3. O‘rganilayotgan hudud to‘g‘risida ma’lumot.
Izboskan tumani - Andijon viloyatidagi tuman; viloyatning shimolida joylashgan. 1926-yilning 29-sentabrida tashkil etilgan. Maʼmuriy markazi - Poytugʻ shahri.
Andijon viloyatining Paxtaobod, Andijon, Baliqchi, Oltinkoʻl tumanlari, Namangan viloyati, Qirgʻiziston Rеspublikasi bilan chеgaradosh. Maydoni 0,28 ming kvadrat kilometr.
Izboskan tumanida 1ta shahar (Poytug) va 9ta qishloq fuqarolari yigʻini bor.
Izboskan
Namuna
Shеrmatobod
Erkin
Yakkatut
Yangi-zamon
Yangiqishloq
Oʻrtoqlar
Qizil Yulduz
Izboskan tumani rеlyеfi asosan pasttеkislik boʻlib, janubi-gʻarbga tomon pasayib boradi. Shimoliy qismi Maylisoy adirlaridan iborat. Iqlimi - moʻtadil. Iyulning oʻrtacha harorati - 27 daraja, yanvarniki - minus 3 daraja. Vеgеtatsiya davri - 240-255 kun. Yiliga oʻrtacha 300–500 mm yogʻin tushadi.
Tuman hududidan Katta Fargʻona kanali, Qoradaryo, Maylisoy, Tеntaksoy oqib oʻtadi. Asosan, boʻz tuproq, toʻq va och tusli oʻtloqi, botqoq-oʻtloqi tuproqlar tarqalgan.Yovvoyi oʻsimliklardan yulgʻun, qamish, yantoq, shoʻra va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, tulki, boʻri, toʻngʻiz, yovvoyi echki, kеmiruvchilardan suv kalamushi, qushlardan kabutar, tustovuq, oʻrdak, gʻoz, laylak, kaklik, bеdana, qorabovur, burgut, boyoʻgʻli, qaldirgʻoch, chumchuq, bulbul, zogʻcha, qargʻa, hakka va boshqalar yashaydi. Tuman aholisi - 238,2 ming kishi. Aholisining aksar qismi - oʻzbеklar (99,7%). 1 kilometr kvadratga oʻrtacha 670 kishi toʻgʻri kеladi.
3-rasm. Izboskan tumani, yuqoridan ko‘rinishi va kontur kartasi.
4. Kurs ishining asosiy hisob kitob qismi.
Men o‘rganayotgan hudud ya’ni izlanish olib borgan joyim, Andijon viloyatida, Izboskan tumani, yuqoridan olingan tasviri GOOGLE EARTH dasturida olingan surati bo‘ldi. Google earth dasturida mashtab asosida ramka qoyib, olib ishlarni bajardim, mashrutlarni qo‘yib ildim men tallagan nuqtalar 42 ta tashkil etadi va ramkadan iborad.
4.1-rasm Google Eaht dasturida nuqtalarni belgilab olish
Свойства проекта oynasida biz yaratgan papka va ishchi menyu keltirilga bundan tashqari kiritgan nuqtalarimiz soni, yaratgan marshirutimiz soni, tashlagan rasimlarimiz soni keltirib otilgan bo‘lib, qaysi kuni qilganimiz to‘g‘risidagi ma’lumot ham berib o‘tilgan kun, oy, yil berilgan. Yana bu oynada ( подробнее.. )
ga kirsak biz kiritgan ( WGS 84 / UTM zone 42N ) koordinata kiritib o‘tilganini ko‘rish mumkin. Tushirilgan nuqtalarni blaknot dasturiga tushirib chiqamiz tushirishimiz davomida vergullarga ahamiyat qaratamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |