2-dars. Bayonni yozdirish.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
O‘quvchilar bilan salomlashish va sinf xonasining
tozaligi, o‘quvchilarning darsga tayyorligini nazorat
qilish, kundalik yangiliklar yuzasidan qisqa suhbat,
davomatni aniqlash, o‘quvchilarning yozma ish daftar-
larini tarqatish, dars shiori bilan tanishtirish – 6 daqiqa.
2. Sana, bayon mavzusi va rejasini yozuv taxtasiga
yozib qo‘yish va bayon matni yuzasidan qisqa suhbat
o‘tkazish – 5 daqiqa.
3. Bayonni yozish – 30 daqiqa.
4. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish – 4
daqiqa.
3-dars. Bayon tahlili.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
O‘quvchilar bilan salomlashish va sinf xonasining
tozaligi, o‘quvchilarning darsga tayyorligini nazorat
qilish, kundalik yangiliklar yuzasidan qisqa suhbat,
davomatni aniqlash, dars shiori bilan tanishtirish – 6
daqiqa.
2. O‘quvchilarning yozma ish baholarini e’lon qilish
va uni jurnalga ko‘chirish – 5 daqiqa.
3. Har bir o‘quvchining bayonni yozishda yo‘l qo‘ygan
xatolarini aytib o‘tish, yozuv taxtasida o‘quvchilar bilan
ishlash; o‘quvchilarga xato yozgan so‘zlarini yozuv tax-
tasida yozdirish va so‘zlarning xatolarini kuzatib turgan
o‘quvchilarga tuzattirish, shu so‘zlar asosida o‘quvchi-
larga mustaqil bajarish uchun turli topshiriqlar (gap tu-
zish, ularni morfologik va sintaktik tahlil qilish, so‘zlar-
ning ma’nodoshi, shakldoshi yoki zid ma’nosini topish
kabi topshiriqlar bo‘lishi mumkin) berish – 30 daqiqa.
4. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish – 4
daqiqa.
Uyga vazifa: o‘tilgan mavzularni takrorlash va mus-
tahkamlash.
Umuman, maktab ona tili ta’limining bosh maq-
sadiga ko‘ra dars mashg‘ulotlari ta’lim oluvchida ijodiy-
lik, mustaqil fikrlash malakalarini chuqurlashtirib, ijodiy
fikr mahsulini nutq vaziyatiga mos ravishda og‘zaki va
yozma shakllarda, to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini
shakllantirish va rivojlantirishga qaratilmog‘i kerak. Bu
muhim vazifani amalga oshirishda ona tili ta’limi jara-
yonida tashkil etiladigan turli yozma ishlarning, xusu-
san, bayonning o‘ziga xos o‘rni bor.
1
M.Abduraimova, G.Ziyodullayeva. Bayonlar to‘plami. – Toshkent: Tafakkur, 2012.
20
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2020-yil 1-son
Metodik tavsiya
Odatda, kam qo‘llaniluvchi so‘zlar va atamalarning
ma’no doiralari ancha tor bo‘ladi. Shu ma’noda aynan
mumtoz adabiyot namunalarida uchraydigan so‘z va
ata malarning iste’molda kam qo‘llanilishi boy o‘zbek
adabiyoti tarixini o‘rganishda ayrim muammolarning
kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
Tilshunos olimlar tomonidan berilgan ma’lumot-
larga ko‘ra eng boy, rivojlangan tillardan biri bo‘lgan
o‘zbek tili zaxirasi yuz mingdan ortiq bo‘lgani holda
kundalik hayot da nutqda uch ming atrofida so‘z ishla-
tilib, nutqimizda qo‘llaniladigan so‘zlar miqdori tilimizda
mavjud so‘zlarning bir qisminigina tashkil etar ekan.
Jahon tillarida 400 ga yaqin yozuv mavjud bo‘lib,
shulardan biri Sharqda keng tarqalgan arab yozuvidir.
Bu yozuv o‘z xazinasida arab, fors-tojik, qadimgi turkiy
tillarda yaratilgan asarlar bilan bir qatorda o‘zbek adabi-
yoti tarixi namunalarining ham salmoqli qismini saqlab
kelmoqda. Tabiiyki, arab yozuvi tufayli Sharq xalqlari
tillaridagi ayrim arabiy, fors-tojikcha so‘zlar o‘zlashib,
o‘zbek mumtoz adabiyoti tilining boyib borishiga hissa
qo‘shdi. Natijada bugungi yoshlar, o‘quvchilar uchun
tushunilishi qiyin bo‘lgan murakkab matndagi asar-
ni o‘rganishda qiyinchiliklarga duch kelinmoqda. Shu
o‘rinda, bu murakkab matnlardagi manbalarni o‘quvchi-
larga talab darajasida yetkazish uchun muqobil usullar-
ga egamizmi, degan haqli savol tug‘iladi.
Bilamizki, mumtoz adabiyot namunalari asrlar davo-
mida ajdodlarimiz tomonidan mehr-muhabbat bilan
o‘rganib kelingan va o‘quv maskanlarining dasturlariga
kiritilgan. Adabiyotimiz qanchalik ko‘hna tarixga ega
bo‘lsa, ularni o‘rganishning usullari ham shunchalik
qadimiy. Xo‘sh, ajdodlarimiz tomonidan kashf qilingan
usullar qanday nomlangan? Asrlar davomida yaratil-
gan o‘qitishning sharqona usullari matndagi murakkab-
liklarni ochib berishga xizmat qilganmi? Shu masalani
o‘rganish asnosida manbalarga murojaat qilganimizda,
turli-tuman o‘qitish usullari mavjudligiga guvoh bo‘la miz.
Ma’lumki, Sharq adabiyoti namunalarining har sat-
ridan chuqur falsafiy, irfoniy, tarixiy, mantiqiy tushuncha-
lar o‘rin olgan. Asarlardagi bu ilmiy ishtibohlar ning maz-
munini sharh va izohsiz anglab olishning iloji bo‘lmagan.
Shu bois murakkab matnlarni, ehtiyojdan kelib chiqib,
sharhlab o‘qish usuli kashf etilgan. “Sharh” – asli arab-
cha so‘z bo‘lib, ochish, bayon qilish, oshkor qilish,
cheksiz kabi ma’nolarni bildiradi. Sharhlab o‘qish usu-
li tarixiy an’anaga ega bo‘lib, uning ilk namunalaridan
Qur’ondagi oyat va suralarni o‘rganishda foydalanil-
gan. Keyinchalik tasavvufiy ma’nolar bilan boyitilgan
badiiy adabiyot, xususan, she’riyatga xos diniy va dun-
yoviy qarashlarning o‘zaro bir-biri bilan uzviy bog‘liqligi
Do'stlaringiz bilan baham: |