Ra’no YAXYOYEVA,
Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi
10-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
MUTOLAA KUNDALIGI QANDAY TUTILADI?
borishi ke rak. O‘quvchilardan mustaqil o‘qib o‘rgangan
kitoblari ning ro‘yxatini yozib borishni talab qilish, buning
uchun ularning shaxsiy kundalik daftar tutishini yo‘lga
qo‘yish yaxshi natija beradi. O‘qituvchi bu kundalik daf-
tarni ham muntazam baholab boradi. Undagi baholar
uchun bola ota-onalar homiyligida olingan sovg‘аlar
– yangi kitoblar bilan rag‘batlantirib borilsa, nur usti-
ga nur bo‘ladi. Baholash va rag‘batlantirishda xolislik
juda muhim. Shu bois baholash mezonlari puxta ishlab
chiqi lishi kerak.
O‘quvchilarda kitobga mehr uyg‘otish uchun ota-
ona larda kitobxonlik madaniyatini shakllantirib borish
ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-onalar majlisi-
da kitobxonlik yuzasidan suhbat olib borish, kitoblar
ko‘rgazmasini tashkil etish, ota-onalardan so‘rovnoma-
lar olish mumkin.
O‘quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, nozik
didli kitobxonni tarbiyalashda badiiy matn tahlilining
o‘rni beqiyos. Muhokama chog‘ida badiiy asarni o‘qish,
tushunish va tushuntirish, tahlil qilish kompetensiyalari
rivojlantiriladi. Badiiy asar o‘quvchilarga turli davrdagi
hayotiy voqealar, insonlararo munosabatlar bilan tani-
shish imkoniyatini beradi. Badiiy asar mazmuni, tuzi-
lishi va hajmiga qarab turli metod, usul va texnologi-
yalarning tanlanishi uning g‘oyaviy-badiiy mazmunini
ochishda, o‘quvchilarning mustaqil xulosa chiqarishida
muhim omil sanaladi. O‘yinli ta’lim usullari o‘quvchilar-
ning darsga qiziqishlarini kuchaytiradi, muammoni hal
qilishga faol harakatlantiradi. Hatto sust o‘zlashtiruv-
chi o‘quvchilarni ham o‘z fikrlarini erkin bayon etish va
himoya qilishga undaydi. Sinf o‘quvchilarining yakdil
bo‘lib ishlashi ular o‘rtasida o‘zaro hurmat va bir-birini
qo‘llab-quvvatlash munosabatlarini tarbiyalaydi. Xullas,
hozirgi kun davr talabiga mos ravishda o‘qituvchi o‘z
ustida muntazam mustaqil ishlash, kitobga qiziqtirish
bo‘yicha yangi-yangi metodlarni yaratishni o‘zining aso-
siy maqsadlaridan biri sifatida belgilab olishi lozim.
30
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2020-yil 1-son
Tahlil
Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor va Tog‘ay Murod
ijodi va estetik qarashlari adabiyotshunoslikning muhim
muammolaridan bo‘lgan tarixiylik va badiiy haqiqat mu-
tanosibligi masalasini ham o‘rganishga asos va man-
ba bo‘la oladi. Istiqlol tufayli yurtimiz tarixini haqqoniy
o‘rganish va yoritish imkoni tug‘ildi. Jumladan,
Prezidentimiz farmoni bilan 2019-yildan o‘z faoliyatini
boshlagan “O‘zbekiston tarixi” telekanali faoliyati ham
ana shu ezgu maqsadga qaratilgan. Sobiq sho‘ro davri-
da ijtimoiy-siyosiy hayotimizda bo‘lgani singari mafkura,
tarix, adabiyot va san’at sohalarida ham ko‘plab jiddiy
xato va chalkashliklarga yo‘l qo‘yilganligi endilikda bu-
tun murakkabligi va fojiasi bilan ayon bo‘lmoqda.
Atoqli adibimiz Abdulla Qodiriyning 1922-yili o‘ziga
xos jasorat bilan yozgan Mochalov haqidagi felyetoni
ham adibning qanchalar haqgo‘y va millat qayg‘usini
aks ettirgan realist yozuvchi ekanligini yaqqol namo-
yon etadi: “O‘tib ketdi o‘shal davrlaring: eski shahar
ko‘chalarida muborak vujuding ko‘rinib qolsa, homila-
dor xotinlar bola tashlar, yig‘loq bolalar yig‘idan to‘xtar,
dag‘dag‘ayi zolimoningni totig‘on benavolar dir-dir qal-
tirar edilar. Qo‘lingda qamchin, belingda oshpichoq,
shopdak murtingning ostidag‘i sassiq og‘zingdan qi-
zingni... onangni... diningni, ota-bobongni... degan zikr
oliylar doim favvora urar edi”.
1
Xalqimiz boshidan kechirgan bu fojia badiiy ada-
biyotda ham o‘z aksini topganligini ta’kidlash zarur.
Chunonchi, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari
xotimasida shunday deyiladi: “1277-yilning kuz kezla-
rida bo‘lsa kerak, Yusufbek hoji Qanoatshohdan xat
oldi. Qanoatshoh Avliyootadan shunday deb yozar edi:
“O‘g‘lingiz Otabek yana bizning kishi bilan qo‘shinda
edi. Avliyoota ustidagi chor askarlari bilan to‘qnashuvi-
mizda birinchi safimizni shu ikki yigit oldi va urushda
qahramonona shahid bo‘lishdi”.
Asar boshida Rossiyadagi ba’zi ijobiy tartib va
o‘zgarishlarga xayrixohlik bilan qaragan Otabekdek
ilg‘or dunyoqarashli va komil insonning taqdiri bunday
yakunlanishi bejiz emas edi. Ya’ni o‘z asarlarida or-
tiqcha tafsilotlarga o‘rin bermaydigan Qodiriy, aslida,
mana shu epizod orqali ham tarixiy haqiqatni ifodalash-
ga muvaffaq bo‘lgan. Hijriy 1277-sana milodiy 1860-yil-
ga to‘g‘ri keladi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, Otabek kabi
minglab yigitlarimiz vatanimiz himoyasi yo‘lida chor
askarlari bilan Toshkent yaqinida bo‘lgan muqaddas
janglarda halok bo‘lganligi ham Rossiya imperiyasi ning
Turkistonda amalga oshirgan vaxshiylarcha xunrezli-
Do'stlaringiz bilan baham: |