1 - shaxsiy kompyuter 1973-yil Fransiyada Truong Trong Ti tomonidan ishlab chiqarilgan. Avvaliga mazkur kompyuter elektron o’yinchoq sifatida qabul qilingan. So’ngra bu kompyuter 1977-yilda amerikalik Stiv Jobs boshliq “Apple Compyuter” firmasi tomonidan mukammallashtirilib, ommaviy ravishda chiqarila boshlandi. Kompyuter - bu turli hajmdagi, har xil ko’rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta’minlovchi universal avtomatik qurilmadir.
Sistema bloki
Monitor
Klaviatura
Sistema bloki
Asosiy qurilmalar
Sistema bloki asosiy xotira, protsessor va elektron sxemadan tashkil topgan. Asosiy xotira esa tezkor xotira qurilmasi (TXQ) hamda doimiy xotira qurilmasi (DXQ)dan tashkil topgan. TXQda (boshqacha nomi RAM ― Random Access Memory) kompyuterga kiritilgan va ish jarayonida hosil bo’lgan barcha axborotlar saqlanadi. Kompyuter manbaadan uzilgach TXQdagi ma’lumotlar o’chib ketadi. DXQda esa axborotlar o’zgarmasdan doimiy saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |