Andijon viloyati Jalaquduq tumani
13- maktab fizika fani o'qituvchisi
Toirova Oftobxon Olimovnaning
“Gorizontal otilgan jism harakati”
mavzusi bo’yicha yozgan
metodik
tavsiyasi
Yer sirtidan ma’lum bir balandlikda faqatgina
gorizontal yo’nalishda boshlang’ich tezlik bilan
otilgan jism harakatiga gorizontal jism harakati
deyiladi . Gorizontal otilgan jism faqatgina vertikal
yo’nalishda ta’sir etuvchi og’irlik kuchi ta’sirida harakat
qiladi . Jismga gorizontal yo’nalishda hech qanday kuch
ta’sir etmaydi . (
𝜗
х
= 𝑐𝑜𝑛𝑠𝑡
)
Jism OY o’qi bo’ylab “g” tezlanish bilan tekis tezlanuvchan,
OX o’qi bo’ylab esa tekis harakatda bo’ladi.Harakat
troyektoriya shakli tarmaoqlari pastga qaragan parabola
shaklida bo’lib, jism harakati egri chiziqli harakat
hisoblanadi.
Gorizontal otilgan jism harakatiga tabiatda juda
ko’p joylarda ko’rishimiz mumkin: stol ustida
dumalab ketayotgan sharchani yerga tushish
jarayonida ; miltiqdan otilgan o’qning harakatida;
Havoning qarshiligi hisobga olinmas darajada kichik
bo’lganda, istalgan t vaqtdan keyingi gorizontal
yo’nalishdagi ko’chishi yoki uchish uzoqligi
quyidagicha hisoblanadi:
𝑠 = 𝜗
0
𝑡
Jism tezligining x va y o’qlaridagi proyeksiyalari
quyidagicha ifodalanadi:
𝜗
𝑥
= 𝜗
0
𝜗
𝑦
= −𝑔𝑡
Jism vertical yo’nalishda esa h balandlikdan
boshlang’ich tezliksiz tekis tezlanuvchan harakat
qilib erkin tushadi. Shuning uchun istalgan t vaqtdan
keyingi verikal yo’nalish bo’yicha vaziyati
quyidagicha hisoblanadi:
𝑦 = ℎ −
𝑔𝑡
2
2
Gorizontal otilgan jismning XOY tekislikdagi harakat
trayektoriyasihihg tenglamasi :
𝑦 = ℎ −
𝑔𝑥
2
2𝜗
0
2
Yuqoridagi ifoda parabola tenglamasi hisoblanadi.
ℎ =
𝑔𝑡
2
2
formuladan
𝑡 = √
2ℎ
𝑔
h balandlikdan otilgan jismning uchish vaqti
formulasi hisoblanadi. U holda Jismning uchish
uzoqligi formulasi quyidagicha bo’ladi:
𝑠 = 𝜗
0
√
2ℎ
𝑔
Gorizontal otilgan jism bir vaqtning o’zida gorizontal
yo’nalishda tekis va vertical yo’nalishda tekis
tezlanuvchan harakat qilib, erkin tushadi.
Jismning yerga tushishdagi tezligi quyidagicha
aniqlanadi:
𝜗
2
= 𝜗
𝑥
2
+ 𝜗
𝑦
2
𝜗 = √𝜗
0
2
+ 2𝑔ℎ
Egri chiziq bo’yiab harakatlanayotgan jismning
ko’chshi uning bosib o’tgan yo’liga teng bo’lmaydi.
Gorizontal otilgan jismning harakati davomida tezlik
vektorining moduli va yo’nalishi tekis o’zgarib
turadi.
10- sinfda o’tiladigan ushbu mavzuda o’quvchilar
bilimini mustahkamlash ucbun quyidagi savollardan
foydalanish o’rinli:
-
_
gorizontal otilgan jism harakat trayektoriyasini
chizib bering.
-uhish uzoqligi boshlang’ich tezlikka qanday bog’liq?
-gorizontal otilgan jism qanday harakatlarda
qatnashadi?
-bunday harakatga qayerlarda duch kelgansiz?
Bundan tashqari boshqa fanlar bilan ham bog’lab
olish mumkin. Algebra fanidagi “Kvadrat ildiz grafigi”
mavzusi bilan ; ChQBT fanidan o’q-yoy otish
musobaqasi bilan; Yoki kundalik hayotdagi
balandlikdagi yuklarni tashlashda; balandlikdan
sakrashda shu mavzudagi bilimlarni o’rnini
ko’rsatishni tavsiya etaman.
Foydalanilgan adabiyotlar :
-N. Sh. Turdiyev Fizika 10- sinf darsligi; Toshkent”Niso
poligraf”-2017
-M. Usmanov Fizika Oliy o’quv yurtiga kiruvchilar
uchun;”Navro’z”Toshkent 2017
- K. A. Tursunmetov Fizikadan masalalar
to’plami;”O’qituvchi”Toshkent -2004
-B. B. Buhovsev Fizikadan masalalar Toshkent-
“O’qituvchi”-1980.
Do'stlaringiz bilan baham: |