Anguage and literature til va adabiyot



Download 38,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/126
Sana29.08.2021
Hajmi38,34 Mb.
#158840
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   126
Bog'liq
3-son

Usmonjon QOSIMOV,

Jizzax davlat pedagogika instituti dotsenti



TARIXIY HAQIQAT VA BADIIY TALQIN

gining rad etib bo‘lmas dalilidir. Nihoyat, Otabekning 

yolg‘iz farzandi Yodgorbek qismati va undan qolgan ikki 

o‘g‘ilning bittasi bu kunda (sovet davrida) Marg‘ilonning 

mas’ul ishchilaridan bo‘lib, “Ikkinchisi Farg‘ona bos-

machilari orasida ekan”ligi haqidagi muxtasar bayon 

ham o‘quvchini chuqur o‘yga toldiradi. Balki bu o‘lka-

mizda Oktabr inqilobidan keyin ham davom etgan talo-

to‘plar, bosqinchilik va zo‘ravonlik siyosatiga qarshi 

xalq qalbida uyg‘ongan haqli norozilik va mungli dardga 

ishora ekanligini sezgir o‘quvchi qalban his etadi.

Chorizm istilosidan keyin barcha mehnatkash xalq 

rus general-gubernatori, shahar hokimi va to‘ralarga 

qullarcha itoat etib, o‘z yurtida begonalardek yasha-

ganligi va aks holda turli jazolarga duchor qilinganligi 

Abdulla Qahhor asarlarida ham haqqoniy aks ettiril-

gan. Jumladan, yozuvchining hanuzgacha adabiyot-

shunoslarimiz diqqat-e’tiboridan chetda qolib kelgan 

“Tomoshabog‘” hikoyasi ana shu achchiq haqiqatni mo-

hirona tasvirlagani bilan alohida ajralib turadi. 1935-yil-

da yozilgan bu hikoyaga quyidagi mashhur satrlar epi-

graf qilib olingan: 



 

Ey bus-butun ayolati vayron o‘lon Vatan,

 Har go‘shasi zamonada zindon o‘lon Vatan.

 Bu dardli satrlar hikoyada tasvirlangan voqea 

zamiridagi katta fojianing mohiyatini ochishga yordam 

beradi. Asarda hikoya qilinishicha, qadoqchi Hamroqul 

cholning tobi qochib, uyiga borishga ham majoli kel-

may qoladi. Shunda usta Kulol degan keksa bir tanishi 

ko‘rib qolib, uni o‘zi qorovullik qiladigan “Romanovskiy” 

bog‘iga olib kiradi. Qayrag‘och soyasiga o‘tqazib, unga 

suv keltiradi. Hamroqul suvni ichib, biroz o‘ziga keladi. 

(Darvoqe, Toshkentning qoq markazida ilgarigi Inqilob 

xiyoboni yonidagi ko‘chalardan biri yaqingacha ham 

Romanovskiy deb atalar edi. Mustaqilligimizdan so‘ng 

bu nomlar o‘zgartirildi va endilikda Amir Temur haykali 

o‘rnatilib, temuriylar tarixi muzeyi barpo etildi).

Shu  payt  qayerdandir  kelib  qolgan  ofitser  bu  ikki 

mo‘ysafidni  tepib,  kaltaklay  ketadi.  Bu  ham  yetma-

ganday, mirshabni chaqiradi. Ikki mirshab Usta kulol 

bilan Hamroqul cholni butxonaning narigi tomonida-

gi mirshabxonaga qamab qo‘yadi. Kutilmagan bu vo-

qeaning tafsilotini hech kim aniq bilmaydi. Nihoyat, bir 

haftadan so‘ng “Turkiston o‘lkasi” gazetasida bu ikki 

bechora cholning “gunohi” ma’lum qilinadi: “O‘tgan 

23-sentabrda mazkur shaharda Russiya dahasidagi 



veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz

31

2020-yil 1-son



Tahlil

Romanovskiy bog‘ida ham shu qabilda beadablik sodir 

bo‘lgan. Chunonchi, sartiyalardan biri o‘zlariga sohiblik 

qilib turgan Rusiya to‘ralarining istirohatgohlariga kir-

gan, ya’ni nihoyatda beadablik qilgan”.

2

Hikoyani o‘qib chiqqan har bir esli-hushli odam 



hayratga tushadi: keksa, betob bir chol o‘z shahridagi 

bog‘ga kirib ozgina salqinlasa, bir qultum suv ichsa – 

buning nimasi “nihoyatda beadablik” ekan? Kishi o‘z 

yurtida begona bo‘lib, o‘z shahrining tomoshabog‘iga 

kirolmasa, bundan ortiq nohaqlik, bundan og‘irroq fojea 

bo‘larmikan? 

Hikoyada  ofitser  bilan  mirshablar  ham  odam-ku, 

zora rahmi kelib qo‘yvorishsa, degan umidda ular-

ga yalinib, ergashib borayotgan kampiriga Usta kulol 

shunday deydi: “Yig‘lama! Men bir turmadan ikkinchi 

turmaga o‘tayotibman, nega yig‘laysan?”. Jabrdiyda 

1

 Abdulla Qodiriy. G‘irvonlik Mallavoy. – Toshkent,



 1987. 357-bet.

Аbdulla Qahhor. Asarlar.1-t. – Toshkent,1967. 68-bet. 



cholning bu so‘zlari Rossiya imperiyasining arzandalari 

bo‘lmish rus harbiylarining o‘lkamizda o‘rnatgan g‘orat-

kor va zo‘ravonlik siyosatiga berilgan odilona ta’rif, xalq 

dilidagi adolatli hukm edi. Rossiya tarkibidagi Turkiston 

ham mashhur rus adibi Gersen iborasi bilan aytganda, 

“xalqlar turmasiga aylangandi”. Dilni ezuvchi bu lavha 

“madaniy” istilochilarning o‘lkamizdagi yurgizgan hukm-

ronlik siyosatidan, xalqqa o‘tkazgan zulmi va zug‘umi-

dan bir nishona. 

Qodiriy va Cho‘lpon, Qahhor va Tog‘ay Murod kabi 

millatparvar adiblarimiz ijodi xalqimiz boshidan kechir-

gan fojialarni unutmaslikka, milliy uyg‘onish va tikla-

nishdan milliy taraqqiyot sari yuksalib borayotgan bu-

gungi O‘zbekistonimizni va uning mustaqilligini buyuk 

ajdodlarimizday qadrlashga va unga sadoqat bilan xiz-

mat qilishga



 undaydi.

Insoniyat ilm-u ma’rifat yog‘dusida shariflik matlabi-

ga noil bo‘ladi. Bu xayrli xizmat ustoz zimmasiga buyuk 

mas’uliyatni yuklaydi. 

Yillar mobaynida ta’lim, tarbiya o‘rgatgan insonning 

halol, mashaqqatli mehnatini qadrlagan ilm-u tolib uni 

umri davomida unutmaydi. Ezgu maqsad yo‘lida zah-

mat, riyozat chekkan ziyolilar doim jamiyat taraqqiy-

otiga munosib hissa qo‘shganlar. Badiiy adabiyotda, 

jumladan, qissalarda o‘qituvchi, ustoz obrazi muayyan 

vazifani bajaradi. Ularning maslagi, tajribasi, sof vijdoni 

adiblar tomonidan teran yoritilgan. 

Chingiz Aytmatovning “Birinchi muallim” hamda 

Luqmon Bo‘rixonning “Sirli muallim” qissalari mohiya-

tiga nigoh tashlansa, mushtarak jihatlar ayonlashadi. 

Ch.Aytmatovning “Birinchi muallim” qissasida Duyshen 

ismli yigit ovuldagi bolalarga sidqidildan tahsil beradi. 

Ilm-u ma’rifatdan mosuvo ota-onalarni to‘g‘ri tashviq 

etadi, maktab binosini yolg‘iz tiklaydi, Qish qahratoni-

da suv kechib bolalarni yo‘lning quruq yeriga o‘tkazishi, 

sovuq sinfxonani isitib, darslarni astoydil o‘tishi, o‘quv-

chilar irodasini mustahkamlashga erishishi obrazning 




Download 38,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish