Anguage and literature



Download 7,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/65
Sana05.05.2023
Hajmi7,94 Mb.
#935118
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
uzb-2019 3-son

SABABBOY
deb bejiz qo‘ymagan ekan-da. Har 
bir voqelikka “nima sababdan?”, “nima uchun?” deb savol 
bergani-bergan, og‘a-inilaridan javob tergani-tergan ekan.
Sababboy xon qo‘lida sarbozlik qilarkan. Uyga qaytganda 
enasi doim unga:
– Tinchlik tufayli yurt obod, bolam, sarbozlar bor ekan, tin-
chimizni hech kim buza olmaydi, – derkan. 
Xon ham yaxshi ishlagani uchun doimo Sababboyni mu-
kofotlarkan. 
Kenja botir – har oilada erka botir. Momoning kenja o‘g‘li, 
yigitlarning guli – Maqsadboyning niyatlari ulug‘ ekan. U mu-
dom vaziri a’zam bo‘lishni maqsad qilib yasharkan. Maqsad-
boy “nima uchun?”, “nima qilgani?”, “nima maqsadda?” kabi 
savollarni o‘ziga berib borarkan. Og‘alarining unga qilgan tan-
qidlariga qarab:
– Yurtni yuksaltirish uchun bor ilmimni ayamayman, – der 
ekan. 
Uning bu gaplariga O‘rinboy polvon bir so‘z aytib turarkan:
– Sen buning uchun jo‘nalish kelishigi naslidagi otlar bi-
lan shug‘ullan, ana shunda maqsad ravishdoshlari, ot yoki fe’l 
vazirlari kabi xonning uchun, maqsadida, maqsadi bilan kabi 
unvonlar bilan taqdirlanasan, – der ekan.
Eh bolalar! Neki bo‘lsa-da, Hol momoning alp o‘g‘lonlari 
ro‘zg‘orni but qilib, haqiqiy mard bo‘lib, yurtini tinch va obod 
qilib yashashni niyat qilgan ekan, enasini rozi qilib, baxtli ha-
yot kechirishlarini bilgan ekan.


Chet tilni o‘rgatish va 
o‘rganishda leksik, grammatik 
va fonetik sathlar bilan birga
o‘rganilayotgan tilda qabul qi-
lingan stereotiplarni ham bilish 
talab etiladi. Chet tilni o‘qitish 
metodikasida turli madani-
yatlarning o‘zaro munosabatini 
o‘rganish XX asrning 80-yillari-
da vujudga keldi. Bu masalani 
nemiszabon mamlakatlar olim-
lari ham tadqiq eta boshladi. 
Jumladan, muhojirlarga chet 
tilni o‘rgatishga oid tadqiqotlar 
(Bade 1992), madaniyatlara-
ro pedagogika (Auernheimer 
1990, Dimension Borelle/Hoff 
1987), xorij safariga tayyorgarlik ko‘ruvchilarni o‘qitishga oid seminarlar orqali (Müller 1990, 89) maxsus 
o‘rganila boshlandi. 
Shuningdek, Germaniyada ham madaniyatlararo muloqot yondashuvi chet til mashg‘ulotlarida (XX asr ning 
80-yillari oxiri – 90-yillar boshlarida) nemis olimlari Noyner va Hunfeld (Sprachbrücke 1989, Sichtwechsel 
1994) tomonidan qo‘llanila boshlangan va ular yaratgan darsliklar, asosan, maktabning yuqori sinf o‘quvchilari 
uchun mo‘ljallangan edi. 
Hozirgi kunda madaniyatlararo ta’lim madaniy bag‘rikenglik sifatida etnotsentrizm va irqchilikni bartaraf etu-
vchi tarbiya vazifasini ham o‘tamoqda. Bu masala hozirgi globallashuv davrida asosiy muammolardan biriga 
aylandi. 
Bir yuz o‘ttizdan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiluvchi mamlakatimiz uchun bu masala muhim ahami-
yatga ega. Ta’lim oluvchilarning ko‘p madaniyatli va ko‘p tilli muhitga moslashishini saqlash xuddi lingvistik 
idrok etish, ijtimoiy va kommunikativ kompetensiyani kengaytirishdek pedagogik maqsad hisoblanadi. Maq-
sadimiz biror xorijiy tilni o‘rganishda o‘sha mamlakatga oid lingvomadaniy xususiyatlar bilan ham tanishish 
ta’lim oluvchilarning kelgusida chet ellik hamsuhbati bilan muloqot jarayonida duch kelinishi mumkin bo‘lgan 
muammolarni bartaraf etishini ta’minlashdir. Misol uchun, nemis xalqida “uy sharoiting va sayohat uchun 
istagancha pul sarf qilishing mumkin, lekin taom yoki kiyim-kechak uchun emas”, – degan naql bor. Bu 
aqida mazkur xalqda ma’naviy qadriyatlar birinchi navbatda ekanligini, moddiy tushunchalar esa ikkilamchi 
o‘rindaligidan dalolat beradi. Shuningdek, nemis xalqi o‘z kasbi, mutaxas sisligini to‘liq egallashga bo‘lgan mu-
nosabatini quyidagi fikrda kuzatish mumkin: “Odatda nemislar pul topish uchun ishlashadi, lekin yaponlar ish
-
lash uchun ishlashadi. Ish va kasb ko‘pgina yaponlar uchun asosiy hayot manbayi hisoblanadi”. Darhaqiqat, 
nemislarda birinchi navbatda ish, muvaffaqiyat turadi. Ya’ni oyoqqa turib olish, keyin esa oila qurish. O‘zbek 
madaniyatida esa birinchi galda oilaviy qadriyatlar, uylanish, farzandli bo‘lish, ya’ni o‘zidan keyin zurriyot qoldi-
rishlik ustuvorlik qiladi. Shuningdek, bu xalqqa xos yana bir jihatga e’tiborimizni qaratamiz: “Nemislar xonaga 
kirganda o‘zlariga shaxsiy makon yara tish uchun eshikni yopishadi (begonalar uchun emas)”, ya’ni shaxsiy 
hayot, ular ko‘proq o‘zlariga vaqt ajratishlari, o‘z ustida ishlashlaridan darak beradi. 
Albatta, talabalar chet tildagi matnni o‘qish jarayonida yuqoridagi milliylikni aks ettiruvchi stereotiplarga 
duch keladi. Madaniyatlararo ta’limning maqsadi o‘zga madaniyat vakillari bilan kasbiy va shaxsiy maqsadlar-
ga hamjihatlik bilan erishish va bu yo‘lda turli xil salbiy holatlar, tushunmovchiliklarning oldini olishdan iborat.
Turli madaniyat vakillaridan iborat mashg‘ulot o‘z tili, jamiyati va madaniyatiga oid bilimlarni idrok qi lishni 
nazarda tutadi. O‘zga madaniyat bilan tanishishning tayanch nuqtasi bu – til o‘rganuvchining shaxsiy madaniy 
tajribasi va tasavvuridir.
Madaniyatni qiyosiy tadqiq etishda o‘sha xalqning turmush tarzi, o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash 
kerak. L.Bredella va V.Delanoyning e’tirof etishicha, “Madaniyatlararo chet til mashg‘ulotlari murosa qilish 
imkoniyatlariga o‘z hissasini qo‘shishi va turli xil madaniyat vakillari bilan hamjihatlikda umumiy muam molarni 
hal qilishni qo‘llab-quvvatlashga o‘rgatadi. 

Download 7,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish