Albatta, albatta! – deyishdi ikkalasi. (Cho‘lpon,
“Kecha va kunduz”)
Ushbu parchada qo‘llangan “Albatta, albatta!” modal
so‘zlari gapda yashirin ifodalangan axborotni ma’qullash
vazifasini bajargan. Ya’ni dialogik nutqdagi “Durust roq
bir narsa qilib qo‘ymasak bo‘ladimi?” ritorik so‘roq gapi
orqali yashirin ifodalangan “Durustroq bir narsa qilib
qo‘yishimiz kerak” presuppozitsiyasiga modal so‘zlar
yordamida munosabat bildirilgan. Modal so‘zlar gapda
o‘z grammatik ma’nosi asosida presuppozitsiyani shakl-
lantiradi. Bu xususiyat o‘zbek tilidagi ayniqsa, asosan,
jumladan, shuningdek, avvalo; ingliz tilidagi especially,
for example; rus tilidagi действительно, само сабой,
конечно modal so‘zlarida yorqin namoyon bo‘ladi.
O‘zbek tilidagi ayniqsa modal so‘zi o‘zi bog‘lanib kel-
gan so‘z bildirgan shaxs yoki narsani alohida qayd eta-
di.
5
Mazkur xususiyati asosida ayniqsa modal so‘zi gap-
da “ajra tib, chegaralab ko‘rsatish va umumga qo‘shish”
grammatik ma’nosini ifodalaydi. Ayniqsa modal so‘zi
ayni shu grammatik ma’nosi asosida gapda presup-
pozitsiyani hosil qiladi. Masalan, “Shu qish, ayniqsa,
qattiq kelgan edi” (A.Qodiriy, “Mehrobdan chayon”)
gapida modal so‘z orqali “Qish doim qattiq keladi” pre-
suppozitsiyasi ham ifodalangan.
Xullas, o‘zbek, ingliz, rus tillarida modal so‘zlar turli
ifoda birliklariga ega bo‘lsa-da, subyektiv munosabat bi-
lan bog‘liq modal ma’nolarni ifodalashiga ko‘ra umumiy-
likka ega. Nutqda ayrim modal so‘zlarning gap tarkibida
presuppozitsiyaga ishora qilib, uni semantik jihatdan
murakkablashtirishi kuzatiladi. Bunday vaziyatda modal
so‘zlarning pragmatik vazifasi namoyon bo‘ladi. Modal
so‘zlarga xos bu vazifalarning reallashuvi har qanday
holatda ham kontekst, nutq vaziyatini taqozo etadi.
1
Корди Е.Е. Модальные и каузативные глаголы в современном французском языке. – Ленинград.: Наука, 1988. – С. 13.
2
S.Boymirzayeva. O‘zbek tili matnning kommunikativ-pragmatik mazmunini shakllantiruvchi kategoriyalar: Filol. fan. d-ri …
diss. – Тоshkent, 2010. 157-bet.
3
S.Boymirzayeva. Baho faoliyati va uning matnda ifodalanishi // Хorijiy filologiya, 2008. 2-son. 10–21-betlar.
4
Ван Синсинь. Междометия и звукоподруния русского языка в функциональной соотнесении с китайскими. Белгород
2016.
5
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jildli. 80000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi / E.Begmatov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov, T.Mirzayev
va boshqalar. − Тоshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006. 1-jild. 57-bet.
veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
37
2020-yil 1-son
Kichik tadqiqot
Ma’lumki, tilshunoslikda tilning lug‘aviy boyligi-
ni ma’lum bir tizim sifatida o‘rganish va ilmiy jihat-
dan tasniflash usullari mavjud. Til leksikasining faol
qo‘llaniladigan va aynan milliy xususiyat (kolorit)ga
ega bo‘lgan guruhini tasavvur etish, aniqlash, tasnif-
lashga doir muammolarni hal etish muhim ahamiyat
kasb etadi. So‘zlarning mazkur guruhi dunyo tillari-
ning lug‘aviy boyligi sifatida mavjud va o‘zlariga xos
ma’no anglatuvchi jihatlari bilan farqlanadi. O‘ziga xos
so‘zlar guruhi ingliz va o‘zbek tillarida maxsus lug‘aviy
tarkib so‘zlari maqomida lingvomamlakatshunoslik (tili
o‘rganilayotgan mamlakat) leksikasi deb ataladi va ular,
asosan, til realiyalariga xos tushunchalarni ifodalaydi.
Shuningdek, mazkur soha lug‘aviy birliklari tarkibidan
onomastik leksika (toponimlar va antroponimlar), fraze-
ologizmlar va idiomalar ham joy olgan.
Ushbu soha lug‘aviy birliklarini lingvistik va ijti-
moiy-madaniy aspektlarda ingliz va o‘zbek tillari mate-
rialida qiyosiy tadqiq etish orqali ularning semantikasi-
dagi milliylikka xos belgilar aniqlanadi va shu asnoda
“o‘ziniki” va “o‘zganiki (begona)” degan tushunchalar
paydo bo‘ladi. Masalan, til birliklari vositasida ingliz
madaniyatiga xos tushunchaning o‘zbek o‘quvchisi
tasavvurida paydo bo‘lishida idrok etilayotgan tushun-
chaga nisbatan qiyoslash jarayoni kechadi (cross-cul-
ture influence). Lingvomamlakatshunoslik fani tili
o‘rganilayotgan xalqning moddiy va ma’naviy madani-
yatini namoyish etishda talabalarning faol ishtiroki va
ushbu xalq mentalitetiga xos xususiyatlarni teran ang-
lab olishlarini ta’minlaydi. Mazkur fanning nazariy jihati,
bir tomondan, til o‘rgatishning bir yo‘nalishi hisoblan-
sa, ikkinchi tomondan, tili o‘rganilayotgan mamlakat
haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Butun bir yaxlitlikdagi til tizimi, til va nutq me’yor-
lari tilning milliy-madaniy xususiyatlarini aks ettiradi.
Bu esa tilning kumulyativ funksiyasi orqali ro‘yobga
chiqadi. Kumulyativ funksiya til birliklarining barchasiga
xos bo‘lsa-da, lekin leksika sohasida yanada yaqqol-
roq namoyon bo‘ladi va bu, ko‘pincha, frazeologizmlar
hamda aforizmlar qo‘llanilishida kuzatiladi.
Milliy-madaniy xususiyatni o‘zida aniq ifoda eta ola-
digan maxsus lug‘aviy tarkib birliklari qatori quyidagicha
belgilanadi:
realiyalar – faqat bir madaniyatga xos bo‘lgan va
o‘zga madaniyatda uchramaydigan narsalar yoki hodi-
salarning nomlarini atovchi so‘zlar;
konnotativ leksika – asosiy ma’no jihatlari mos
keluv chi, biroq madaniy-tarixiy tasavvurda farqlanuvchi
so‘zlar;
milliylikka xos leksika – qiyoslanayotgan madaniyat-
ga o‘z analoglariga ega bo‘lgan narsa va predmetlarni
Do'stlaringiz bilan baham: |