Andijon viloyati Jalaquduq tumani 13- maktab fizika fani o'qituvchisi Toirova Oftobxon Olimovnaning “Gorizontal otilgan jism harakati” mavzusi bo’yicha yozgan metodik tavsiyasi
Yer sirtidan ma’lum bir balandlikda faqatgina gorizontal yo’nalishda boshlang’ich tezlik bilan otilgan jism harakatiga gorizontal jism harakati deyiladi . Gorizontal otilgan jism faqatgina vertikal yo’nalishda ta’sir etuvchi og’irlik kuchi ta’sirida harakat qiladi . Jismga gorizontal yo’nalishda hech qanday kuch ta’sir etmaydi . ( 𝜗
х
= 𝑐𝑜𝑛𝑠𝑡
) Jism OY o’qi bo’ylab “g” tezlanish bilan tekis tezlanuvchan, OX o’qi bo’ylab esa tekis harakatda bo’ladi.Harakat troyektoriya shakli tarmaoqlari pastga qaragan parabola shaklida bo’lib, jism harakati egri chiziqli harakat hisoblanadi. Gorizontal otilgan jism harakatiga tabiatda juda ko’p joylarda ko’rishimiz mumkin: stol ustida dumalab ketayotgan sharchani yerga tushish jarayonida ; miltiqdan otilgan o’qning harakatida; Havoning qarshiligi hisobga olinmas darajada kichik bo’lganda, istalgan t vaqtdan keyingi gorizontal yo’nalishdagi ko’chishi yoki uchish uzoqligi quyidagicha hisoblanadi:
𝑠 = 𝜗
0
𝑡
Jism tezligining x va y o’qlaridagi proyeksiyalari quyidagicha ifodalanadi: 𝜗
𝑥
= 𝜗
0
𝜗
𝑦
= −𝑔𝑡
Jism vertical yo’nalishda esa h balandlikdan boshlang’ich tezliksiz tekis tezlanuvchan harakat qilib erkin tushadi. Shuning uchun istalgan t vaqtdan keyingi verikal yo’nalish bo’yicha vaziyati quyidagicha hisoblanadi: 𝑦 = ℎ −
𝑔𝑡
2
2
Gorizontal otilgan jismning XOY tekislikdagi harakat trayektoriyasihihg tenglamasi : 𝑦 = ℎ −
𝑔𝑥
2
2𝜗
0
2
Yuqoridagi ifoda parabola tenglamasi hisoblanadi. ℎ =
𝑔𝑡
2
2
formuladan 𝑡 = √
2ℎ
𝑔
h balandlikdan otilgan jismning uchish vaqti formulasi hisoblanadi. U holda Jismning uchish uzoqligi formulasi quyidagicha bo’ladi: 𝑠 = 𝜗
0
√
2ℎ
𝑔
Gorizontal otilgan jism bir vaqtning o’zida gorizontal yo’nalishda tekis va vertical yo’nalishda tekis tezlanuvchan harakat qilib, erkin tushadi. Jismning yerga tushishdagi tezligi quyidagicha
aniqlanadi: 𝜗
2
= 𝜗
𝑥
2
+ 𝜗
𝑦
2
𝜗 = √𝜗
0
2
+ 2𝑔ℎ
Egri chiziq bo’yiab harakatlanayotgan jismning ko’chshi uning bosib o’tgan yo’liga teng bo’lmaydi. Gorizontal otilgan jismning harakati davomida tezlik vektorining moduli va yo’nalishi tekis o’zgarib turadi. 10- sinfda o’tiladigan ushbu mavzuda o’quvchilar bilimini mustahkamlash ucbun quyidagi savollardan foydalanish o’rinli: - _ gorizontal otilgan jism harakat trayektoriyasini chizib bering. -uhish uzoqligi boshlang’ich tezlikka qanday bog’liq? -gorizontal otilgan jism qanday harakatlarda qatnashadi? -bunday harakatga qayerlarda duch kelgansiz? Bundan tashqari boshqa fanlar bilan ham bog’lab
olish mumkin. Algebra fanidagi “Kvadrat ildiz grafigi” mavzusi bilan ; ChQBT fanidan o’q-yoy otish musobaqasi bilan; Yoki kundalik hayotdagi balandlikdagi yuklarni tashlashda; balandlikdan sakrashda shu mavzudagi bilimlarni o’rnini ko’rsatishni tavsiya etaman. Foydalanilgan adabiyotlar : -N. Sh. Turdiyev Fizika 10- sinf darsligi; Toshkent”Niso poligraf”-2017 -M. Usmanov Fizika Oliy o’quv yurtiga kiruvchilar uchun;”Navro’z”Toshkent 2017 - K. A. Tursunmetov Fizikadan masalalar to’plami;”O’qituvchi”Toshkent -2004 -B. B. Buhovsev Fizikadan masalalar Toshkent- “O’qituvchi”-1980.