Androtsey haqida tushuncha. Chang donachasining tuzilishi va rivojlanishi (mikrosporagenez). Aliyev Iqboljon Reja - Androtsey haqida tushuncha. Chang donachasining tuzilishi va rivojlanishi (mikrosporagenez).
- Mikrospora, uning tuzilishi, hosil bo’lishi (mikrosporogenez).
- Erkak gametofitning rivojlanishi (mikrogametogenez).
Androtsey tushunchasi - Guldagi muhim a’zolari changchilar va urug’chilardir. Guldagi changchilar yig‘indisi androtsey deyiladi (yunoncha so’zdan: “andros” - erkak, “oikos” – uy, makon). Bazi bir gullarda androtsey bo‘lmasligi mumkin, bunday gullar bir jinsli urg‘ochi gullar deyiladi.
- Bir jinsli erkak gullarida esa faqat androtsey bo‘ladi. Gulda bittadan tortib bir necha 10 tacha changchilar bo‘lishi mumkin. Masalan arxideyadoshlar oilasi vakillarida 1 changchi, burchoqdoshlar oilasiga 10 tagacha changchi, ra’nodoshlar va gulxayridoshlar oilalarida ko’p sonda bo‘ladi. Biroq ko‘pchilik gullarda changchining miqdori 3, 4, 5, 6, yoki 10 ta bo‘ladi. Changchining ontogenez davrida u o‘sish nuqtasida bo’rtma shaklida akropetal (ya’ni ostidan yuqoriga qarab) yoki bazipetal (ya’ni uchidan ostiga karab) hosil bo‘lishi mumkin.
Dastlab changdon, keyin oraliq o’sish hisobiga chang ipi rivojlanadi
Androtsey xillari:
1-to'rt stillik (ustunchali) changchilar (karamdoshlar); 2-ikki stillik (yalpizdoshlar); 3-ikki to’dali changchilar (burchoqdoshlar); yopishib naycha hosil qilgan changchilar (qoqio’tdoshlar).
Changdon va uning tuzilishi.
Tapetum
Changdon tashqi tomondan epiderma bilan qoplangan. Epiderma ostida hujayra po’sti-ikkilamchi tuzilishga ega bo‘lgan bir qavat hujayralardan tashkil topgan endotetsiy (fibrioz) joylashadi, u quriganda chang uyachalari ochiladi. Endotetsiy ostidan chuqurroqda 1-3 qavat yupqa po‘stli mayda hujayralar qatlami joylashadi, changdonning ichki qavati tapetum deb ataladi
Arxesporiy
Tapetum hujayralari mikrosporalarni hosil qiluvchi ona hujayralar (mikrosporatsitlar) uchun ozuqa bo‘lib xizmat qiladi, chang xaltalarida mikrosporalar va changlar hosil bo‘ladi. Keyinchalik uya hosil bo’ladigan joyda subepidermal qavat hujayralar kelib chiqadi. Bu qavatdan arxesporiy deb ataladigan maxsus to’qimaning shakllanishiga olib keladi.
Arxesporiya
Mikrosporalar esa mikrosporangiylardagi mikrosporotsitlar hujayralarining meyoz bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi. Mikrosporatsitlarning o‘zlari esa changdonning yetilishi davrida arxesporiya hujayrasidan shakllanadi. Dastlabki arxesporiya hujayralari katta yadro, yadrocha va sitoplazma bilan to‘lgan bo‘ladi. Chang arxesporiyalarida 1,2 va hattoki bir necha yadrolar uchrashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |