Anguage and literature



Download 7,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/65
Sana05.05.2023
Hajmi7,94 Mb.
#935118
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   65
Bog'liq
uzb-2019 3-son

Sumbula MATMUROTOVA,
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi 
44-umumta’lim maktabining ona tili va 
adabiyot fani o‘qituvchisi 
TARQATMA MATERIAL QANDAY TAYYORLANADI? 
– rangli bezaklardan foydalanish (bu auditoriyaning 
80 foizidan ortig‘ini jalb etishga yordam beradi);
– matndan keyin grafikani joylashtirish (chun
-
ki 1-navbatda grafika ko‘zga tashlanadi va ko‘pchilik 
grafikaning yuqori qismidagi yozuvlarga e’tibor ber
-
maydi) axborotning maksimal darajada yetkazilishi va 
ko‘rgazmali bo‘lishini ta’minlaydi.
Tarqatma material birinchi navbatda mavzu maq-
sadiga mos kelishi, bundan tashqari darsning rejasi, 
mavjud materiallar, misollar, diagrammalar, foydalanil-
gan ko‘rgazmalar namunasi, bibliografiya kabi ayrim 
punktlarini o‘z ichiga olishi zarur.
Interfaol tarqatma materiallar amaliy mashg‘ulotlar 
orqali mavzuni tushuntirishga yordamchi vosita sifati-
da taqdim etiladi. Bunday tarqatma materiallar turi ish 
varaqlari, nazorat savollari, ro‘yxatlar, yechimlar 
darax
-
ti,­ blok-sxemalar,­ diagramma­ va­ jadvallar,­ algoritmlar­
kabi punktlarni o‘z ichiga oladi. 
Mukammal ishlangan tarqatmalar vositasida:
– ijobiy muhit yaratiladi;
– auditoriyaning diqqat-e’tibori tortiladi;
– dars jarayoni samarali tashkil etiladi;
– bahs, muzokara uchun ijobiy muhit yaratiladi;
– o‘quvchilarning vizual qabul qilish ehtiyoji ta’min-
lanadi.
Shuningdek, ular:
– murakkab o‘zlashtiriladigan mavzularni sodda-
lashtirish va tushuntirishga yordam beradi, dars sifatini 
kafolatlaydi;
– mavzu haqida axborotni to‘ldiradi, kengaytiradi. 
O‘quvchilarni:
– hech qanday qaydlarsiz butun e’tiborni noverbal 
axborotdagi asosiy g‘oyalarga qaratish;
– o‘z taklif va mulohazalarini berish;
– g‘oyalar ustida amaliy mashg‘ulot o‘tkazish, tahlil 
qilish;
– tezroq anglash;
– esda saqlash;
– olgan ma’lumotlarni amaliyotga, muammoli vazi-
yatlarga tatbiq etish;
– kerakli daqiqalarda axborot to‘plashga yo‘naltira-
di. 
Yuqorida qayd etganimizdek, tarqatma materiallar 
darsning ajralmas qismi sifatida oldindan tayyorlanishi, 
asosiy g‘oya va xulosalar dars mavzusining bir qismi 
bo‘lgani holda tarqatmalar uning qiyinroq jihatlarini aks 
ettirishi kerak. 
Ko‘rgazmali qurol
– o‘quvchilarda o‘rganiladi-
gan obyektlar, hodisalar, jarayonlar to‘g‘risida yaqqol 
tasavvur hosil qilish maqsadida ishlatiladigan vosita.


20
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Ilg‘or pedagogik texnologiyalar
U o‘zlashtirilgan bilimlar xarakteri, o‘quvchilardagi mav-
jud tasavvur, tushuncha, hayot va ish tajribasi, darsning 
aniq vazifalariga qarab o‘qitishda turli vazifalarni baja-
radi. Ular bilim manbayi sifatida, shuningdek, o‘qituvchi 
so‘zlab berishi, tushuntirishi, suhbat vaqtida foydalani-
ladigan rasm sifatida xizmat qilishi mumkin. Ko‘pincha, 
bu ikkala vazifa kompleks tarzda ham keladi.
O‘quv jarayonida undan quyidagi hollarda foydala-
niladi:
– o‘rganilayotgan obyekt yoki hodisalarning aslini 
bevosita kuzatish mumkin bo‘lmaganda;
– o‘rganilayotgan obyektning asli juda katta yoki 
juda kichik bo‘lganda;
– tushunchani grafik tarzda tasvirlash talab etilgan
-
da;
– murakkab obyektlarni oddiylashtirish yoki ishlash 
jarayonini ko‘rsatish zarur bo‘lganda. 
Darsda namoyish etiladigan ko‘rgazmalar soni o‘quv 
materialining sifatli o‘zlashtirilishi uchun yetarli darajada 
bo‘lishi lozim. Namoyish qilinayotgan materiallarni idrok 
etish jarayonida o‘quvchilar ko‘rish, eshitish, sezish, 
zarur hollarda ta’m bilish va hid bilish kabi sezgi a‘zola-
rini jalb etishi kerak. Ko‘rsatma namoyish qilinganda 
izoh berib turiladi.
Inson axborotni qabul qilishiga ko‘ra quyidagi toi-
falarga bo‘linadi:
– abstrakt tafakkurli kishilar har qanday mavhum ax-
borotni qabul qilib, tasavvur qila oladilar;
– konkret obrazli – tafakkurli kishilar esa axborot-
ni konkret obrazlar orqali samarali o‘zlashtiradilar, 
mavhum tushunchalarni anglashlari qiyin kechadi;
– vizuallar ko‘rgan obrazlarini yaxshiroq eslab 
qoladilar. Bunday kishilar so‘z borayotgan har bir pred-
metni ko‘rishlari lozim. Masalan, dars jarayonida ular 
so‘zlovchini ko‘rib turishlari shart;
– audiallar axborotni eshitish orqali samarali qa-
bul qiladilar. Bunday kishilar musiqa tinglashni yaxshi 
ko‘radi. Yangiliklarni gazetadan o‘qish o‘rniga radio va 
televideniye orqali tinglashni maqbul biladilar; 
– kinestetlar har bir predmetni ko‘rishlari, hidlashlari, 
ushlab ko‘rishlari, ya’ni tana orqali his qilishlari kerak. 
Shunday ekan, o‘qituvchi har qanday ta’lim jara-
yonini tashkil qilish, o‘quv materialini taqdim etishda 
yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanishi, turli toifadagi 
ta’lim oluvchilarning axborotga nisbatan ehtiyojlarini 
qondirishi ta’lim samaradorligini oshirishga yordam be-
radi. 
Badiiy nutq uslubining o‘ziga xos lug‘aviy va gram-
matik xususiyatlari mavjud. Lug‘aviy birliklardan tash
-
qari frazeologik birliklarning faol va keng ishlatilishi ham 
badiiy nutq uslubining asosiy belgisi bo‘lib hisoblanadi.
Badiiy uslubning grammatik xususiyatlariga nazar 
tashlasak, grammatik shaklning barcha ko‘rinishlari – 
sheva va tarixiy variantlari ham asarning mavzu talabi 
bilan qo‘llanaveradi.
Badiiy uslub sintaktik xususiyatlari bilan ham bosh-
qa uslublardan farqlanadi. Badiiy nutq uslubida darak, 
so‘roq, buyruq gaplar matn sintaksisining ajralmas qis-
mini tashkil etadi. Undov gaplar ham badiiy nutq uslubi 
uchun xarakterli. Ular kitobxonga estetik ta’sir o‘tka-
zishda yozuvchi qo‘lidagi kuchli qurol hisoblanadi.
Badiiy uslub o‘zbek tili vazifaviy uslublari orasida 
o‘ziga xos mavqega ega bo‘lib, ayni paytda o‘zining 
alohida me’yorlariga ham ega. Til materialini qamrab 
olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud 
barcha lingvistik birliklar, shu bilan birga boshqa vazifa-
viy uslublarga xos elementlarning ham ishlatilaverishi, 
ularning muhim bir vazifaga – badiiy-estetik vazifani ba-
jarishga xizmat qilishi badiiy uslubning asosiy xususi-
yati sanaladi. Boshqa uslublardan farqli o‘laroq, badiiy 
uslubda o‘zbek shevalari, kasb-hunarga oid leksik bir-

Download 7,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish