutini ishlatgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri "HTML" elementlarga qo‘llanilganda, ular ichki uslublar(inline styles) deb nomlanadi. Bu yerda ma’no shundaki, qo‘llaniladigan uslub "HTML" elementi bilan bir qatorda yoziladi. (Farqli o‘laroq, style elementi bilan uslublarni qo‘llasak, u holda ular alohida ishlatiladi, ya’ni bir qatorda emas.)
Quyidagi ish maydonidagi "HTML" 3 ta matnli paragrafga ega. Har bir elementning rangini har xil qilish uchun style atribyutini (ichki uslub) qo‘shing.
Do'stlaringiz bilan baham: |