3. Qarz:
jang, olishuv, kurash (373-bet)). Ikkinchidan, lug‘at beri-
gan. Chunonchi, “Mumtoz asarlar lug‘ati”dan “ravon”
1. Tez:
2. Darhol:
3. Jo‘natmoq:
Har ne ish bo‘lg‘oni bayon etti,
Shoh Nu’mon sori ravon etti. (“Sab’ai sayyor”)
4. Yuruvchi:
5. Oquvchi (obi ravon – oqarsuv).
6. Jon:
8. Puxta, mukammal:
Chunonchi, bodraftor – 1. “Ayyor Samak” nomli xalq
veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
29
2020-yil 1-son
Tahlil
kitobi timsollaridan biri, mashhur izquvar. 2. Shamolday
tez yuradigan.
“Hoji kesal” o‘g‘li Bodraftor,
Dog‘ulikka, pand berur Kamakka. (“Ahli rasta” she’ri)
To‘rtinchidan, lug‘at tuzuvchilar bir qancha so‘zlarni
asl-sahih holiga qaytarishga uringanlar va lug‘atlarda
xato berilayotgan so‘zlarning to‘g‘ri shaklini qayd etish
payida bo‘lganlar, chunonchi, ihtishom-ehtishom, ihti-
mom-ehtimom, xo‘b-xub. Hatto ayrim so‘zlarni matn-
shunoslik nuqtayi nazaridan isloh qilib, misol sifatida ol-
ganlar. Masalan, o‘ttiz yildan buyon quyidagi baytda “bir-
ranglik” so‘zi “beranglik” tarzida nashr etib kelingan edi:
Birranglik – bir tusli, sidirg‘alik, sobitlik.
Faqr aro birranglik dushvor erur behad valek, xirqa-
da tikmak erur oson qizil, soriq yashil. (Navoiy)
Umuman olganda “Mumtoz asarlar lug‘ati” bugun-
gi ta’lim taraqqiyoti zamonida nafaqat maktab o‘quv-
chisi, o‘qituvchisi, akademik litsey, kasb-hunar kollej
o‘quvchilari, balki adabiyot ta’limiga ixtisoslashtirilgan
maktab o‘quvchilari, universitet va pedogogika institut-
lari talaba va professor-o‘qituvchilari uchun ham zarur
qo‘llanmadir.
O‘qish – eng yaxshi ta’lim. O‘qishsiz haqiqiy bilim
yo‘q. U tafakkurni chuqurlashtiradi. Yaxshi, qiziqarli ki-
tob ko‘p bilim beradi, ko‘p va yaxshi fikrlarni uyg‘otadi.
Goho odam yaxshi bir kitobni o‘qib tugatganida ruhiyati-
da o‘zgarish yuz berganini, hayotga boshqa ko‘z bilan
qaray boshlaganini his etadi. Yaxshi kitob o‘qigan odam
boshqa aqlli inson bilan suhbatlashgandek bo‘ladi, u
olijanob maslahatlar beradi, bizning jonli do‘stimizga
aylanadi. Yaxshi kitobni o‘qish bilan odam o‘zini yanada
kuchli, bilimli, nomus va oriyatli sezadi.
“Taraqqiy etgan xorijiy mamlakatlarda – kitobxonlik
fan darajasiga ko‘tarilgan. Kitobxonlik kitobni targ‘ib
qilishgina emas, balki kitob o‘qishni, o‘qiladigan kitobni
tanlay olishni, mag‘zini chaqishni, ya’ni kitob yordamida
o‘zini anglashni o‘rgatish hamdir”, – deb yozadi yozuv-
chi Xudoyberdi To‘xtaboyev.
Badiiy asar inson ruhiyati ga ta’sir qilib, uni ezgulik
sari boshlaydi. Buni his qilgan bobolarimiz o‘z farzand-
larini kitobga oshno qilib tarbiyalashgan. Kitob muto-
laasi o‘quvchi fikrini yanada charxlaydi, miyani quvvat-
lantiradi, Vatanga muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalaydi.
Kutubxonalarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz
haqidagi buyuk ajdodlarimizning badiiy, ilmiy, tarbiyaviy
asarlari saqla nib kelinmoqda. Hozirgi zamon o‘qituvchi-
si o‘quvchilarni ko‘proq kutubxonalarga jalb qilib, badi-
iy adabiyotlar o‘qitib, ularga kitob qalbni yorituvchi nur
ekanligini ang latishi, o‘qish, o‘qiganlarini aytib berish,
munosabat bildirish orqali nutq madaniyatini o‘stirish
mumkinligini uqtirishi lozim. O‘qituvchi o‘quvchilarning
qiziqishlariga qarab kitob tanlay olishi, mustaqil o‘qib
borishini nazorat qilishi, bu borada ularning maslahat-
go‘yi, sirdosh do‘stiga aylanishi lozim. Chunki bugungi
axborot oqimi ularning qizi qishini boshqa, foydasiz er-
maklar tomon burib yuborishi mumkin. Shuning uchun
o‘qituvchi o‘quvchining darsda o‘zlashtirgan bilimlar-
idan tashqari qo‘shimcha adabiyotlarni mustaqil mu-
tolaa qilish jarayoni monitoringini ham muntazam olib
Do'stlaringiz bilan baham: