38
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2020-yil 1-son
Kichik tadqiqot
horse round – vaqtni bekorga o‘tkazmoq;
horse of another (or a different) color – butunlay
boshqa masala, ish yoxud mavzu haqida;
on one’s high horse – o‘zgalarga past nazar bilan
qaramoq, takabburlik qilmoq;
o‘zbek tilida:
ot mindirmoq –
ot sovg‘a qilmoq;
ot-
day bo‘lib ketmoq – sog‘aymoq, kasallikni unutib yubor-
moq; otdan tushsa ham, egardan tushmaydi – ilgarigi
mavqe yoki martabasidan tushgandan keyin ham ta-
kabburligini tashlamaydigan odam; otni qamchilamoq
– zudlik bilan, fursatni qo‘ldan bermay harakat qilmoq;
ot talab, tuya qumlab – katta qiyinchiliklar bilan, zo‘rg‘a,
arang; otliqqa (ham) yo‘q – hech qayerda yo‘q, sira
topib bo‘lmaydi va hokazo. Shuningdek, otlanmoq fe’li
bilan jini (yoki ajinasi) otlanmoq, jini qo‘zg‘amoq – ta’bi-
ga, ko‘ngliga yoqmagan ish yoki gapdan jahli chiqmoq;
jig‘ibiyron bo‘lmoq.
Ko‘rinib turibdiki, madaniyatlarda to‘qnash kelgan
“ot” zoosemizmiga oid frazeologizmlar ingliz tilidagiga
nisbatan o‘zbek tilida miqdor jihatidan ko‘proq va tur-
li ijtimoiy-madaniy kontekstlarda qo‘llanilishi bilan farq
qiladi.
Til realiyalarining leksik-semantik xususiyatla-
rini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Realiyalar
lingvomamlakatshunoslikda keng iste’molda bo‘lishiga
qaramay, realiya tushunchasini ifodalovchi leksik bir-
liklarning lingvistik va ijtimoiy-madaniy tadqiqi har to-
monlama bahs-munozarali mavzu hisoblanadi. Realiya
tushunchasini madaniyatning moddiy ashyolari sifatida
faqat geografik keng tarqalganlik, madaniy-genetik, bi-
ror xalq madaniyatiga xoslik va milliylik nuqtayi nazari-
dan chegaralangan holda tasniflash orqali o‘rganish
to‘liq asosga ega emas.
Realiyalarni madaniyatning alohida o‘ziga xos qismi
sifatida tarixan jamiyatning iqtisodiy negizida moddiy va
ma’naviy boyliklarning jamlanishi va milliy til ishtirokida-
gi madaniy-genetik jihatidan mushtarak deb hisoblash
joiz. Shubhasiz, V.G.Kostomarov tomonidan realiyalar-
ga berilgan ushbu ta’rif ularni tasniflash va chegaralash
masalalariga aniqlash kiritishga xizmat qiladi.
Realiyalarga xos tushunchalarni ifodalovchi til vosi-
talarini lingvistik nuqtayi nazardan tavsiflashdan asosiy
maqsad realiyalarni obyektiv borliqdagi o‘zga predmet
va hodisalar deb qaramasdan, aksincha, obyektiv bor-
liqning referentlari va o‘ziga xos qismlari sifatida fikrlash
predmeti bilan til iborasining o‘zaro munosabatda
ongimizda aks etishini o‘rgatishdan iborat.
Umuman olganda, qiyoslanayotgan tillardagi obyek-
tiv realiyalarga xos leksikani ijtimoiy-madaniy aspekt-
da tahlil etishda ularning semantik strukturasidagi
refe rentlarga xos yagona (unikal) hamda umumiylik
(universaliya)dan iborat jihatlarni his etish, anglash va
farqlash talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: