Anguage and literature



Download 7,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/65
Sana05.05.2023
Hajmi7,94 Mb.
#935118
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   65
Bog'liq
uzb-2019 3-son

Xurshid MAMATQULOV, 
O‘zbekiston jahon tillari universiteti ilmiy 
xodim-izlanuvchisi 
PEDAGOGLARNING XORIJIY TILLAR BO‘YICHA KASBIY KOMPETENTLIGINI 
AXBOROT-METODIK TA’MINOT ASOSIDA RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Annotatsiya. 
Maqolada xorijiy til 
o‘qituvchisining kasbiy kompetentligi
-
ni­ oshirishda­ axborot-kommunikatsiya­
texnologiyalarining ahamiyati va ax
-
borot-ta’lim­muhitini­yaratish­shart-sha-
roitlari yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
innovatsiya, inter
-
net-resurs,­ kasbiy­ kompetentlik,­ kom-
munikatsiya, masofaviy ta’lim, motivat
-
siya. 
Аннотация.
В­статье­освеще-
на­ роль­ и­ значение­ информацион-
но-коммуникационных­ технологий­
в­ повышении­ уровня­ профессио-
нальной­ компетентности­ учите-
ля­иностранных­языков­и­условия­
создания­ информационно-образо-
вательной­среды.
Ключевые слова: 
инновация,­
Интернет-ресурс,­
профессио-
нальная­компетентность,­комму-
никация,­дистанционное­обучение,­
мотивация.
Annotatsiya: 
The article reveals 
the role and importance of information 
communication technologies in im
-
proving the level of professional com
-
petence of foreign language teachers 
and conditions of creating information 
and educational environment
Key words:
innovation, Internet, 
resource, professional, competence, 
communication, distance education, 
motivation.
Ma’lumki, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim 
muassasalari tinglovchilarining kasbiy kompetentli-
gini hozirgi zamon talablari darajasida rivojlantirish, 
zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya tex-
nologiyalaridan unumli foydalangan holda ularda zaru-
riy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish muhim 
vazifalardan biridir. Ushbu jarayonda axborot-metodik 
ta’minotni ishlab chiqish muammolariga doir tadqiqot-
ga murojaat etish, uzluksiz ta’lim tizimi sharoitida ped-
agoglar kasbiy kompetentligini oshirishning yangicha 
yo‘llarini izlab topish, shuningdek, pedagoglarga uslubiy 
yordam ko‘rsatish yo‘lida axborot-kommunikatsiya tex-
nologiyalari rolining o‘sib borayotganligi muhim ahami-
yatga ega. Hozirgi vaqtda o‘qitishning zamonaviy texnik 
vositalari (kompyuterlar, multimediali o‘qitish dasturlari, 
Internet-resurslar)ning ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi 
ta’lim samaradorligini oshirishga hamda uni yangi sifat 
darajasiga olib chiqishga imkoniyat yaratmoqda. 
Darhaqiqat, zamonaviy ta’lim tizimi talablari asosida 
pedagoglar faoliyatini tashkil etish shakl va metodlarini 
takomillashtirishda axborot-kommunikatsiya texnologi-
yalari imkoniyatlaridan foydalanish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Shuning barobarida ta’lim muassasalarining 
yangi zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlanishi va 
ta’lim tizimining axborotlashtirilishi pedagogik kadrlarni 
tayyorlash hamda ularning mazkur texnik vositalardan 
foydalangan holda kasbiy kompetentligini oshirishga 
ham alohida yondashishni talab etadi. Shu bois bugun-
gi kunda jamiyat uchun yuqori kasbiy kompetentlikka 
ega hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
bo‘yicha kompetentlik darajasi yuqori bo‘lgan mutaxas-
sis-pedagog kadrlarni tayyorlash juda zarur. 
Bugun Internet tarmog‘i orqali pedagoglar mam-
lakatimiz va chet el ta’lim tizimiga doir har xil ma’lu-
motlar, masofaviy kurslar, kasbiy muloqot, tajriba al-
mashish, ayniqsa, ularning xorijiy tillar bo‘yicha kasbiy 
kompetentligini oshirish faoliyati jarayoni bilan bog‘liq 
ma’lumotlarni olish hamda ular ustida ishlash imkoni-
yatiga ega. Lekin ko‘pchilik pedagoglar kerakli ma’lumo
-
tlarni qanday, qaysi yo‘l bilan topish va Internet resurs-
laridan kasbiy faoliyatida foydalanish usullari bo‘yicha 
yetarli ko‘nikmalarga ega emas. Shuning uchun, Inter-
net tarmoqlaridan foydalangan holda tashkil etiladigan 
mashg‘ulotlar ba’zi hollarda tarqoq va tizimlashtirilma-
gan xarakterga ega bo‘ladi. Pedagoglarning xorijiy tillar 
bo‘yicha o‘z kasbiy kompetentligini oshirish borasidagi 
faoliyatlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalar-
idan foydalanish hali yetarli darajada tashkil etilma-
gan. Shuningdek, pedagoglarning xorijiy tillar bo‘yicha 
kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ax-
borot-metodik tizim yetarli darajada shakllanmagan va 
ilmiy-metodik jihatdan asoslanmagan. Uzluksiz ta’lim 
tizimidagi bu zaruriyat takomillashtirilsa va ilmiy-meto-
dik jihatdan asoslansa ayni muddao bo‘lardi. Bundan 
tashqari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining 
jadal sur’atlar bilan rivojlanishiga qaramay, pedagog 
kadrlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish-
da yangi metodlarni qo‘llash yetarli tashkil etilmagan. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida 
mutaxassisligi bo‘yicha xorijiy tillarda bemalol muloqot 
qila oladigan, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni olib 
boradigan peda gog kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ortib bor-
moqda. 


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
35
навбатчи
Tadqiqotlar
Boshlang‘ich darajaga ega bo‘lish bosqichi
O‘rtacha darajaga ega bo‘lish bosqichi
O‘rtachadan yuqori darajaga ega bo‘lish bosqichi
Yuqori darajaga ega bo‘lish bosqichi
Eng yuqori darajaga ega bo‘lish bosqichi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Internet 
va o‘qi tishning axborot-metodik tizimini ta’lim tizimida 
qo‘llash pedagoglarning mustaqil bilim va malakasini 
uzluksiz ravish da oshirishga imkon beradi. Pedagoglar-
ni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda 
mavjud ehtiyojlarni inobatga olsak, zamonaviy ax-
borot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish 
bugunning dolzarb vazifalaridan ekanligi o‘z tasdig‘ini 
topadi.
Bundan kelib chiqqan holda, pedagog kadrlarni qay-
ta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida 
axborot-metodik ta’minot orqali mustaqil ta’lim berish 
jarayonlari 5 bosqichdan iborat bo‘lishi taklif etiladi. 
Pedagoglar kasbiy kompetentligini rivojlantirishda
 
mustaqil ta’limni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. 
Ushbu jarayonni axborot-metodik ta’minot resursla-
ridan foydalangan holda amalga oshirish o‘qitishning 
yangi shakllaridan hisoblanadi.
Pedagoglar kasbiy kompetentligini rivojlantirish 
mustaqil ta’limning yangi shakl va metodlari, vositalari, 
pedagog hamda tinglovchi o‘rtasidagi o‘zaro muloqot-
ni shakllantiradi. Mustaqil ta’limning bunday o‘ziga xos 
shakli oliy ta’lim muassasasining mutaxassisligi chet 
tillar bo‘lmagan pedagoglarini xorijiy tillar bo‘yicha kom-
petentligini oshirishga xizmat qiladi.
Axborot-metodik ta’minot asosini tashkil etgan 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
ta’lim resurslari, bilimlarni uzatish va tinglovchilarni turli 
xil o‘quv materiallari bilan ta’minlash bo‘yicha o‘qitishning 
an’anaviy usullaridan ustunlik qilishi bilan farqlanadi.
Ta’lim resurslaridagi mavjud materiallar, multimedi-
ali gipermatn, Internet yordamida global tarmoq orqali 
cheklanmagan axborot va ma’lumotlardan foydalanish 
tinglovchilarni o‘zaro faol muloqot jarayoniga jalb qilib-
gina qolmay, pedagogik jarayonlarni samarali tashkil 
etish imkoniyati bilan ahamiyatga ega. Taklif etilayotgan 
axborot-metodik ta’minot tizimi pedagog kadrlarni qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda ta’lim 
muassasalarini xorijiy tillar bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik-
ka ega bo‘lgan kadrlar bilan ta’minlashda ijobiy natijalar 
berishi mumkin.
Shu nuqtayi nazardan, ta’lim resurslari va ax-
borot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’limda 
qo‘llanilishi pedagoglar kasbiy malakasini oshirish-
da qulay vositalardan hisoblanib, mutaxassisligi chet 
til bo‘lmagan pedagog kadrlarning zamonaviy ax-
borot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida xorijiy 
til bo‘yicha kasbiy kompetentligini oshirishga xizmat 
qiladi. Bu xildagi ta’lim resurslarining pedagoglar to-
monidan qo‘llanilayotgani ta’limning samaradorligini 
oshirish hamda uning jadal rivojlanishida muhim bo‘lib, 
pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning mala-
kasini oshirish tizimini tashkiliy-metodik jihatdan lozim 
darajada ta’minlaydi.
Axborot-metodik ta’minotning mavjud imkoniyat-
lari malaka oshirish tizimini metodik va texnik jihatdan 
ta’minlash imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Talab 
darajasida tayyorlangan materiallar asosida tashkil eti-
ladigan sifatli videomuloqot, videoseminar va videoan-
jumanlar eng ishonchli vositalar sifatida ta’lim jarayonini 
boshqarishda ijobiy natija beradi. 
Axborot-metodik ta’minot orqali pedagoglar mus-
taqil ta’limini tashkil etish quyidagi metodlarga asosla-
nadi: tinglovchilarni axborot-metodik ta’minot resurslari 
va vositalari asosida o‘qitish; mustaqil ta’lim olish; ta’lim 
jarayonida pedagog va tinglovchilarning o‘zaro faol mu-
loqotini tashkil etish.
Birinchi usulda multimedia vositalari yordamida 
nashr, audio-videomateriallarga asoslangan ta’lim re-
surslari; interfaol ma’lumotlar to‘plami; elektron jurnal-
lar; o‘rgatuvchi kompyuter dasturiy mahsulotlari (elek-
tron darslik, qo‘llanma, uslubiy majmualar) yaratiladi va 
tinglovchilarga taqdim etiladi.
Ma’lumotlarning interfaol bazasi axborot-kommu-
nikatsiya texnologiyalari orqali o‘zlashtirish mumkin 
bo‘lgan tizimlashtirilgan bilimlar majmuasidir. Ular 
asosida yaratilgan resurslar yordamida tinglovchi va 
pedagoglar zaruriy materiallar bilan ta’minlab turiladi. 
Muntazam yangilanib boriladigan elektron jurnal va 
gazeta sahifalari davriy nashrlar bo‘lib, tinglovchilarga 
axborot-metodik ta’minot bazasi orqali yetkazib berila-
di. 

Download 7,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish