1. Griesbach, Heinz. Kleines Lexikon zur deutschen Grammatik. Deutsch als Fremdsprache. – München: Iudicum, 1993.
– S. 130.
2. Виноградов В.В. Об основном словарном фонде и его словообразующей роли в истории языка // Виноградов В.В.
Избранные труды: Лексикология и лексикография. – Москва: Наука, 1977. – С. 168.
3. Гак В.Г. Теоретическая грамматика французского языка. – Москва: Добросвет, 2000. – С. 260.
4. Матезиус В. Пражский лингвистический кружок. – Москва: Прогресс, 1967. – С. 201.
5. J.D.Eltazarov. O‘zbek tilida so‘z turkumlari paradigmasidagi o‘zaro aloqa va ko‘chish hollari. – Тоshkent: O‘zbekiston
Milliy ensiklopediyasi, 2006. 168-bet.
veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
35
2020-yil 1-son
Tadqiqotlar
Modal so‘zlarning so‘zlovchi munosabatini aks ettiri-
shi ular pragmalingvistikaning tahlil obyekti ekanligidan
dalolat beradi. Shuningdek, modal so‘zlarning dialogik
nutqda tushirib qoldirilgan kesim vazifasini ado etishi
va buning natijasida nutq vaziyati bilan bog‘liq propozit-
siyani ifodalashi nafaqat semantik-sintaktik, balki prag-
malingvistik aspektga ham oid muammo sanaladi. Bu
jihatdan modal so‘zlarning pragmatik vazifasi doirasini
quyidagicha belgilash mumkin:
1) nutq egasining baho munosabatini ifoda etish;
2) ellipsisga uchragan gap yoki uning kesimi signa-
lizatori vazifasini ado etish;
3) presuppozitsiya signalizatori vazifasida qo‘llanish.
Modal so‘zlar munosabatni ifodalovchi so‘zlar
bo‘lgani bois nutq egasi, ko‘pincha, bu so‘zlar orqali vo-
qelikka salbiy yoki ijobiy baho ham beradi. Bunday vazi-
yatda modal so‘zlar pragmalingvistikaning tekshirish
obyekti hisoblanadi. E.E.Kordining fikricha, uzatilayot-
gan axborotning haqiqiyligiga so‘zlovchining ishonchi-
ni belgilovchi bahoning ifoda vositalaridan biri modal
so‘zlardir.
1
Biroq modal so‘zlar nafaqat so‘zlovchining
ishonchi, balki gumoni, taajjubi kabilarni ham ifoda-
laydi. S.Boymirzayeva ham axborotning ishonchli yoki
ishonchsizligini aks ettiruvchi epistemik modallikning
ifo da vositalari qatoriga performativlar bilan birga mo-
dal so‘zlarni ham kiritadi. Uning fikricha, modal so‘zlar
ham xuddi performativlar kabi axborotning ishonchlilik
darajasini belgilash vositasi sanaladi, ammo ularning
tarkibida baho subyekti o‘z ifodasini topmaydi.
2
Modal so‘zlar nutq egasining pragmatik maqsadi
talabi bilan uning voqelikka nisbatan salbiy yoki ijobiy
bahosini ham aks ettirishi jihatidan ahamiyatga ega.
Mo dal so‘zlar orqali ifodalangan baho nutq egasining
voqelikka bergan bahosi hisoblanadi. S.Boymirza-
Do'stlaringiz bilan baham: