Anguage and literature til va adabiyot



Download 38,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/126
Sana29.08.2021
Hajmi38,34 Mb.
#158840
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   126
Bog'liq
3-son

Ra’no YAXYOYEVA, 

Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi 

10-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

MUTOLAA KUNDALIGI QANDAY TUTILADI? 

borishi  ke rak.  O‘quvchilardan mustaqil o‘qib o‘rgangan 

kitoblari ning ro‘yxatini yozib borishni talab qilish, buning 

uchun ularning shaxsiy kundalik daftar tutishini yo‘lga 

qo‘yish yaxshi natija beradi. O‘qituvchi bu kundalik daf-

tarni ham muntazam baholab boradi. Undagi baholar 

uchun bola ota-onalar homiyligida olingan sovg‘аlar 

– yangi kitoblar bilan rag‘batlantirib borilsa, nur usti-

ga nur bo‘ladi. Baholash va rag‘batlantirishda xolislik 

juda muhim. Shu bois baholash mezonlari puxta ishlab 

chiqi lishi  kerak.

O‘quvchilarda kitobga mehr uyg‘otish uchun ota-

ona larda kitobxonlik madaniyatini shakllantirib borish 

ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-onalar majlisi-

da kitobxonlik yuzasidan suhbat olib borish, kitoblar 

ko‘rgazmasini tashkil etish, ota-onalardan so‘rovnoma-

lar olish mumkin. 

O‘quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, nozik 

didli kitobxonni tarbiyalashda badiiy matn tahlilining 

o‘rni beqiyos. Muhokama chog‘ida badiiy asarni o‘qish, 

tushunish va tushuntirish, tahlil qilish kompetensiyalari 

rivojlantiriladi. Badiiy asar o‘quvchilarga turli davrdagi 

hayotiy voqealar, insonlararo munosabatlar bilan tani-

shish imkoniyatini beradi. Badiiy asar mazmuni, tuzi-

lishi va hajmiga qarab turli metod, usul va texnologi-

yalarning tanlanishi uning g‘oyaviy-badiiy mazmunini 

ochishda, o‘quvchilarning mustaqil xulosa chiqarishida 

muhim omil sanaladi. O‘yinli ta’lim usullari o‘quvchilar-

ning darsga qiziqishlarini kuchaytiradi, muammoni hal 

qilishga faol harakatlantiradi. Hatto sust o‘zlashtiruv-

chi o‘quvchilarni ham o‘z fikrlarini erkin bayon etish va 

himoya qilishga undaydi. Sinf o‘quvchilarining yakdil 

bo‘lib ishlashi ular o‘rtasida o‘zaro hurmat va bir-birini 

qo‘llab-quvvatlash munosabatlarini tarbiyalaydi. Xullas, 

hozirgi kun davr talabiga mos ravishda o‘qituvchi o‘z 

ustida muntazam mustaqil ishlash, kitobga qiziqtirish 

bo‘yicha yangi-yangi metodlarni yaratishni o‘zining aso-

siy maqsadlaridan biri sifatida belgilab olishi lozim. 




30

e-mail: til_adabiyot@umail.uz



2020-yil 1-son

Tahlil

Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor va Tog‘ay Murod 

ijodi va estetik qarashlari adabiyotshunoslikning muhim 

muammolaridan bo‘lgan tarixiylik va badiiy haqiqat mu-

tanosibligi masalasini ham o‘rganishga asos va man-

ba bo‘la oladi. Istiqlol tufayli yurtimiz tarixini haqqoniy 

o‘rganish va yoritish imkoni tug‘ildi. Jumladan, 

Prezidentimiz farmoni bilan 2019-yildan o‘z faoliyatini 

boshlagan “O‘zbekiston tarixi” telekanali faoliyati ham 

ana shu ezgu maqsadga qaratilgan. Sobiq sho‘ro davri-

da ijtimoiy-siyosiy hayotimizda bo‘lgani singari mafkura, 

tarix, adabiyot va san’at sohalarida ham ko‘plab jiddiy 

xato va chalkashliklarga yo‘l qo‘yilganligi endilikda bu-

tun murakkabligi va fojiasi bilan ayon bo‘lmoqda. 

Atoqli adibimiz Abdulla Qodiriyning 1922-yili o‘ziga 

xos jasorat bilan yozgan Mochalov haqidagi felyetoni 

ham adibning qanchalar haqgo‘y va millat qayg‘usini 

aks ettirgan realist yozuvchi ekanligini yaqqol namo-

yon etadi: “O‘tib ketdi o‘shal davrlaring: eski shahar 

ko‘chalarida muborak vujuding ko‘rinib qolsa, homila-

dor xotinlar bola tashlar, yig‘loq bolalar yig‘idan to‘xtar, 

dag‘dag‘ayi zolimoningni totig‘on benavolar dir-dir qal-

tirar edilar. Qo‘lingda qamchin, belingda oshpichoq, 

shopdak murtingning ostidag‘i sassiq og‘zingdan qi-

zingni... onangni... diningni, ota-bobongni... degan zikr 

oliylar doim favvora urar edi”.



1

Xalqimiz boshidan kechirgan bu fojia badiiy ada-

biyotda ham o‘z aksini topganligini ta’kidlash zarur. 

Chunonchi, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari 

xotimasida shunday deyiladi: “1277-yilning kuz kezla-

rida bo‘lsa kerak, Yusufbek hoji Qanoatshohdan xat 

oldi. Qanoatshoh Avliyootadan shunday deb yozar edi: 

“O‘g‘lingiz Otabek yana bizning kishi bilan qo‘shinda 

edi. Avliyoota ustidagi chor askarlari bilan to‘qnashuvi-

mizda  birinchi  safimizni  shu  ikki  yigit  oldi  va  urushda 

qahramonona shahid bo‘lishdi”. 

Asar boshida Rossiyadagi ba’zi ijobiy tartib va 

o‘zgarishlarga xayrixohlik bilan qaragan Otabekdek 

ilg‘or dunyoqarashli va komil insonning taqdiri bunday 

yakunlanishi bejiz emas edi. Ya’ni o‘z asarlarida or-

tiqcha tafsilotlarga o‘rin bermaydigan Qodiriy, aslida, 

mana shu epizod orqali ham tarixiy haqiqatni ifodalash-

ga muvaffaq bo‘lgan. Hijriy 1277-sana milodiy 1860-yil-

ga to‘g‘ri keladi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, Otabek kabi 

minglab yigitlarimiz vatanimiz himoyasi yo‘lida chor 

askarlari bilan Toshkent yaqinida bo‘lgan muqaddas 

janglarda halok bo‘lganligi ham Rossiya imperiyasi ning 

Turkistonda amalga oshirgan vaxshiylarcha xunrezli-


Download 38,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish