Anguage and literature til va adabiyot



Download 38,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/126
Sana29.08.2021
Hajmi38,34 Mb.
#158840
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   126
Bog'liq
3-son

“Kim biladi?” o‘yinida  o‘quvchilar ikki guruhga 

bo‘linadi. Birinchi guruh a’zolari biror she’rdan parcha 

o‘qiydi.  Ikkinchi  guruh  a’zolari  esa  she’rning  muallifini 

aniqlaydi. So‘ng ikkinchi guruh a’zolari she’r o‘qiydi. 

Birinchi guruhdagilar esa she’r muallifini topadi. Har bir 

to‘g‘ri javob uchun yutuqli kartochkalarga ega bo‘lishadi. 

Bu o‘yindan biror shoir lirikasini o‘rganishda yoki 

dars jarayonida talabalarni zeriktirmaslik maqsadida 

foydalanish ham mumkin. 

Adabiyot darslarida bunday o‘yin texnologiyalarini 

qo‘llash, ulardan foydalanish yaxshi samara beradi. Ular 

orqali o‘quvchilarning dunyoqarashi kengayadi, faolligi 

kuchayadi, bilim va ko‘nikmalari mustahkamlanadi, eng 

muhimi, adabiyot darsiga, badiiy adabiyotlarni o‘qishga 

qiziqishi  kuchayadi.  O‘yinli  darslar  mustaqil  fikrlash, 

ijodkorlik, faollikka undaydi. 

Xulosa qilib aytganda, ta’limning sifati uni berishda 

ishtirok etuvchilar salohiyati va o‘quv jarayonining 

darajasiga bog‘liq.



24

e-mail: til_adabiyot@umail.uz



2020-yil 1-son

Tahlil

Serqirra faoliyat sohibi, jahon xalqlari tarixida katta 

rol  o‘ynagan Amir Temur  haqida  turli  talqin-u  tavsiflar 

va ko‘p hollarda bir-biriga zid qarashlar-u konsepsi-

yalar vujudga kelgan. XX asrning 90-yillariga qadar 

bu buyuk zot haqida yozilgan badiiy asarlarga nigoh 

tashlansa, aksariyat hollarda Amir Temur obrazi faqat 

salbiy jihatdan tasvirlanganligini ko‘rish mumkin. Faqat 

tariximizning o‘rta asrlariga oid nuqtalarini yaxshi bil-

gan A.Qodiriy, A.Fitrat, S.Ayniy, Oybek, M.Shayxzoda, 

M.Osim, O.Yoqubov, P.Qodirov kabi ijodkorlargina Amir 

Temur siymosini imkoni boricha, ya’ni hukmron sho‘ro-

lar mafkurasi ko‘targanicha, ijobiy jihatdan aks ettirish-

ga harakat qildilar. 

 Istiqlol tufayli o‘zbek adabiyotida Amir Temur obra-

zini yaratishga bir qancha shoir, adib va dramanavislar 

o‘zlarining ulushlarini qo‘shdilar. Biz o‘zbek temurno-

masining istiqlol davri dramaturgiyasidagi badiiy qam-

rov darajasini ikkita dramatik asar tahlili misolida tad-

qiq etishga jazm qildik. Bular O‘zbekiston xalq shoiri, 

O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning besh par-

dali “Sohibqiron” va O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil 

Yoqubovning ikki parda, to‘rt ko‘rinishli “Fotihi muzaffar 

yoxud bir parivash asiri” dramalaridir.

 Endi savol tug‘iladi: Abdulla Oripov iste’dodli shoir, 

Odil Yoqubov esa benazir nosir bo‘lsa, nega ular Amir 

Temur haqida doston yoki roman yozmay, aynan drama 

janriga murojaat etdilar? Bizningcha, Amir Temur hayoti 

va faoliyatining jahonshumul ahamiyati haqidagi tari-

xiy, ilmiy va badiiy ma’lumotlarni sinchiklab o‘rganish, 

muayyan badiiy-konseptual to‘xtamga kelish, sof liro-

epik yoxud epik planda yirik tarixiy va badiiy haqiqatni 

to‘la uyg‘unlikda umumlashtiruvchi asar yaratish uzoq 

muddatni qamrab oluvchi ijodiy jarayonni talab etar edi. 

Drama esa o‘zining qator xususiyatlari bilan butun ha-

yoti dramatizmga to‘la Amir Temurdek jahongir shaxs 

hayotini sahnada jonlantirish orqali uning dunyo xalqlari 

taqdirida tutgan o‘rni va rolini nisbatan to‘laroq aks et-

tirishga qodir janr ekanligini har ikki adib ham nozik 

ilg‘adilar.

Shoir Abdulla Oripov dramadagi badiiy tasvirni yana-

da kuchaytirish maqsadida asarga tarixiy rivoyatlardan 

birini tuzatishlar bilan kiritadi. Ma’lumki, rivoyatlardan 

birida aytilishicha, Amir Temur mashhur fors-tojik shoiri 

Hofiz Sheroziyninig:

Agar ko‘nglumni shod etsa o‘shal Sheroz jononi,

Qora holiga baxsh etgum Samarqand-u Buxoroni, –


Download 38,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish