ANDIJON VILOYATI
PAXTAOBOD TUMANI
17-UMUMTA’LIM MAKTABI BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI
T U R G ’U N O V A G U L N O Z A X O N N I N G
TAQDIMOTI
Odobnoma fani –mustaqil Vatanimizning sog’lom avlodini ma’naviy tarbiyalashning ildizidir
Ta’limni tarbiyadan,tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi-bu shrqona qarash sharqona hayot falsafasi.Anashu oddiy talabdan kelib chiqqan holda farzandlarimizni mustaqil va keng fikirlash qobilyatiga ega bo’lgan,ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetgazish-ta’lim tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim.
I.A.Karimov
Mavzuning dolzarbligi:
Olib borilayotgan kehg ko’lamli ishlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda har tomonlama munosib yoshlarni, Vatanimiz kelajagi uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan, jismoniy va ma’naviy sog’lom, barkamol avlodni tarbiyalash uchun zarur bo’lgan barcha sharoitlarni yaratish bo’yicha keng ko’lamli chora tadbirlarni amalga oshirish imkonini tug’dirdi
Shunday ekan, biz ta’lim sohasida ishlayotgan o’qituvchilar oldida bugungi yosh avlodni, farzandlarimizni ertangi murakkab hayotga tayyorlash vazifasi ko’ndalang bo’lib turibdi. Yurtboshimiz “bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohat va yangilanishlar jarayoni butun jamiyatimiz sahovatli zaminimizda yashayotgan har bir insonni amaliy ishlarga safarbar etadigan umumiy maqsadga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solaylik” deya jamiyatimiz rivoji uchun asos bo’ladigan ta’lim sohasi murabbiylariga ham murojaat qilar ekan, boshlang’ich ta’limni ham nazarda tutadi.
Fanning maqsadi
Barkamol avlodga hos odoblilik sanati va madaniyatni o’rgatish
O’zbek xalqining milliy urf-odat an-ana va qadryatlarini amalda qo’llash
Milliy g’oya asosiy tushuncha va tamoyillari
Odobnoma fanini o’qitishga qo’yiladigan asosiy talablar.
— insoniyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida madaniy, ma’naviy, milliy merosdagi avlod-ajdodlarimizdan qolgan odob-axloq haqidagi bilimlardan boxabar qilish;
— Markaziy Osiyo mutafakkir va ma’rifatparvarlarining asarlaridagi hikmat, o’git va nasihatlarni o’rgatib, ularga amal qilishni uqtirish
— tabiatga to’g’ri munosabatning mohiyati, tabiatni muhofaza qilish insonning burchi ekanligi, ekologik nochorlikka olib keladigan sabablarni anglash va baholash bo’yicha bilimga ega bo’lish;
— ota-ona, Vatan oldidagi burchni anglash va unga sodiqlik nima ekanligini bilish;
— o’z-o’zini anglash shart-sharoitlarini, inson qadri va hurligini anglash, uning tabiatini, milliy va umuminsoniy madaniyatni, ona tilini saqlash, ma’naviy taraqqiyotni bozor iqtisodiyoti bilan uzviy rivojlanishini tushunib yetish;
— yuksak insoniy fazilatlar mohiyatini anglatish, ularga ongli munosabatda bo’lish, yaxshini yomondan ajrata olish bilimiga ega bo’lish;
— ta’lim-tarbiya jarayonida beriladigan bilimlar yaxlit va ijtimoiy shart-sharoitlar, milliy va tarixiy ma’naviy omillar, umuminsoniy qadriyatlar mohiyatini tushuntirish;
— odobnoma darslarida ma’naviy, ma’rifiy, iqtisodiy, huquqiy kasbiy tushunchalarning mohiyatini uzluksiz anglatib borish muhimdir
— o’quvchilarni bilim olish bilan birga yuksak insoniy komillik mohiyatini tushunib amal qilishga o’rgatish;
ODOBLI BOLA ELGA MANZUR
UYDA VA TA'LIM MUASSASASIDA ODOB-AXLOQ
QOIDALARI
1998-1999-o’quv yilidan boshlab 1-4 sinflarida tajriba sifatida
“Odobnoma” fani dastlab o’quv rejasi asosida o’qitiladigan bo’ldi.
Shu munosabat bilan boshlang’ich sinflar uchun zamon talabiga mos
“Odobnoma” dasturi yaratildi.
1-sinfda “Odob -salomdan boshlanadi” mavzusida o’quvchilarga dastlabki salomlashish odobi
o’rgatiladi.
2-sinfda u asta-sekin rivojlantirib “Yaxshi so’z jon ozig’i” mavzusiga bog’lanib ketadi.
3-sinfdagi “Orastalik yaxshi odob” mavzusiga
doir darsdan insonlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi ularning odobi, ochiq chehrasi ekanligi
4-sinfda «Odob inson ziynati» mavzusida salomlashish insondagi yuksak fazilat ekanligi asoslanib beriladi.
Odobnoma fanining asosiy manbalari:
-xalq og’zaki ijodi qirralari;
-milliy va umuminsoniy qadriyatlar;
--xalq pedagogikasi;
— diniy-ma’naviy tarbiya;
— mutafakkir va ma’rifatparvariarning asarlari;
— odob durdonalari (pandnoma va nasihatnomalar);
— o’zbek oila pedagogikasi;
— milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasiga doir asarlar.-
Odobnoma
O’qish
Matematika
Texnologiya
Tabiatshunos-lik
Musiqa
Ta’sviriy
Ona
Xulosa
Boshlang’ich sinf odobnoma darslari pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilsa, o’quvchi-o’qituvchi munosabati o’rnatiladi, qo’rquv, hadiksirash, ishonchsizlik chekinadi, o’quvchi uchun tenglik, erkinlik vaziyati tug’iladi. O’quvchining o’z kuchi, imkoniyatini ochishga sharoit yaratib, ochilmagan qirralari ochiladi, o’qishga havas ortadi.
Kichik bo’lsada, o’quvchining ilg’orlik sari qo’yilgan har bir qadami yutuq deb qaralsa, u o’quvchini yangilik sari yetaklaydi, uning mustaqil fikr yuritish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, faolligini oshiradi. Ana shunda bizning asosiy maqsadimiz-bilimlarning mustahkam va puxta o’zlashtirishga erishiladi.
Rasmga qarab, toping-chi,
odobli bola nimalar bilan
do‘stlashishi kerak ekan?
?
E'TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |