Orol-davlat hisoblanishiga qaramasdan oʻrta asrlarda Angliya qitʼadan kelgan koʻplab hujumlarga nishon boʻlgan, buning sababi esa unda XVI-asrgacha harbiy dengiz flotining yoʻqligi edi. Angllar va sakslar Britan orollariga Germaniyadan kelishgan. Ularning harbiy otryadlarini bu yerga Rim imperiyasidan mustaqillikka erishib, oʻz qirolliklarini tuzgan mahalliy britan hukmdorlari chaqirishgan. 1066-yilda fransuz normannlari tomonidan yana bir Angliyaning egallanishi amalga oshirildi, shundan soʻng normannlar yetakchisi gersog Vilgelm I Istilochi yangi sulolaga asos solib, angl-sakslarning yerlarini fransuz baronlariga boʻlib berdi. Angl-sakslar va brittlarning yerlari bilan cheklanmagan Vilgelmning davomchilari 1282-yilda oʻz qirolliklariga Uelsni qoʻshib olishdi, 1169-yilda esa Irlandiyani kolonizatsiyalashni boshlashdi[3]. XVIII-asrda Shotlandiya Angliyaga teng huquqli davlat sifatida qoʻshildi. Ingliz qirollari Yuz yillik urush davomida magʻlubiyatga uchrab Fransiyadagi hududlardan ayrilishlarigacha qitʼada Fransiyaning yarmiga egalik qilib, fransuz taxtiga davogar boʻlishgan. Fransiyaning kuchayishi ingliz zodagonlari orasidagi boʻlinish paytiga toʻgʻri keldi. Buning natijasida Angliyada Qizil va Oq atirgul urushi roʻy berdi va Tyudorlar sulolasi asoschisi Genrix VII tomonidan yangi istiloga uchradi.
Britaniyaning yevropadagi mustamlakalari.
Kolumbning muvaffaqiyatli kashfiyotlaridan soʻng, 1496-yilda qirol Genrix VII Jon Kabotni Osiyoga yangi savdo yoʻllarini topishga joʻnatadi[1]. Xuddi Kolumbga oʻxshab, Kabot 1497-yilda Nyufaundlendga yetib uni Osiyo qirgʻogʻi deb oʻylaydi va bu habar bilan oʻz yurtiga qaytadi[4]. Ammo, bir yildan keyingi sayoxatdan uning kemasi qaytib kelmaydi[1].
Shu bilan Yangi Dunyoga inglizlarning sayohatlari ancha paytga toʻxtaydi. XVI-asrda Angliyani reformatsiya zir titratadi, shu sababli ingliz-ispan munosabatlari keskinlashadi va bu oʻz navbatida Anglo-Ispan urushiga olib keladi. 1562-yilda britan hukumati janubiy dengizlarda qul sotish va qaroqchilik bilan omadli shugʻullanayotgan qaroqchilar Jon Hokins va Francis Drakegakaperlik patentini beradi. Natijada ularning dengizchilikdagi sanʼatlari britan harbiy dengiz flotini yaratishda xizmat qildi va ingliz tojiga xizmat qilgan koʻplab qaroqchilarga namuna boʻlib xizmat qildi[1]. 1578-yilda Elizabeth IGilbert Hemfriga shunday kaperlik patentini taqdim qildi[5]. Oʻsha yiliyoq Gilbert Shimoliy Amerikada koloniyalarga asos solish va qaroqchilik bilan shugʻullanish maqsadida Vest-Indiyaga yoʻl oladi, ammo, u Atlantikani kesib oʻtmasidanoq sayohat tugaydi.