Darsda foydalaniladigan jihozlar: darslik, tarqat-
malar, vatman qog‘ozi, flomasterlar, slaydlar, gul
yaproq lari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
Oʻquvchilar bilan salomlashilgach, davomat
aniqlana di, sinf xonasining tozaligi va oʻquvchilarning
darsga tayyorgarligi koʻzdan kechiriladi. Dars musoba-
qa usulida olib borilishi e’lon qilinib, sinf oʻquvchilari
“Ilmlilar”, “Ziyolilar”, “Zukkolar” kabi guruhlarga
boʻlinadi.
O‘quvchilar dars davomida har bir to‘g‘ri javob uchun
1 balldan to‘plab borishlari eslatiladi.
II. O‘tgan mavzuni mustahkamlash.
“Eng chiroyli nutq” usuli yordamida eng chiroy-
li nutq egasi aniqlanadi. Buning uchun har bir guruh-
dan bittadan o‘quvchi tanlab olinadi va “Lison ut-tayr”
dostonidan yod olingan parcha ifodali o‘qitiladi. Bunda
nutqiy kompetensiya shakllantiriladi.
Shundan so‘ng o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni
qay darajada o‘zlashtirganliklarini bilish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |