bilinmayturg‘on
va aytilmayturg‘on; ikkinchisi, aytilaturg‘on va bili-
naturg‘on; uchinchisi, ham bilinaturg‘on va ham bi-
lishga zaruratsiz, ammo aytsa bo‘laturg‘on; to‘rtin-
chisi,
bilinaturg‘on va aytilmayturg‘on. Ammo aytul-
mayturg‘on va bilinmayturg‘on undoq so‘zdirki, dunyo-
ning salohi unga bog‘liqdir. Ul so‘zdin aytguvchiga ham
eshituvchiga ham ko‘p naf yetar. Ammo bilinaturg‘on
biroq aytilmayturg‘on undoq so‘zdirkim, bir muhtasham
odamning aybi senga ma’lum bo‘lar. Lekin aql tariqidin
xayolga kelsang, uni aytmoq besharmlikdur. Chunki
aytsang, ul muhtashamning qahri yo u do‘stning ozori
senda hosil bo‘lur, yoxud o‘z boshingga ulug‘ sho‘rish
va g‘avg‘o paydo qilursan. Shul vajdin ham bul so‘z
bilinaturg‘on, ammo aytilmayturg‘on so‘zdir. Bu so‘zlar-
ning yaxshirog‘i ham
Do'stlaringiz bilan baham: |