Anguage and literature



Download 7,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/65
Sana05.05.2023
Hajmi7,94 Mb.
#935118
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65
Bog'liq
uzb-2019 3-son

E’zozlar, ardog‘lar uchun tashakkur,
Asli Siz oftobim, men ziyosiman.
Tonglaringiz kulsin dorilamon, hur,
Baxtim­shul­–­o‘zbekning­Zulfiyasiman.
Ona yurt, sevgi, bahor madhiga yo‘g‘rilgan ushbu 
satrlardan nurlangan har bir ko‘ngil hamisha samimiy 
izhorlarga mushtoq. Bunday o‘tli satrlar Vatanni, hayot-
ni sevishga, insonni qadrlashga, go‘zallikka chorlaydi.
Aslida tug‘ilgan go‘shaga qalb rishtalari bilan 
bog‘lanib, shukronalik hissini tuyish ijodkor uchun qan-
chalik baxt bo‘lsa, kitobxon uchun ham farahlidir.
Shu kunlarda qalb qo‘shiqqa tor,
Kunda bitta yozajakman she’r.
Ma’yusi ham, yorqini ham bor,
Tuproq, hayot, yurak bu axir...
Insonning o‘zini anglashi buyuk hodisa. Qalb 
tug‘yonlari yillar qalovida toblanib, misralarga quyiladi...
Ko‘klam va baxt jarchisi, tong kuychisi Zulfiya opa-
ning she’rlarini mutolaa qilganimda, dastavval, tong-
ning oq alangasi, kumush nurlar jarangi, qor tagidan 
bosh ko‘targan binafshaning ifori dimog‘ga uriladi. 
Adiba UMIROVA,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi
BAXTIM SHUL – O‘ZBEKNING ZULFIYASIMAN!
Shoiraning ushbu satrlari qalb larda 
ajib iliqlik uyg‘otadi:
“Derazamning ortida bir tup 
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi...”
Gulni ko‘rib ishqparast qalbim,
Ming aytilgan darddan kuyladi... 
Ayol qalbi – eng nozik xilqat. 
Lekin o‘zbek ayolining, ayniqsa, 
ONA qalbini she’rda yaxlit tasvirlash 
oson emas. Zulfiyaxonim she’ri
-
yatida ayollar dunyosi alohida o‘rin 
tutadi. O‘zi ham iste’dodi, mehnati, 
rostgo‘yligi bilan ijodda, hayotda 
shuhrat topdi. “Bir mavzuda chek-
lanib qolgim kelmaydi. Lekin dugo
-
nalarim, tengdosh – zamondoshla-
rim hayoti, o‘zbek ayolining hozirgi 
qiyofasi o‘zining shoirona ifodasini talab etib, meni 
hamisha hayajonga soladi...” yoki “Fusunkor so‘zga, 
insonni go‘zalliklar sari chorlovchi dunyoni kashf etuv-
chi, badiiy so‘zga bo‘lgan muhabbat cho‘g‘ini ilk bor qal-
bimga solgan onam edi”, – deya yozadi esdaliklarining 
birida Zulfiya opa.
Zulfiyaxonim bosib o‘tgan yo‘l shodlik, baxt va 
yo‘qotishlar, do‘stlar, ustoz-shogirdlar mehri, burch, 
mas’uliyat, rejalar, safar taassurotlari bilan boy ko‘ngil 
yo‘li bo‘ldi. U turmushning mashaqqat va zalvorlari-
ni ko‘tarib, o‘rik gullari, ko‘klam chechaklarining nafo-
sati, go‘zalligidan ilhom olib, barchasini she’rga soldi. 
Shuning uchun ham she’rlari qalbimizda hanuzgacha 
jaranglaydi, shogirdlari opani har bahor mehr bilan es-
laydi. 
Qizlari Hulkar opaga: “Siz ikki azim daryoni bag‘ri-
da birlashtirgan katta ummon sohibi sifatida oilangizga 
ham, Zulfiya opamizga ham sirdosh, hamdard bo‘lgan
-
siz. Sevimli shoiramizga o‘rnatilgan haykal Zulfiyaxonim 
qalbidagi orzu-armonlarning nechog‘li ijobati bo‘ldi?” – 
degan savolni berganimda, shunday javob bergandi:
– “Kechir, qo‘yolmadim she’rimdan haykal...”. 
Ayamning bu satrlari meni anchadan beri o‘ylantirib ke-
lardi. Ular o‘zidan keyin yuzlab boshqa satrlarni chorlab, 
xotirga solib, yetaklab kelaverdi. Eslayman, o‘qiyman 
o‘zimga raddim oshadi: nahotki? Nahotki, yarim asr 
davomida qilgan ishlaridan ayam qoniqmagan bo‘lsa-
lar? Nahotki, qalb hissi, burch tuyg‘usi o‘rtasa, armon 
bo‘lib, azob bersa?
Dolzarb
mavzu


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
7
навбатчи
Dolzarb mavzu
Esimda, bir kuni rahmatli ayamlar bilan so‘zlashib 
o‘tiribmiz. Gap yangi chop etilgan va tabiiyki, birinchi-
lardan bo‘lib ayamiz qo‘llariga yetib kelgan “Oybegim 
mening” kitobi haqida borardi. Oilalarimiz nihoyatda 
yaqin bo‘lgani uchun Zarifa opa yozayotgan xotiralar, 
qo‘yingki, u xonadonda bo‘layotgan ishlar, gaplardan 
xabardor ayajonim: “Oybek domlaga havasim keladi. 
Yonida Zarifa opaday shaxs bo‘lgan kishi nihoyatda 
baxtli”, – degan edilar. – “Mana, Zarifa opa hammasini 
ko‘z qorachig‘iday asrab, saqlab, tiklab nashrga tayyor-
lashga yordam berdilar. Zarifa opaning mehnatisiz 
domlaning 20 jildli asarlari to‘plamini chop etib bo‘lar-
midi? Uy-muzeyni tashkil etishda o‘zlari bosh-qosh bo‘l-
dilar. Mana, endi xotira kitobi chiqdi. Bir kishi bundan 
ortig‘ini qilolmas ham deb o‘ylayman...” Darvoqe, ayam 
1970-yilda Oybek domlaga bag‘ishlangan “Quyoshli 
qalam” dostonini yozganlar. 
Yana bir gal Kibriyoxonim Qahhorovaning “Chorak 
asr hamnafas” nomli kitobini eslab, shunday hamdard-
lik va hamkorlik haqida so‘zladilar. “Men esa dadang 
haqida bir kitob yozmadim, xatto bir dostonimni tuga-
tolmay yuribman...”. Chehrasida, ovozlarida qancha af-
sus, alam borligini tasavvur etish oson emas edi o‘sha 
payt.
Men yupatishga tushdim “Ayajon unday demang. 
Sizning she’rlaringiz qaysi kitobdan kam? Yillar davomi-
da yozgan she’rlaringiz tufayli dadamiz siymosi odam-
lar qalbida yashab kelyapti. Dadam haqida Sizning 
satr laringiz bilan so‘zlashish mumkin-ku”.
Qarang, har bahorni she’r bilan qarshi olishga odat-
langan ayamiz ijodlarini dadamiz ruhi-xotirasisiz tasav-
vur qilib bo‘lmasa ham yozibdilar:
Yarim asr qalam dehqoni bo‘lib,
Kechir, qo‘yolmadim she’rimdan haykal!
Rostmi? Shunday deyishga shoira haqlimi? Bu 
borada Zulfiyaxonimning sevimli shogirdlaridan biri, 
shoira Qutlibeka Rahimboyeva shunday deydi:
Davralarda “Zulfiya” ismi tilga olinsa, hech kim 
“Qaysi Zulfiya?” deb so‘ramasdi. Hammaning ko‘z 
oldi ga nihoyatda xushsurat shoira Zulfiyaxonim ke
-
lardi. U kishi davralarga kirsa, davra bir qalqib olardi. 
Katta-kichik lavozimlarda ishlayotgan kishilar ham 
Zulfiya opaning huzurlarida hazil-huzul qilishmasdi, 
ovozlarini baralla qo‘yib kulishmasdi. Balki shu qadar 
salobatlari ulug‘ bo‘lgani uchun ham biz Zulfiyaxonim 
atrofida yuradigan ijodkor qizlar “Zulfiya opam unday 
dedilar, Zulfiya opam bunday dedilar”, deb gapirsak, 
ko‘pchilik: “Rostdan-a? Zulfiya opa ning o‘zlari bilan 
gaplashdila ringmi? Qanchalar baxt lisizlar...” – deb 
bizga havas bilan qarashlaridan g‘ururlanardik.
Chindan ham Zulfiyaxonimning kichik e’tibori 
ham biz uchun katta eshiklarni ochib yuborar edi. 
Ustoz ko‘pchilik orasida: “Bu qiz juda yaxshi she’r 
yozadi”, yoki “Bu qiz mening qizim”, deya yelkam-
izdan astagina quchsalar, ro‘molimiz yoki sochimizni 
to‘g‘rilab qo‘ysalar, atrofdagilar bizga boshqacha qa-
rashardi. Ishimiz chiqib idoraga borsak ham “Bular 
Zulfiya opa ning qizlari”, deya alohida e’tirof etishardi.
Zulfiyaxonimning bu foniy dunyodan o‘tib ketganla-
riga ancha yillar bo‘ldi. Ammo shoira haqidagi xotiralari-
miz jonli, so‘nib qolgani yo‘q. Biz – u kishining mehr-mu-
habbatini ko‘rgan qizlar bir joyga yig‘ilsak, “Zulfiya opa 
unday degandilar”, deya eslashamiz. Qachon tanish-
ganimiz, tanbeh berganlari, alqaganlari – hamma-ham-
masi yodimizga keladi.
Atoqli ijodkor G‘afur G‘ulomning qizlari Olmos opa 
esa shoira haqida shunday xotirlaydilar:
– O‘zimni tanibmanki, oilamizning Zulfiya opaga 
bo‘lgan hurmat, mehrini har so‘zda, ishda sezaman. 
Ayamning Zulfiya opaga bo‘lgan munosabatlari opa- 
singillarnikidek edi. Biror tansiq ovqat qilsalar, ularga 
ilinar edilar, uyimizdagi biror shodiyona, mehmon-
dorchilik, Zulfiya opasiz o‘tmas, ularnikida bo‘ladigan 
tadbirlar ham bizsiz kechmasdi. Dadam Zulfiya opam-
ning ijodiga baho berib, o‘tmish va hozirgi zamon Sharq 
shoiralari ichidagi eng yorug‘ yulduz, deganlar. Agar 
vafo, onalik jasorati, nozikta’blik, zukkolik haqida gap 
borsa, bizga Zulfiya opamni misol qilar edilar. Men um
-
rim davomida u kishiga intilib, uni hurmat qilib keldim 
va ustozim deb bilaman. U kishini o‘ylaganimda mehri 
daryo, nozikta’b, gulga chulg‘angan o‘rikzorlarda nabi-
ra, chevaralariga she’r ilmidan dars berayotgan go‘zal 
Sharq ayoli ko‘z o‘ngimga keladi.
O‘zbek xalqining faxr-iftixoriga aylangan shoira 
Zulfiyaxonim haqida uni bilgan, u bilan muloqotda 
bo‘lgan, ijodi bilan yaqindan tanish shoir-u adiblarning 
qaysi biri bilan suhbatlashmaylik, ular shoiraning ijodi, 
mustahkam e’tiqodi va o‘zbek ayollariga ibrat bo‘lish-
ga loyiq ezgu fazilatlari xususida to‘lqinlanib so‘zlay-
di. Shunday go‘zal fazilatlari, betakror she’rlari bilan 
Zulfiyaxonim qalbimizda abadiy yashaydi. 


8
e-mail: til_adabiyot@umail.uz

Download 7,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish