Anesteziologiya asoslari haqida tushuncha



Download 85,25 Kb.
bet10/20
Sana03.07.2022
Hajmi85,25 Kb.
#737258
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
ANESTEZIOLOGIYA ASOSLARI HAQIDA TUSHUNCHA

Neyroleptanalgeziya


Neyroleptanalgeziya - anesteziyaning bir ko’rinishi bo’lib, asosan droperidol va fentanil vositasida vujudga keltiriladi.
Droperidol - neyroleptik bo’lib, chukur neyrovegetativ tormozlanish - neyrolepsiya hosil qiladi. Neyrolepsiya - markaziy relaksatciya, ruxiy va emotcional befarqlik zaminida qo’rquv va xavotirlanish sezgisi yo’qligi bilan ifodalanuvchi holatdir. Bemor neyrolepsiya holatida hushida bo’ladi va og’riq hamda taktil sezgilarni qabul qiladi, biroq javob reaktciyasining emotcional komponenti sust yoki sezilmas bo’ladi. Droperidol bir marta yuborilsa. Neyrolepsiya 2-3 soatga cho’ziladi, maksimal neyroleptik samara esa 30 min mobaynida kuzatiladi. Fentanil 15-20 min davomida kuchli analgetik ta`sir etadi. Kuchli analgetik samarasi hamda qisqa ta`sir etishi fentanilning qimmatli xususiyati hisoblanadi. Venaga yuborilgandan 1-2 min. teri ostiga yoki mushaklar orasiga yuborilgandan 15-20 min o’tgach fentanilning ta`siri namoyon bo’ladi.
Neyroleptanalgeziya har qanday neyroleptik va analgetik vositasida o’tkazilishi mumkin. Chet elda talamonal qo’llaniladi. Bu preparatning 1 ml eritmasi 0,05 mg fentanil va 2,5 mg droperidoldan iborat. Qon aylanishi, jigar va buyrak etishmovchiliklari bor keksa va zaiflashgan bemorlarda neyroleptanalgeziya qo’llanilishi lozim.
Neyroleptanalgeziya o’tkazish uchun premedikatciya tarkibida atropin sulfatidan tashqari 0,05 mg fentanil va 2,5-5,0 mg droperidol anesteziya boshlashdan 40-50 min oldin mushaklar orasiga yuboriladi. Azot oksidi va kislorod (3:1 yoki 2:1 nisbatda) ingalyatciyasi zaminida amneziya va analgeziya alomatlari paydo bo’lgach bemorning venasiga 15-20 mg droperidol, keyin 0,1 mg/kg hisobidan fentanil yuboriladi. Fentanildan 3-4 min oldin 3-5 mg tubarin yuborilsa mushaklar rigidligining oldi olinadi. Intubatciya jarayoni uchun listenon 0,2-0,3 mg/kg dozada (yoki ditillin) ishlatiladi. O’pka sun`iy ventilyatciyasi azot oksidi va kislorod ingalyatciyasi zaminida o’tkaziladi. Anesteziyaning zarur sathini ushlab turish uchun fentanil (1-2 ml) va droperidol (1-2 ml) yuborilib turadi. Arterial qon bosimining kutarilishi va yurak urishinint tezlashishi droperidol va fentanilning navbatdagi dozasi yuborilishi zarurligidan dalolat beradi. Jarrohlik amaliyotining tugashiga 30-40 min qolgach fentanil yuborilishi to’xtatiladi.
Mustaqil nafas olish zaminida neyroleptanalgeziya o’tkazish uchun fentanil va droperidol dozalari kamaytiriladi va qo’shimcha tarzda mahalliy anesteziya ishlatiladi.

Ataralgeziya


Ataralgeziya-ataraktik (trankvilizator) va analgetik preparatlarni qo’llash vositasida vujudga keltiriladi. Ataraktik preparatlar diazepam (seduksen, valium) ta`siridan ataraksiya (dilxiralik) degan holat kelib chiqadi. Ataraksiya zaminida analgetiklar (fentanil, dipidolor va h. k.) yuborilishi va azot oksidi (metoksifuran, trilen va h. k.) ingalyatciyasi analgeziya va amneziyani ta`minlab tursa, miorelaksant yuborilib sun`iy mioplegiya hosil qilinsa, anesteziyaning asosiy komponentlari mujassamlashadi va turli amaliyotlarni bajarish uchun sharoit yaratiladi.


Ataralgeziya ko’p xususiyatlari bilan neyroleptanalgeziyaga yaqin turadi. Diazepam sedativ, mushaklarni bo’shashtiruvchi va antikonvulsiv ta`sir ko’rsatadi, qon aylanish va nafas olish sistemalariga deyarli ta`sir ko’rsatmaydi.
Ataralgeziya o’tkazish uchun diazepam 0.2-0,3 mg/kg dozada natriy xloridning izotonik eritmasida suyultirilib, venaga 1-2 min davomida yuboriladi. Azot I oksidi va kislorod 2:1 -3:1 nisbatda ingalyatciya qilinadi. Shu zaminda dipidolor (10-15 mg) yoki fentanil (0,1 ml/kg), 5-6 mg tubarin, keyin 0,2-0,3 mg/kg dozada listenon (yoki ditillin) yuboriladi va traxeya intubatciya qilinadi.
Anesteziyaning zarur sathini saqlab turish uchun o’pka sun`iy ventilyatciyasi zaminida 2:1 nisbatda azot I oksidi va kislorod ingalyatciya qilinadi. 10-15 mg tubarin (arduan, pavulon) va har 30-50 min da 5 -7,5 mg dipodolor, har 1,5 soatda 2,5-5 mg diazepam yuborilib turadi.
Diazepam va tubarinning oxirgi dozasi amaliyot tugashidan 50-60 min oldin, analgetik esa 20-30 min oldin yuboriladi. Teriga oxirgi chok qo’yilgan zahoti azot I oksidining ingalyatciyasi to’xtatiladi.



Download 85,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish