Xolida TOJIYEVA,
Samarqand davlat universiteti o‘qituvchisi
MATNNI SHARHLAB O‘RGANISH
an’anaviy sharhlash usuli orqali tushuntirib berilgan.
Alisher Navoiy asarlariga oid lug‘atlarda “sharh” so‘zi-
ning ma’nosi “kengroq tushuntirish”, “sharh aylamak”,
“sharh etmak” tarzida bayon etilgan. Ba’zi manbalarda
sharh usuli “tadris” shaklida qo‘llangan.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki,
sharhlash usuli faqat matnni o‘rganishdangina iborat
bo‘lmay, balki asar mualliflarining o‘zlari ham o‘z o‘quv-
chilariga asarlarini sharhlab berishga harakat qilishgan.
Bu usulning Alisher Navoiy asarlarida qo‘llanilganligi
yuqorida aytilgan fikrni tasdiqlaydi. Adib “Lison ut-tayr”
asarida yetti vodiy ta’rifini berar ekan, shunday yozadi:
Kim necha vodiy-u manzildir bu yo‘l,
Emdi men sharh aylay-u sen voqif o‘l.
Yoki shoir Farididdun Attorning “Mantiq ut-tayr”
asarini o‘qib, muallifning maqsadini anglagach, undan
zavq langanligini quyidagicha izohlaydi:
Zavqi ko‘p xushhol etar erdi meni,
Sharhi oning lol etar erdi meni.
Demak, barcha o‘qitish usullari qatorida sharhlash
usuli ham ko‘p yillik amaliy tajribalar asosida maydonga
kelganligining guvohi bo‘lamiz. O‘zbek adabiyoti tarixi
namunalari qadimgi arab, turk va fors-tojik she’riyatida
erishilgan yutuqlar zaminida rivojlangan. Ular tomoni-
dan yaratilgan har bir bayt ma’lum bir maqsadni yoritib
berishni nazarda tutgan. Bu o‘rinda, har bir so‘zni o‘z
o‘rnida qo‘llash, unga badiiy san’at namunalari oqrali
sayqal berish, uni ibora-yu ishoralar bilan bezash orqali
tuyg‘ular bayon qilinadi. Shunday ekan, mumtoz adabi-
yot namunalarida uchraydigan tushunilmagan so‘zlar-
ni sharhlash, urg‘uli so‘z, gap, ibora, ishora, tarixiy
ma’lumotlarni manbalar asosida izohlash lozim bo‘ladi.
Masalan, iste’dodli hajvchi shoir Turdi Farog‘iy hayoti
va ijodi maktab dasturlariga kiritilgan. U o‘zbek adabi-
yoti tarixida to‘g‘riso‘zligi, tanqidiy qarashlari bilan eng
jasoratli shoir nomini olgan. Shoir o‘z hajviy she’rlarida
tanqidiy fikrlarini, qarashlarini dadil, qo‘rqmay ifodalay-
di. Uning tesha tegmagan iboralari, hech kim ishlat-
magan ta’sir vositalari, jonli xalq tilidan foydalanganligi
yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi. Uning:
Tor ko‘ngullik beklar, manman demang,
kenglik qiling,
To‘qson ikki bori o‘zbek yurtidir, tenglik qiling, –
kabi satrlari muhim ijtimoiy-siyosiy masalani ochiq-osh-
kor ifodalaydi, ya’ni o‘z davrining amaldorlarini yakdil-
likka undab, o‘zbek xalqini tashkil etgan urug‘ va qa-
bilalarni “bir yoqadan bosh chiqarib” murosa qilishga
chaqiradi.
veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
21
2020-yil 1-son
Metodik tavsiya
O‘qituvchi Turdi Farog‘iy ijodini o‘quvchilarga tahlil
qilib berishi uchun, birinchidan, shoir yashagan davr-
ning ijtimoiy-siyosiy hayotini yaxshi bilishi, xalqning
etnografik manbalaridan xabardor bo‘lishi talab etila-
di. Shuningdek, raqamlar, turkiy urug‘lar soni (to‘qson
ikki o‘zbek yurtidur, birni qirq-u yuz, ming son bo‘lib),
shoir yashagan davr urf-odatlari, sinfiy tabaqalarning
yashash tarzi, narsa-buyum, kiyim-kechak (bir ungurlik,
bir terizlik, bir yaqo-yenglik qiling), geografik joy nomla-
rining izohi, turli sohaga, fanlarga oid atamalar sharhini
berish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘qituvchi e’tibor berishi lozim bo‘lgan yana bir jihat
bu bir so‘zining turli ma’nolarda ishlatilishi, iste’moldan
chiqib ketgan yoki kam qo‘llanilgan so‘zlar, badiiy san’at
turlarining izohlanishi. Bir qaraganda yuqorida keltiril-
gan izohtalab masalalarning yechimi osondek tuyuladi.
Ammo buning uchun o‘qituvchi kerakli manbalardan, eti-
mologik, qomusiy lug‘atlardan xabardor bo‘lmog‘i lozim.
Bu manbalar o‘qituvchining bilim doirasini oshirish baro-
barida mantiqiy fikr doirasini ham kengaytiradi.
Tabiiyki, sharhsiz, izohlarsiz o‘qilgan matn o‘z o‘quv-
chisiga sir-asrorlarini ochmaydi. Faqat qayta-qayta
o‘qish va har bir so‘z, ibora ma’nosini chuqur o‘rga nish
asnosida maqsadga erishish mumkin. Chunki inson
nutqiga fayz beruvchi so‘z badiiy adabiyotda yanada
ta’sirchan, go‘zal tusda namoyon bo‘ladi.
Bu usul o‘quvchilarning matn bilan ishlash tajribasini
oshiradi, matndan zavqlanish tuyg‘usini shakllantiradi.
Shuningdek, matndagi so‘zlarni to‘g‘ri eshitib talaffuz
qilish, yod olish xotirani mustahkamlaydi. O‘quv dastu-
rida o‘rganilayotgan u yoki bu shoir ijodining farqli jihat-
larini o‘zaro qiyoslash ko‘nikmasini hosil qiladi.
Nazarimizda, sharh asar matnini o‘rganishga oid
bo‘lib, tom ma’noda adabiy tanqid yoki tadqiqot bo‘lmay,
balki matnni o‘rganishning qadimiy sharqona usulidir.
Taniqli metodist olim Ulug‘bek Dolimov o‘zining “Milliy
uyg‘onish pedagogikasi” nomli asarida sharh usuliga
quyidagicha ta’rif beradi: “…sharh beruvchilarni shorih
deb ataganlar. Shorihlar mudarris-pedagog bo‘lishi bi-
lan birga o‘z davrining bilim doirasi ancha keng olimlari
ham bo‘lganlar”
1
. Ulug‘bek Dolimovning bu e’tirofi va
ta’rifi bugun o‘quvchilarga adabiyot tarixi ilmidan saboq
berayotgan o‘qituvchilarga ham tegishlidir. Demak, asr-
lar davomida mudarris-o‘qituvchiga qo‘yilgan talab bu-
gun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmasligi uchun shorihlar-
ga xos, bilim doirasi keng olim bo‘lmoqlik talab etiladi.
1
U.Dolimov. Milliy uyg‘onish pedagogikasi. – Toshkent: Nashr, 2012. 52-bet.
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”
asari badiiy nutqning go‘zal namunasidir. Bobur o‘zi
hammabop yozishi bilan birga boshqalarga ham
shunday ish tutishni maslahat beradi. Jumladan, o‘g‘li
Humoyunga yozgan bir xatida birovga yuboriladigan
maktubni muallifning o‘zi bir necha bor o‘qib ko‘rishi
Do'stlaringiz bilan baham: |