qo‘llash, ulardan foydalanish yaxshi samara beradi. Ular
24
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2020-yil 1-son
Tahlil
Serqirra faoliyat sohibi, jahon xalqlari tarixida katta
rol o‘ynagan Amir Temur haqida turli talqin-u tavsiflar
va ko‘p hollarda bir-biriga zid qarashlar-u konsepsi-
yalar vujudga kelgan. XX asrning 90-yillariga qadar
bu buyuk zot haqida yozilgan badiiy asarlarga nigoh
tashlansa, aksariyat hollarda Amir Temur obrazi faqat
salbiy jihatdan tasvirlanganligini ko‘rish mumkin. Faqat
tariximizning o‘rta asrlariga oid nuqtalarini yaxshi bil-
gan A.Qodiriy, A.Fitrat, S.Ayniy, Oybek, M.Shayxzoda,
M.Osim, O.Yoqubov, P.Qodirov kabi ijodkorlargina Amir
Temur siymosini imkoni boricha, ya’ni hukmron sho‘ro-
lar mafkurasi ko‘targanicha, ijobiy jihatdan aks ettirish-
ga harakat qildilar.
Istiqlol tufayli o‘zbek adabiyotida Amir Temur obra-
zini yaratishga bir qancha shoir, adib va dramanavislar
o‘zlarining ulushlarini qo‘shdilar. Biz o‘zbek temurno-
masining istiqlol davri dramaturgiyasidagi badiiy qam-
rov darajasini ikkita dramatik asar tahlili misolida tad-
qiq etishga jazm qildik. Bular O‘zbekiston xalq shoiri,
O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning besh par-
dali “Sohibqiron” va O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil
Yoqubovning ikki parda, to‘rt ko‘rinishli “Fotihi muzaffar
yoxud bir parivash asiri” dramalaridir.
Endi savol tug‘iladi: Abdulla Oripov iste’dodli shoir,
Odil Yoqubov esa benazir nosir bo‘lsa, nega ular Amir
Temur haqida doston yoki roman yozmay, aynan drama
janriga murojaat etdilar? Bizningcha, Amir Temur hayoti
va faoliyatining jahonshumul ahamiyati haqidagi tari-
xiy, ilmiy va badiiy ma’lumotlarni sinchiklab o‘rganish,
muayyan badiiy-konseptual to‘xtamga kelish, sof liro-
epik yoxud epik planda yirik tarixiy va badiiy haqiqatni
to‘la uyg‘unlikda umumlashtiruvchi asar yaratish uzoq
muddatni qamrab oluvchi ijodiy jarayonni talab etar edi.
Drama esa o‘zining qator xususiyatlari bilan butun ha-
yoti dramatizmga to‘la Amir Temurdek jahongir shaxs
hayotini sahnada jonlantirish orqali uning dunyo xalqlari
taqdirida tutgan o‘rni va rolini nisbatan to‘laroq aks et-
tirishga qodir janr ekanligini har ikki adib ham nozik
ilg‘adilar.
Shoir Abdulla Oripov dramadagi badiiy tasvirni yana-
da kuchaytirish maqsadida asarga tarixiy rivoyatlardan
birini tuzatishlar bilan kiritadi. Ma’lumki, rivoyatlardan
birida aytilishicha, Amir Temur mashhur fors-tojik shoiri
Hofiz Sheroziyninig:
Agar ko‘nglumni shod etsa o‘shal Sheroz jononi,
Qora holiga baxsh etgum Samarqand-u Buxoroni, –
Do'stlaringiz bilan baham: