Andilon Mashinasozlik instituti transport va logistika fakulteti mehnat muhovfazasi va texnika xavfsizli 30-20 gruh talabasi mamirov izzatillo ning Elektr xavfsizligi fanidan mustaqil ishi Qabul qildi: Boltaboyev. I Topshirdi: Mamirov. I Mavzu: Elektrdan muhfazalovchi asosi izolyasiya vositalari - Reja:
1) Elektrdan muhofazalovchi vositalar 1. Elektr qurilmalarida qo‘llaniladigan muhofaza vositalariElektr qurilmalarida ishlayotganlar uchun muhofaza vositalarining eng mukammal qilib bajarilganlari ham ba’zi bir hollarda elektr xavfsizligini to‘la ta’minlay olmaydi. Masalan, elektr toki o‘tkazgichlari yaqinida ishlayotgan kishilar, agar bu elektr o‘tkazgichni mustahkam tok o‘tkazmaydigan muhofaza qobiqlari bilan jihozlamasa, elektr xavfi bo‘lishi aniq. Shuningdek, ba’zi bir ishlarni elektr tokini o‘chirmagan holda bajarishga to‘g‘ri keladi, bunda elektr asboblarining tutqichlarini muhofazalash talab qilinadi. Ba’zi bir hollarda esa elektr tarmoqdarida elektr kuchlanishni uzib, remont ishlarini bajariladi. Bunday hollarda bilmasdan tokni ulab yuborish xavfli vaziyatlarga olib keladi. Yuqorida sanab o‘tilgan holatlarning har biri o‘ziga yarasha muhofaza vositalari va asboblaridan foydalanishni taqazo etadi. Muhofaza vositalari shartli ravishda uch turga bo‘linadi: muhofaza qobiqli, to‘siq va saqlovchi vositalar. 1. Muhofaza qobiqli elektrdan saqlovchi vositalar ikki turga bo‘linadi: a) asosiy muhofaza qobiqli vositalar - uzoq vaqt elektr kuchlanishlari ta’sirida ishlashi mumkin bo‘lgan va elektr kuchlanishidan muhofaza qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan vositalar. Ular bilan elektr kuchlanishga ega bo‘lgan o‘tkazgichlarda elektrni uzmasdan ishlashga ruxsat etiladi. Bunday vositalarga rezinadan qilingan qo‘lqoplar, dastasi muhofaza qobiqlari bilan jihozlangan elektr asboblari, muhofazalangan shtangalar, elektr o‘lchash asboblari, shuningdek, muhofazalangan kuchlanishni o‘lchash asboblari kiritiladi. - kuchlanish 1000 V dan oshmaydigan elektr qurilmalarida - elektr o'tkazmaydigan rezina qo'lqoplar, dastasi izolyatsiyalangan asboblar va tok izlagichlar; - 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida - izolyatsiyalovchi shtangalar, izolyatsiyalovchi va tok o'tkazuvchi ombirlari, shuningdek, yuqori kuchlanishni ko'rsatkichlar. b) yordamchi elektr tokidan muhofaza qiluvchi vositalar - elektr tokidan to‘liq himoya qila olmaydigan, lekin elektr ta’sirini qisman kamaytirish imkoniyatiga ega bo‘lgan vositalar. Ular asosiy vositalarga qo‘shimcha ravishda ularning muhofaza qobiliyatini oshirish uchun xizmat qiladi. Yordamchi muhofaza vositalariga dielektrik kalishlar, gilamchalar oyoq ostiga qo‘yiladigan quruq taxtadan qilingan tagliklar va boshqalar kiradi. - kuchlanishi 1000 V dan oshmaydigan qurilmalarda - izolyatsiyalovchi poyandozlar va tagliklar; - kuchlanish 1000V dan katta bo'lgan qurilmalarda - botiklar va tok o'tkazmaydigan qo'lqoplar.
Do'stlaringiz bilan baham: |