veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
15
2020-yil 1-son
Metodik tavsiya
Matn to‘g‘ri va chiroyli tuzilishi uchun bir qahcha
jihatlarga e’tibor qaratish talab etiladi. Birinchidan,
so‘z tanlash. Matnda so‘z tanlash, zarur so‘zni boshqa
ma’nodagi so‘zlar sirasidan ajratib olish muhim
ahamiyat kasb etadi. So‘zlar matn turi va maqsadiga
ko‘ra tanlanadi: publitsistik matn uchun siyosiy-falsafiy
ruhdagi o‘tkir, ta’sirchan so‘zlar, ilmiy matn uchun
termin xarakteridagi atama so‘zlar, badiiy matn uchun
esa badiiylik bo‘yog‘iga ega so‘zlar olinadi. Badiiy
matnning nasr va nazm ko‘rinishlaridagi til xususiyatlari
ham bir-biridan birmuncha farq qiladi. Tanlangan so‘z
adabiy tilga xos, nutq madaniyati me’yorlari doirasida
bo‘lishi lozim, chunki har qanday matn – tarbiyalovchi
omil, u tinglovchi va o‘quvchilarda to‘g‘ri so‘zlash va
to‘g‘ri yozish ko‘nikmalari, savodxonlikni shakllantiradi.
Tilning eng katta boyliklaridan biri sinonimlar bo‘lib,
bunday so‘zlar orasidan matn uchun eng maqbulini
tanlash ham mas’uliyat talab etadi. Chunki har bir so‘z
o‘zining ma’nodoshidan nozik ma’no qirralari, “stilistik
bo‘yog‘i” bilan ajralib turadi. Bu farqlarni ilg‘ash, sezish
uchun ularning qo‘llanishini bir-biriga qiyoslab ko‘rish
kerak bo‘ladi. Masalan: “olam”, “dunyo” va “jahon”
so‘zlarini olaylik. Ular ham sinonim so‘zlar. Biroq
qiyoslang: “Olamga sayohat” – “Jahonga yoki dunyoga
sayohat” emas, “Dunyo voqealari” – “Olam voqealari”
emas, “Jahonga tinchlik!”ni “Olamga tinchlik!” bilan
almashtirib bo‘lmaydi.
Matn tuzishda amal qilinishi kerak bo‘lgan yana
bir jihat – bu qo‘shimchalar va yordamchi so‘zlardan
to‘g‘ri foydalanish. Bunda grammatik me’yorlar tilning
grammatik qonun-qoidalariga asoslanadi. Tilning
grammatik qonuniyatlari esa leksikaga nisbatan
barqaror. So‘zlar davr ruhini aks ettiradi, shuning
uchun o‘zgaruvchan hisoblanadi, grammatika esa yillar
o‘tgan sayin takomillashib, rivojlanib boradi, undagi
o‘zgarishlar sekin kechadi.
Lug‘at boyligidagi o‘zgarishlar ham, grammatik
me’yorlardagi o‘zgarishlar ham eng avval gazeta-
jurnallar sahifalaridagi matnlarda ko‘rinadi. Bir shakl
o‘rnini boshqasi egallashi, ikki qo‘shimchaning birlashib,
bittaga aylanishi (-moqda, -uvchi, -vchi, -digan, -dagi,
-gacha) yoki, aksincha, bir qo‘shimchaning fonetik
variantlari ikki mustaqil qo‘shimchaga aylanib ketishi
(-guncha va -gancha,-lik va -liq, -ur va -ar) kabi
hodisalar, avvalo, matbuot, radio matnlarida boshlanib,
keyin ommalashadi va boshqa nutq turlarida ham
qo‘llana boshlaydi. Bugungi kunga kelib bu hodisalar
grammatik me’yor bo‘lib qoldi.
-cha qo‘shimchasi kichraytirish, ba’zan erkalash
ma’nosini beradi. Bu qo‘shimchani faqat kichraytirib
bo‘ladigan jism, buyum nomiga qo‘shish mumkin. Lekin
mana bu misolda kichraytirish emas, ingichkalash
Do'stlaringiz bilan baham: