– milliy va umummadaniy: vatanga sadoqatli,
insonlarga mehr-oqibatli, milliy va umuminsoniy qad-
riyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlari-
ni tu shunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va
sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqati, halollik,
mehnatsevarlik kabi fazilatlarni shakllantirish;
– matematik savodxonlik, fan va texnika yangi-
liklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish: aniq
hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy,
kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, inson mehnati-
ni yengillashtiradigan, unumdorlikni oshiradigan, qulay
shart-sharoitga olib keladigan va texnika yangiliklaridan
foydalana olish layoqatlarini shakllantirish;
Dars turi: yozma nazorat.
Do'stlaringiz bilan baham: |