Otda tog’dan oshish
Tush boMdi, quyosh tepaga keldi. Sahro tepasida havo titraydi va behad qizib ketgan yerdan ^ ^ ko‘tarilayotgan issiqqa singib ketadi. Otlar xuddi issiq, qaynayotgan suvda suzayotgandek horg‘in siljishadi. Ularning tanasi qo‘ng‘ir, nam dogMar bilan qoplangan, sipohilarning boshlari dubulg‘alar ostida go‘yo yonardi. Nihoyat ular sahroni kesib o‘tishdi. Bobur jangchilari bilan tog‘ etagidagi uncha tik bo‘lmagan nishablikka yetishdi, bu yer rivoyatlarga ko‘ra Sero‘t yaylov deb atalgan. Sipohilarni ketma-ket bo‘lib yurishga majbur qilgan torgina tik so'qmoq yo‘l borgan sari ilonizi bo‘lib yuqorilab borar, atrofini tosh bo'laklari o‘ragan, go‘yo Tangri ularni g‘azab asnosida ko‘kdan yog‘dirgandek bu yerda yotishardi.
Yo‘l baland daraxtli o‘rmonga kirib bormasidan oldin, qo‘shin pistirmaga duch kelib qolmaslik uchun ayg'oqchilar jo‘natildi. Ular yalangoyoq, ming azobda, daraxtlar oralab borishmoqda. Orqadan sekin-asta otlar va sipohilar kelishmoqda. Otlar o‘rmondagi kechki salqinlikdan titrashadi. Mana yorug‘lik ham ko'rindi, oldilarida tog‘ tizmasi yastanib yotardi. Ular torgina, ikkinchi ot yonma-yon ketsa boMadigan tog‘ yoMi bo‘ylab tepaga ko‘tarilishardi.
Otlar xavfli so‘qmoqdan ehtiyotkorlik bilan qadam tashlab borishar, suvorilar jilovni bo‘sh tashlab qo‘yishgan edi. Safning boshida podshoh ortidan ketayotgan odam agar boshini sekin burib qarasa, huv pastdagi vodiyda qo‘shinning arergard6 qismini, qurolsiz, bezaktasmalarsiz, horg‘in to‘dani ko‘rishi mumkin edi. Bular Axsi asirlari, qoMlari kishanlangan, oyoqlari otlarning qorniga mahkam bogMangan, yalang‘och badanlari oftobda kuygan. Ularning ahmoq, befarosat kallalariga kalamush terisidan tikilgan sassiq qalpoqlar yuzlarigacha bostirib kiygizib qo‘yilgan ediki, ularga na ko‘rish, na eshitish mumkin emas edi.
Endi qoyadagi so‘qmoq yo‘1 tog‘ ichiga burilib, dara yoqalab ketdi va u nihoyat torgina, o‘tlar o‘sib yotgan, deyarli tep-tekis yalanglikka olib chiqdi. Lekin undan sal oldinroqda tog‘ ikkiga ajralib, yo‘l ko‘z tinadigan darajadagi baland qoyaga chiqib ketadi, go‘yo daraning ikki tarafidan do‘zax eshigi ochilgandek tuyuladi.
Otlar tepaga chiqishdan bosh tortishadi. Ular oyoqlarini yerga tiragancha titrab, qo'rquvdan pishqirishadi. Podshohning oq oti ham qo'rqib orqaga chekinadi. Shunda u egardan sirg‘alib tushdi-da, iloji boricha g‘ujanak bo‘lib, otning qorni ostiga lip etib kirdi va oldingi oyoqlari orasidan o‘rmalab chiqib, oyoqqa turib oldi. U otni erkalatib bo‘yniga shapatilab qo‘yib, jilovidan tutdi va otni sekin-asta tortgancha qoya tomon shaxdam yetaklab ketdi.
Jangchilar ham shu taxlit podshoh ortidan ergashishdi. Ular oldinma-ketin dara yoqalab otlarni yetaklab yo‘lga tushishdi. Ular yashil yonbag‘irlikka yetganda sevinib ketishdi va mazza qilib dam olishni istashdi. Yon tomondagi kichik yalanglik uzun, shayboniylarning qarorgohi hali uzoq. Hademay tun cho'kadi.
Otlarni yaylovga qo‘yib yuborib, yengil o'tinlar terishdi-da, gulxan yoqishdi. Qasir-qusur uchqun sochib alanga tepaga o‘rladi, jangchilarning yuzlari tutundan qoraydi. Kechikib kelganlarga uchi yonayotgan o‘tinlarni irg‘itishar va gulxanning yorug‘ doirasida yangisi lovullardi.
Odamlar yegulik tayyorlashdi, bu ko'chmanchilarning oddiy ovqati edi. Birlari bug‘doy unidan xamir qilib, uni silliq tosh ustiga yoyib, olovga qo'yishdi. Shu taxlit non pishirishdi. Ko‘p tuz, yanada ko‘proq qo‘y moyi solingan choy ichishdi. Boshqalari yog‘och idishlardan ichida yangi qaynatilgan baliqlar suzib yurgan qimizni ichishardi. Shu taxlit qorin to‘ydirgach, jangchilar darhol uxlagani yotishdi.
Bu orada Qcsimbek o‘z qo‘shini bilan vodiyni narigi tarafdan yakunlaydigan tog‘ ortida turardi. Ikkita yuzboshi „Biyno basir“ni katta tosh oldiga olib borishdi, tosh xuddi ulkan minbar singari qoyaga tomon ko‘tarilgan edi. Ular shu yerdan turib kuzatuv olib borishadi.
— Nimani ko‘rayotganlaringni bilgim kelyapti, — dedi Qosimbek, — axir sizlarni ,,o‘tkir ko‘zlar“ deyishadi-ku.
Hazratim, — javob berdi birinchi yuzboshi, — dushman qarorgohida gavjumlik avjida. Ularning baquwat, bo‘yni kuchli otlari bemalol o‘tlab yurishibdi, agar ko‘zlarim aldamayotgan bo‘lsa. Ularning soqchilari, Farg‘ona podshohi Boburni kutish va kutib olishni mo‘ljallayotgan joy — vodiyga kiraverishdagi hududda kezib yurishibdi. Qolganlari pastda, tog‘dan kelayotgan chashma qoyalar bo'ylab oqayotgan joyda, biz tomonlarni kuzatib turishibdi.
Huv g‘arb tomonda kimlarni ko‘ryapsan?
G‘arb tomonda hech kim ko‘rinmayapti. Ular u tomonlami xavfsiz deb o‘ylashyapti, bilishmaydiki, yo‘lni bilgan odam o‘sha tomondan „Yashil vodiy“ga bemalol kelaveradi. Boburning qo‘shini dovondan o‘tolmaydi, deb qo‘rqaman-da, — dedi Qosimbek sekin, — qiyinchiliklar bir gala. Shu asnoda ikkinchi yuzboshi qichqirib yubordi:
Men belgini ko‘rdim! Osmon qoraydi, oppoq bulut devori yonidan tutun ingichka bo‘lib ufq bo‘ylab ko‘kka o‘rladi.
Barakalla! Barakalla! — Bu so'zlar Qosimbek tilidan xuddi shukronalikdek yangradi. — Do‘stlarim, meni mana shu tosh minbarga chiqarib qo‘yinglar. o‘shaning ustidan turib mening ko‘zlarimni nurdan mahrum qilgan dushmanim Shayboniyxon qarorgohini ko'chirib, qochib ketmayaptimikan, deya vodiyga quloq tutib o‘tiraman. Sizlar esa, yuzboshilar, jangchilar yoniga borib tayyor bo‘lib turinglar. Podshohimiz Bobur quyosh chiqib ulgurmay o‘z qo‘shini bilan shu yerda boMadi. Qosimbek va olti ming jangchi shu taxlit qurollanib, Bobur kelishiga sergak bo‘lib turishdi.
Pastdagi vodiyda esa Shayboniyxon chodirida betashvish yotardi. Bir xizmatkor uning mo‘ynali qalpog‘ini yechdi-da, boshini shoyi yostiqlardan ko‘tarib, tepasiga barmoq qalinligida xushbo‘y hid taratuvchi moy surkadi. Keyin o‘tkir yashil ustarani oldi-da, Shaybo146 niyxonning sochini qirdi. Ularning odaticha hukmdor va uning barcha jangchilari hamisha sochlarini qirib yurishadi. Faqat yelka, bo‘ynida xuddi ingichka dumga o‘xshab uzunchoq, qora patila-patila bir tutam soch osilib turadi. Ulardan Hindiston aholisi qoyilmaqom qilib tayyorlashni biladigan surtmaning yoqimli hidi taraladi.
Xizmatkor o‘z ishini chaqqon bajarardi. Shunga qaramay Shayboniyxon:
— Yalqov, agar shu iblisona ustarangni sezsam, o‘ldim deyaver. Boshining orqa tarafida sezilarli chandig‘i bor edi. Xuddi shu yerning sochini ehtiyotsizlik bilan qirgan ikkita sartaroshning boshi o‘z ustaralari bilan uzilgan edi. Shayboniyxon yaxshilab silliqlangan temir ko‘zguni qo‘liga oldi, u ko‘zguda o‘zini tomosha qilishni yoqtirardi. U bugun xursand. Xizmatkor ikki bukilgancha orqasi bilan yurib chiqib ketdi. Qarorgohda xotirjamlik, Shayboniyxon orom olmoqchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |