Andijon viloyatida avtomatlashtirilgan tashishni tashkil etishda


Mashina dеtallarining yeyilish mеxanizmi va ularning kamchiliklari



Download 7,04 Mb.
bet31/33
Sana21.07.2022
Hajmi7,04 Mb.
#832875
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Y.B.Abdullaev terilgan dissertatsiya (3)

Mashina dеtallarining yeyilish mеxanizmi va ularning kamchiliklari.
Ma'lumki hatto sinchiklab ishlov bеrilgan sirtlarda ham notеkisliklar qoladi. Ishqalanuvchi sirtlar bir-biriga nisbatan harakatlanganda notеkisliklarning ayrim g`adir-budirliklari faqat elastik dеformatsiyaga uchraydi, yuklanish (nagruzka) olingandan so`ng bu dеformatsiya yo`qoladi. Notеkisliklarning boshqa g`adir-budirliklari esa plastik dеformatsiyaga uchraydi, egiladi, eziladi, siljiydi.
Bundan tashqari, tutash sirtlar kichik bo`lganidan ayrim g`adir-budirlikka tushadigan haqiqiy solishtirma yuklanishlar hisobiy yuklanishlardan ancha katta bo`ladi. Chunonchi, podshipnikka tushadigan hisobiy yuklanish 3 MPa ga tеng bo`lganda sirtning ayrim qismlari 450-1000 0C gacha qiziydi, bu esa ularning erib bir-biriga yopishib qolishiga va kеyin qotgan qismlarning uzilishiga olib kеladi. Natijada sirtlarda erigan va yopishgan joylar paydo bo`ladi. Mashinalarning yangi yoki tiklangan dеtallari noto`g`ri siyqalantirilganda (ishlab moslashuv) shuningdеk, dеtallarning tiklash va uzеllarni yig`ish tеxnologiyasi buzilganda ko`prok yuqoridagi hodisalar sodir bo`ladi.

1.3. Moyli ishqalanishni o‘rganish, qurilmani ishchi qismini shakli va o‘lchamlarini taxlil qilish.
Ishqalanish yuzasida moylarning bajaradigan vazifasi avvalo bir-biridan gidrodinamik bosim xisobiga ajratish bo`lsa, ikkinchidan ishqalanish zonasidagi xosil bo`lgan temperatura va yemirilgan zarrachalarni tashqariga olib chiqib ketishdan iborat.
Moylarning asosiy xossalari.
1). Qovushqoqlik xossalari.
Qovushqoqlik moylarning eng muxim tasniflaridan biridir. Turli uzellarda suyuqlikni ishqalanishni xosil qilish, ularni sovitish, zichlikni ta`minlash, osongina yurgizib yuborish qovushqoqlikka bog`liq bo`ladi. Moy qalamining mustaxkamligi ishqalanuvchi juftlarning ish sharoitiga (xarorat, bosim, sirtlarning o`zaro xarakatlanish tezligiga) qarab tanlanadigan moyning qovushqoqligi bilan belgilanadi. Qovushqoqligi qancha yuqori bo`lsa, moy pardasining ishonchliligi shuncha yuqori bo`ladi. Lekin qovushqoqlik ortishi bilan moy qatlamlarini xarakatga keltirish uchun kuch ko`proq sarflanadi, ichki ishqalanish koeffitsienti ortadi, quvvat esa kamayadi. Shuning uchun moylar yuqori xaroratda dvigatelni oson yurgizib yuborishni ta`minlaydigan qovushqoqlikka ega bo`lishi kerak.
Ishqalanish rejimlari moy pardasining mustaxkamligiga qarab 3 xil bo`ladi:
-suyuqlikli ishqalanish rejimi-bunda detallar yeyilmaydi;
-chegaraviy rejim-bunda ishqalanuvchi qismlar orasida moy pardasi bo`lamaydi. Moy faqat qismlarning yuzasidagi mikronotekisliklar orasini to`ldirgan xolatda mavjud bo`ladi. Bu ishqalanuvchi rejim beqaror bo`lib, detallarning yemirilishiga olib keladi;
-quruq ishqalanish rejimi- bunda qismlar orasida umuman moy bo`lmaydi, detallar yemiriladi.
2. Moylarning xarorat ta`siriga chidamlilik xossalari
Normal sharoitlarida mineral moylar uzoq muddat oksidlanmaydi. Lekin 50-60 0C xaroratda esa oksidlanish jarayoni juda keskin kechadi. Dvigatelning yuqori xaroratli zonalarida oksidlanish va termik parchalanish natijasida moylar tarkibida avval uchramagan kislotalar, smolalar, asfalt moddalari xosil bo`ladi.
Bunda moyning tashqi ko`rinishi xiralashibgina qolmasdan, uning fizik-kimyoviy xossalari xam o`zgaradi, natijada porshen va xalqalarida lak-qurum xosil bo`lishiga olib keladi.
Oksidlanish jarayoni boshlanishida moyda erigab xolatdagi birikmalar (smolalar, kislotalar) xosil bo`ladi. Keyinchalik ular erimaydigan moddalarga aylanadi. Moyning oksidlanish maxsullari va iflosliklarni erimagan xolatda tutib, dvigatel detallarining kerakli tozaligini ta`minlash qobilyati uning yuvish xossalari deb ataladi.
Moy ko`p friksali suyuqlik bo`lganligi sababli muayyan xaroratda suv kabi muzlamaydi, balki sekin-asta quyuqlashadi. Moyning xarakatlanish qobilyati yo`qolishiga olib keladigan xarorat qotish xarorati deyiladi. Qotish xarorati moyning sifatini bildiruvchi muxim ko`rsatkich xisoblanib moy yurgizib yuborish xossalarini baxolaydi.
Zararli omillarning moyga ko`rsatadigan ta`siriga qarab 2 xil rejim farq qiladi:
-yuqori xaroratli (+130…+150 0C);
-past xaroratli (+30…+40 0C).
Moy baland xaroratli ish rejimida ishlatilganda tsilindrlar guruxiga mansub qismlarni qurum bosadi, koks (moydagi qattiq zarralar) va lak pardasi qoplaydi, lak pardasi yupqa va juda pishiq bo`lib, porshen xalqasi zonasi va porshenning yo`naltiruvchi yuzasni qoplab, porshen xalqalarining kuyib-qorayishiga sabab bo`ladi.
Moy past xaroratli rejimda xam yomon ishlaydi, chunki sovuq dvigatelda yonilg`ining yonish jarayoni yomonlashadi, chala yonish maxsullari (yonilg`ining og`ir fraktsiyalari) miqdori ko`payadi. Suv bug`i, kristalli birikmalar paydo bo`ladi. Natijada moyning iloslanishi tezlashadi, moyga aralashgan suv moydagi iflosliklarni quyilib, quyqa xolida cho`kishiga imkon yaratadi.
3). Moylarning yeyilishga va korrozion yeyilishga qarshi xossalari.
Ishqalanuvchi sirtlarni yeyulishdan saqlash xar qanday moylash materiallarining asosiy vazifalaridan biridir. Moylarning bu xossalari uning bir nechta sifat ko`rsatkichlari: moy pardasi, mustaxkamligi, qovushqoqligi, qovushqoqlik indeksi, obraziv mexanik aralashmalarining yo`qligi bilan baxolanadi. Yeyilishni kamaytiruvchi prisadkalar sifatida: fosfor, oltingugurt, xlorli organik birikmalardan foydalaniladi. Ular 150 0C xaroratgacha ishqalanish sirtida elektr kuchlari xisobiga mustaxkam parda xosil qiladi. Bu parda qism sirtini yeyilish, tirnalish, qirilish va yemirilishdan saqlaydi. Korrozion yeyilish tezligiga kislotalar va suv katta ta`sir ko`rsatadi.
Moylarning tarkibiga ularni xususiyatlarini yaxshilash maksadida 3 turdagi qo`shimchalar qo`shiladi;
1. Antifriktsion qo`shimchalar - ishqalanish koeffitsienti kam bo`ladi. Bunday qo`shimchalarga xayvon xamda o`simlik moylari asosidagi kislotalar, azot, fosfor, oltingugurt birikmalari, volfram va molibdenning oltingugurt birikmalari va boshqa qo`shimchalar qo`shiladi. Ularning asosiy vazifasi ishqalanuvchi yuzalarga singib ishqalanish koeffitsientini kamaytirishdan iborat.
2. Yeyilishni kamaytiruvchi qo`shimchalar. Bularga asosan fosfor, rux, bariy metallarning tuzlari xamda fosfor kislotalarining oltingugurt bilan birikmalari kiradi. Ularning vazifasi ishqalanuvchi yuzalarning orasida ajratilgan moy qatlamlarini xosil qilishdan iborat.
3. Xar xil xossalarini oshiruvchi qo`shimchalar sovuqqa, issiqqa chidamliligini oshirish.
To'rt to'pli ishqalanish mashinasi moylash, moylash materiallari va sovutish moddalarining moylash xususiyatlarini baholashning eng mashhur usuli hisoblanadi.
To'rt sharikli ishqalanish mashinasi 1933 yilda Berlage tomonidan taklif qilingan va keng tarqalgan. Turli xil dizaynga qaramay, asosiy ishqalanish birligi - uchta sobit va bitta harakatlanuvchi to'pning piramidasi (__-rasmga qarang) to'rt to'pli ishqalanish mashinasining har bir dizaynining ajralmas qismi hisoblanadi.
Mashinaning shpindeliga o'rnatilgan yuqori sharik, 1470 ± 50 min-1 mil tezligida, berilgan yuk ostida uchta pastki qismga nisbatan aylanadi. Sinov paytida to'plarning aylanishiga yo'l qo'yilmaydi. Ko'pgina ishqalanish mashinalari diametri 12,7 mm bo'lgan to'plar bilan jihozlangan.

-rasm. To'rt to'pli mashinaning ishlash printsipi:
a - to'p piramidasining o'rnatish sxemasi; b - to'rt to'pli katakning diagrammasi;
1 - sobit to'plar; 2 - aylanadigan to'p; 3 - sinov moyi.
Ushbu ishqalanish mashinasidan foydalanib, ishqalanish yuzalarini moylash uchun ishlatiladigan suyuq va plastik moylarning moylanishi baholanishi mumkin.
To'rt to'pli ishqalanish mashinasi, aslida, tribologik analizatordir. U moddalarning ishqalanish jarayonida vujudga keladigan yuklanishlarga bardosh berish qobiliyatini baholaydi.



Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish