BO‘G‘INLARNING CHO‘ZIQ VA QISQALIK QOIDALARI
Cho‘ziqlik qoidasi
1. Agar bo‘g‘inda diftong bo‘lsa, o‘sha bo‘g‘in cho‘ziq talaffuz
qilinadi. Masalan; Gangraena — to‘qimalarning o‘lishi; diaeta —
parhez; lagoena — shisha idish.
2. Agar unli harf ikki va undan ortiq undosh harflar yoki x va z
undoshlari oldida kelsa, shu bo‘g‘in cho‘ziq o‘qiladi. Masalan:
Maxilla — yuqori jag‘; tabuletta — tabletka; unguentum —
surtma; Glycyrrhiza — qizilmiya; reflexus — refleks.
3. Agar bo‘g‘inda ur, in, at, ut, ar, al, os qo‘shimchalari bo‘lsa,
bu bo‘g‘inlar cho‘ziq o‘qiladi. Masalan: Fissura — tirqish;
Analginum — analgin; nitratis — nitrat, acutus — o‘tkir; aquosus
— suvli; muscularis — mushakli; costalis — qovurg‘aga oid.
Do'stlaringiz bilan baham: |