1. O‘qish texnikasi. Bu parametr orqali o‘quv-
chilarning notanish matnni ifodali o‘qiy olish ko‘nikmasi
aniqlanadi.
2. O‘zgalar fikri va matn mazmunini anglash
mala kasi. Bu parametr o‘zgalar fikri va matn mazmuni-
ni anglash hamda uni og‘zaki bayon qila olish darajasini
aniqlaydi.
3. Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
Bu parametr bo‘yicha ta’lim sifatining natijasini baho-
lashda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchi egallagan quyida-
gi ko‘nikmalarning darajasi aniqlanadi:
a) fikrning mantiqiy izchillikda ifodalanganligi;
b) fikrlash, mavzuning murakkablik darajasi;
d) tavsifning mavzuga muvofiqligi va tavsifning qiy-
mati;
Do'stlaringiz bilan baham: |