saqlanib kelmoqda. M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit
Yoy munozarasi” kabilar shular jumlasidan. [2: 5]
42
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2020-yil 1-son
Kichik tadqiqot
Dedi: Qay chog‘din o‘lding ishq aro mast,
Dedi: Ruh ermas erdi tanga payvast.
Zamonaviy tilshunoslikda dialogik nutq butun bir
amaldagi nutqiy harakatlar birligi sifatida tadqiq etiladi
va undagi ishtirokchilarning ruhiy holati hamda aqliy
olami mushtarakligi, nutq so‘zlanayotgan vaziyat,
ohang, imo-ishora kabi tildan tashqari holatlar ta’siri
ham hisobga olingan holda tahlil etiladi. Shu bilan
birga dialoglarni xarakterlovchi belgilardan biri shakliy
va mazmuniy siqiqlik bo‘lib, kuzatishlardan ma’lum
bo‘ladiki, suhbatdoshlarning o‘zaro bir-birlarini yaxshi
bilishlari, olam haqidagi bilimlarining umumiy foni
suhbatning verbal tomoni qisqarishiga olib keladi.
Kinetik ifodalanishlar oldinga qarab siljiy boradi.
Misol:
– Sulton aka? – do‘rildoq tovush telefon trubkasini
zirillatib yubordi.
“Abdulla! Qayerdan bildi? Obbo!”
– Salom, – dedi dovdirab.
– Sulton aka, o‘zingizmisiz? – Bu safar jiyanining
ovozi hiyla ishonchli eshitildi.
– O‘zim, Abdullajon.
– E, yashang-e! Shunaqa bo‘ladimi! Ayting, bizning
gunohimiz ne? (X.Sultonov, “Ajoyib kunlarning birida”)
Mazkur suhbat ishtirokchilarining qarindoshlik,
qadrdonlik, hurmat kabi milliy belgilariga ko‘ra dialog
qisqa ifodalanishga ega bo‘ldi. Keltirilgan belgilarsiz
dialogning to‘liq verbal ifodasi quyidagicha bo‘lishi
mumkin edi:
– Allo.
– Allo.
– Assalomu alaykum.
– Assalomu alaykum. Sulton aka kerak edi, sizmisiz?
– Menman. Siz kimsiz?
– Abdullaman.
– Qachon keldingiz?
– Kecha keldim.
– Nega xabar bermadingiz?
– O‘zim.
– Xafa bo‘ldim. Yashang-e, shunaqayam bo‘ladimi!
Ayting, bizning gunohimiz ne?
Misolda tog‘a-jiyan his-tuyg‘ulari muloqot
jarayonining ixcham tus olishiga qanchalik sabab
bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. Qarindoshlik belgilarigina
emas, ruhiy yaqinlik sabab ham ular nutqidagi shakliy
ifodalanishlar qisqarib, mazmuniy jihatdan oldinga
chiqmoqda.
Yana bir misol:
Yuzi shishinqiragan, ko‘zlari ich-ichiga cho‘kkan,
ko‘ylak-shimi g‘ijim bir kimsa, Ramazon!
– Ha?! – dedim hovliqib, tahlika bilan.
– Keldim.
– Qanday? Hali, hali... vaqt bor-ku?!
Birinchi suhbatdoshning (Ramazonning do‘sti) jum-
lasi “Ha?!” so‘roq-taajjub ma’nosidagi so‘z-gapdan
iborat. Mazmunan (ishtirokchilarning oldingi umumiy
bilimlariga ko‘ra) “Sen nima qilyapsan bu yerda?” yoki
“Qamoqda eding-ku?!” gapiga hamohang, mazmunan
shunga teng. Savol bu tarzda qo‘yilmay, yuqorida nutqiy
vaziyat (suhbatdoshlarning umumiy ruhiy-ijtimoiy holati
haqidagi belgilar) berilganligi uchun savol beruvchi ni-
yatini birgina “Ha” so‘z-gapi bilan ifodalayapti. Chunki
ushbu nutqiy vaziyatda bu so‘z-gapning kommunikativ
qimmati yetarli. Boshqacha aytganda, “Ha”ning ichida
“Sen nima qilyapsan bu yerda? Qamoqda eding-ku?!”
gaplari mavjud. Bunday yopiq holdagi mazmunni man-
tiqshunos va tilshunos G.P.Grays “imlikatura” termini
bilan atagan edi [1: 219–220]. Implitsit (yashirin) tarz-
da ifodalanish eksplitsit (ochiq) tarzdagi ifodalanish-
ga qarama-qarshi qo‘yiladi. Imlitsit ifodalanishlar dia-
log jumlalariga siqiqlik bilan birgalikda tafakkurdagi
harakatlanishni jalb etadi, ma’noni chaqishga xohish
va ishtiyoqni uyg‘otadi. Tinglovchini hushyor va e’tiborli
qiladi. Bu dia logning jonliligi va hayotiyligini ta’minlaydi.
Implikatura inglizcha “bog‘lanish”, “aloqa” ma’nolarini
anglatadi. Bu jarayon muloqotda ishtirokchilar uchun
oldindan ma’lum bo‘lgan umumiy bilimlar orqali ke-
ladigan ma’noga ishorani anglatadi. Ko‘pincha bunday
yashirin, ishoraviy suhbat jarayoni ma’lum bir guruhda-
gi, umumiy ish faoliyatidagi, bir-biriga o‘zaro majburiy-ix-
tiyoriy bog‘lanishi bor suhbatdoshlar orasida kechadi.
Ularni umumiy “ssenariy”da mushtarak bog‘lab turuvchi
maqsadlar birlashtiradi. Shu o‘rinda dia loglardagi bir-
galik, umumiy maqsad uchun harakat qiluvchi shaxs-
larning nutqiy qadamlari umumiy yo‘l orqali manzilga
intilayotgan yo‘lovchilarni ko‘z oldimizga keltiradi. Har
bir “yo‘lovchi”ning alohida va umumiy maqsadlari mav-
jud bo‘lib, ular muloqot jarayonida yanada oydinlashib
boradi. Umumiylik tamoyiliga bo‘ysunish ishtirokchiga
aylanish sharti bo‘lib xizmat qiladi. Dono xalqimiz tili
bilan aytganda: “Biz bir kemadamiz”, degan naqlni es-
latadi. Ishtirokchilarning aqliy va ruhiy yakdilligi “man-
zil”ni yaqinlashtiradi, yangi “manzillar”ga yo‘l ochadi.
Aksincha holatlarda muvaffaqiyatsiz muloqot yuzaga
keladi. Insonlar bir-biridan uzoqlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: