Anguage and literature



Download 7,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/65
Sana05.05.2023
Hajmi7,94 Mb.
#935118
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65
Bog'liq
uzb-2019 3-son

Kalit so‘zlar:
obraz, xronotop
she’r, janr, mavzu, g‘oya, shakl va maz
-
mun, lirik kompozitsiya.
Аннотация.
В­ данной­ статье­­
речь­ идет­ о­ более­ конкретном,­
ярком­ раскрытии­ темы­ и­ идеи­ в­
лирическом­ произведении,­ если­
при­ анализе­ стиха­ уделяется­
большое­внимание­вопросу­хроно-
топа.­ Автор­ излагаeт­ свое­ мне-
ние­ на­ примере­ стихотворений­ в­
Шавката­Рахмана.­
Ключевые слова:
образ,­ хро-
нотоп,­ стихотворениe,­ жанр,­
тема,­идея,­форма­и­содержаниe,­
лирическая­композиция.
Annotation.
The article deals with 
a­ more­ spelific,­ detailed­ revelation­ of­
the theme and idea in the lyric work, 
if during the analysis of the verse paid 
great attentionis to the issue of the 
chronotop. The author sets out his 
opinion on the example of poems and 
works of Shavkat Rahmon 
Key words:
image, chronotop, 
poem, type, theme, idea, form and con
-
tent, lyric composition.


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
31
навбатчи
Tadqiqotlar
bo‘lib, uy ichida, ya’ni o‘zlari yaratib olgan olam, makon-
da loqaydlikka ko‘milgan, olamni unutgan odamlarning 
tabiat harakatidan ta’sirlanishlari berilgan. Demak, hali 
qalblarda hayrat bor. Hali dunyoni loqaydlikdan qutqa-
rish mumkin.
Jamiyatda paydo bo‘lgan yangicha tushuncha va 
qadriyatlar, barchaga ma’lum bo‘lgan azaliy muammo-
larga yangicha yondashuv shoirdan vaqt va makon bir-
ligiga mas’uliyat bilan qarashni ham talab etadi. Bu yer-
da vaqt mifiklik, tarixiylik, ijtimoiylik, reallik tusiga kiradi. 
Masalan, “Tungi manzara” she’rida xronotop tarixiylik 
kasb etadi.
O‘rmonlar jim, yig‘lamas shamol,
Soy sayramas, baqalar jimdir,
Ingroqlarga to‘lib ketgan tun – 
G‘amgin qo‘shiq aytadi kimdir.
Mazkur parchadagi tun xronotopida tarixiylik xusu-
siyati yetakchi. Buni bir o‘qishda ilg‘ab olish qiyinroq. 
Biroq nimaga o‘rmonlar jim, shamol nechun yig‘lashi 
kerak, soy nima uchun sayrashi lozim, baqalar sukuna-
tida nima bor degan ritorik so‘roq ostida berilgan ke-
chinma va uning tabiatida tarixiylik bor. Unda qachondir 
bu yerlarda o‘rmonlar shodlikdan quvnagani, shamol-
lar yurt go‘zalligiga oshiq bo‘lib, yo‘qlab o‘tgani, soylar 
sayragani haqida xabar beriladi-da, bugun ularning jim-
ligi o‘quvchi qalbiga og‘riq soladi. Lirik subyekt o‘zini 
qiynagan savollar yakunida ingroqlarga to‘la tun obra-
zini ko‘ryapti. Ingroqlarga to‘la tun xronotopida tarixiylik, 
o‘tmishdagi adolatsizliklar qurbonlarining alamli ovozi, 
ingrog‘i eshitilyapti. Bu dardlar shu qadar ko‘pki, ular 
uzluksiz yangrab, ma’lum ritm asosida qo‘shiqqa ayla-
nib ketgan. Bu qo‘shiqqa “g‘amgin” epitetining berilishi 
esa she’rning ozodlik, erk g‘oyasi haqida ekanligini es-
latib turadi. 
Shoirning boshqa bir “Vaqt” nomli she’rida esa vaqt
-
ning reallashgan tasviri beriladi:
Vaqt senga qul bo‘lmas aslo,
undan kutma muruvvat, tama.
Sig‘in unga, yolborgin, avra,
bir amallab vujudga qama.
Qul bo‘lolmas senga, baribir,
vaqt hamisha hushyor, jangari – 
yorib tashlar jismingni nogoh,
chiqib ketar sendan tashqari .
Bu yerda vaqt so‘zi obrazga aylanib, aniq payt va 
makonni ifodalagan. Uning jim turmasligi, odam umri-
dan uzoq (ya’ni odam umri, jismi bilan bog‘liq bo‘lma-
gan holda) mangulikka daxldor ekanligi ko‘rsatilgan. 
Maqoladagi fikr-mulohazalarni umumlashtirib qu-
yidagicha xulosaga kelindi:
1. Xronotop aslida ijodkor va qahramon o‘rtasidagi 
chegarani bildiradi. Ya’ni bunda qahramon dunyoqa-
rashi muallif dunyoqarashidan farq qiladigan o‘rinlar 
yuzaga chiqadi. Natijada qahramon xronotopi mustaqil 
ravishda mavjudligi isbotlanadi. 
2. Xronotop so‘z san’atida doimiy harakatdagi kate-
goriya sifatida o‘sib o‘zgarib, takomillashib borishi 
mumkin. Natijada uning tarixiy xronotop, ijtimoiy xrono-
top, real xronotop, subyektiv xronotop degan shakllari 
namoyon bo‘ladi. 
3. Aksariyat she’rlardagi xronotopda subyektivlilik 
xususiyati yetakchilik qiladi. 
Demak, adabiyot o‘qitishda lirik asar janri, shakl va 
mazmun birligi, obraz va obrazlilik kabi masalalar bi-
lan birga lirik asardagi xronotop masalasiga ham e’tibor 
berilsa, o‘quvchi ongida mustaqil ravishda lirik voqelik 
shakllanadi hamda bolada mustaqil fikrlashga intilish 
kuchayadi. 

Download 7,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish