nomli
Mavzu:
Andijon shahridagi Qalandarxona
Bajardi: Abduraximov A.
2015. 05. 18.
Qalandar – tarki dunyo qilgan hamda so`fiy, tasavvuf yo`liga kirib, darbadarlik va xayrehson bilan kun kechiruvchi kishi. Qalandarxona Andijon shahar Baynalminal ko`chasida joylashgan xonadonlardan biri. Bu xonadonda istiqomat qiluvchilarning ajdodlari asli Buxorodan bo`lib, B. Naqshbandga (1318 – 1389) borib taqaladi. Vaqtlar kelib ma`lum voqea sababli Andijonga kelishgan. U paytlarda hozirgi qalandarxona atroflari qamishzor keng dalalik bo`lgan. Bu yerdan 9 ta ariq oqib o`tgan va judaham suvga serob bo`lgan. Bu yerga ko`chib kelganlar 5 aka – uka bo`lganlar. Bular:
1
2
3
4
5
Hozirgi xonadonda bu aka – ukalardan faqatgina Qodiralixon va Yalang`och to`ralar istiqomat qilishgan. Qolganlari esa noma`lum. Taxminlarga ko`ra Amerikaga ketganlari ham bo`lgan. Bularning eng kenjasi bo`lgan Yalang`ochto`ra katta avliyo bo`lgan. Taxminan 1895 -1900 yillarda tug`ilgan. 1954 yilda vafot etgan. Bu davr ichida bu kishining hayotida juda ko`plab voqealar sodir bo`lgan. Shu o`rinda savol tug`iladi nima uchun Yalang`ochto`ra deb ataladi? Bunday deyilishiga sabab bu kishi doimo yalang`och yurgan ya`ni qishin yozin ustiga yupqa oq mato tashlab yurgan. Chunki u kishining boshi va butun tanasidan issiq hovur chiqib turgan ya`ni badani judaham issiq bo`lgan. Agarda qish kunlari qorni oyoqlari bilan bosadigan bo`lsa qor shu paytdayoq erib ketardi. Shuning uchunham ya`ni issig`I kuchli bo`lganidan yalang`och kiyimsiz yurgan. Yalang`ochto`ra hayoti davomida yolgi`zlikda yashagan. Oila qurmagan, farzandli bo`lmagan. Hatto hech bir mehnat bilan mashg`ul bo`lmagan. Tirikchilik maqsadida ish ham qilmagan. U kishi faqat insonlarning bergan ehsonlari orqali kun kechirgan. Ammo insonlarning bu kishiga mehri baland bo`lgan, hamma unga ishongan, ixlos qilganlar. Yalang`ochto`raning katta avliyo bo`lishiga sabab voqealarni oldindan ko`ra bilgan. Bunga bir nechta misollar keltirib o`tamiz. Bir kuni odamlar Yalang`ochto`rani oshga taklif qilishibdi. Ammo oshni go`shti o`rniga mushukni tiriklayin pishirishib osh ustiga qo`yishibdi. Yalang`ochto`ra kelib osh ustidagi go`sht emasligini bilib, ,,hoy mushuk pisht” deganakan va shunda mushukka jon kirib yurip ketganakan. Shundan so`ng barcha yoqasini tishlab hayron, lol bo`lishganakan. Yana bir voqea shunday bo`lgan. Bir kuni Bo`taqarali Otaxonov degan kishining akasi armiyaga ketadigan bo`ldi. Onalari akasiga deb shirin guruch tayorlaydi va Otaxonovga bu taomni akasiga berib uni vokzalga poezdga kuzatib qo`yishligini tayinledi. Shundan so`ng Otaxonov yo`lda ketayotgan paytda Yalang`ochto`r ahoy bola qo`lingdagi shiringuruchni olib kel deydi. Bu ovqatdan ozgina tatigandan so`ng seni akang armiyaga bormaydi deb aytadi. Otaxonov hayron bo`lib yo`lida davom etadi va akasini oldiga boradi. So`ng akasini vokzalga kuzatib poezdga chiqaradi lekin akasi nimadur bo`lib poezddan tushib qoladi va armiayaga bormaydi. Ko`plab bunday voqealardan so`ng Yalang`ochto`raga bo`lgan ishonch odamlar o`rtasida kengayib boradi. Buni esa sovet hukumati yaxshi qabul qilmaydi va bu kishi ushlashib dastlab uni aqlizaif deb Q`oqondagi aqlizaiflar kasalxonasida tekshirtiradilar. So`ng Toshkentdagi turmaga qamashadi. Ammo Yalang`ochto`rani qamashganlaridan so`ng hatto eng katta qulflarham o`z – o`zidan ochilib ketgan ekan.
Yalang`ochto`ra qabri
Hozirda qalandarxona sohiblarining insonlardan xayr-ehson olishlari aynan shu Yalang`ochto`radan meros qolgan ekan. Dastlab bu xonadon katta bir hovli bo`lgan. Hozirga kelib esa 5 xonadonga bo`lingan. Bu xonadonlarda aka – uka va opa – singillar istiqomat qilishadi. Bularning ajdodlari 4 – o`g`il Qodiralixonga borib taqaladi. Qodiralixon taxminan 1860 yillarda tavallud topgan. Dastlabki ayolidan Ramazonxonto`ra nomli o`g`li bo`lgan. Bu o`g`il 1913 yilda tug`ilgan. 1920 yilda ya`ni 7 yoshga to`lganida onasidan ajralgan. Shundan so`ng Qodiralixon otasi Bo`taqarlik, onasi Qo`qonlik bo`lgan 20 yoshli qizga uylanadi va undan 4 qiz va 1 o`g`il farzand ko`rgan. Bular:
1
2
3
4
5
Bu Yalang`ochto`ra otasining maqbarasi.
Bu yerga yana uning bir nechta amakilari hamda bir jiyani ham qoyilgan.
Yalang`ochto`ra va otasining qabri yonma yon joylashgan.
Chap tomonda Yalang`ochto`ra, o`ng tomondagisi otasining qabri.
Bularning eng kattasi bo`lgan Ramazonxonto`ra 1987 yilda tavallud topgan. Sobiq sovet hukmdorligi davrida ya`ni quloqlashtirish bo`lgan paytda aynan Ramazonxonto`ra ham bu siyosat qurboni bo`lishga oz qolgan edi. Ammo u Bakirov nomli kolxozga ishga kirib bundan qutulib qolgan. U bu kolxozda uzoq yillar davomida xizmat qiladi. 2 – jahon urushi boshlangandan so`ng urushga ketadi va 1943 yilda bir qo`li, orqa yelkasidan yarador bo`lib qaytib keladi. 1987 yilda vafot etadi. Uning ukasi bo`lgan Valixonto`ra ham aynan akasi ishlagan kolxozda xizmat qilgan. Qachon tug`ilganligi noma`lum. 1990 yilda vafot etgan. Hozirga kelib Ramazonxonto`radan bo`lgan 1 o`g`il va 6 qiz hayot kechirmoqdalar.
E`tiboringiz
Do'stlaringiz bilan baham: |